• ATAMANING O’ZBEK TILIDA NOMLANISHI ATAMANING INGLIZ TILIDA NOMLANISHI
  • MAVZU. MAHSULOT (ISH, XIZMAT)LAR ISHLAB CHIQARISH, TANNARX HISOBLASH VA SOTISH BILAN BOG’LIQ MUOMALALAR AUDITINING USLUBIY
  • Amaliy audit




    Download 13,28 Mb.
    bet74/211
    Sana18.05.2024
    Hajmi13,28 Mb.
    #242509
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   211
    Bog'liq
    Amaliy audit

    USLUBIY MUAMMOLARIMAVZUSI BO’YICHA GLOSSARIY



    ATAMANING O’ZBEK TILIDA NOMLANISHI

    ATAMANING INGLIZ TILIDA NOMLANISHI

    ATAMANING RUS TILIDA NOMLANISHI



    ATAMANING MA’NOSI

    Completeness.

    To’liqlik.

    Пolnota.

    Uzoq muddatli majburiyatlar, ularni to’lash, foizlarini hisoblash va to’lash bilan bog’liq operatsiyalar buxgalteriya yozuvlarida o’z vaqtida va to’liq
    berilayotganligi

    Baholash.

    Evaluation

    Оtsenka

    Majburiyatlarg baholanishi - Majburiyatlarning buxgalteriya yozuvlarida nominal qiymat bo’yicha va har qanday mukofot va diskontlarni chegirib va
    qo’shib yuritilishi

    Tasniflanishi.

    Classification.

    Кlassifikatsiya.

    Majburiyatlarning tasniflanishi - majburiyatlarning moliyaviy hisobotlarda to’g’ri yuritilishi. uzoq muddatli majburiyatlarning kelgusi yil to’lanishi lozim
    bo’lgan qismi qisqa muddatli majburiyat sifatida aks ettirilishi

    Forvard

    forward

    Фorvard

    Bank va mijoz o’rtasida kelagusida belgilangan sanada belgilangan xorijiy valyuta 6 summasini sotish yoki sotib olish bo’yicha ijro etish majburiy
    bo’lgan bitimdir.

    Ipoteka

    mortgage

    ipoteka

    Ipoteka - (yunon.hypotheke- garov)- qarz, kredit olish uchun biror-bir muayyan ko’chmas mulkni (er, imorat va hokazo)
    garovga qo’yish.

    Fyuchers operatsiyalari

    futures operations

    fyuchersnie operatsii

    Birjalarda amalga oshiriladigan savdo-sotiq operatsiyalari. Bu operatsiyalar shartnoma tuzilganidan so’ng ishlab chiqariladigan yoki etishtirib beriladigan mahsulotlar bo’yicha amalga oshiriladi. Odatda, ushbu shartnoma tuzilgandan so’ng buyurtmachi bajaruvchiga avans tariqasida ma’lum summani
    o’tkazib beradi.

    Fond birjasi



    Stock Exchange



    fondovaya birja



    Fond birjasi - qimmatbaho qog’ozlar bilan savdo-sotiq qilish maqsadida tuzilgan, doimo
    faoliyat ko’rsatib turuvchi birja.










    F.B. ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat : vaqtincha bo’sh mablag’larga qimmatbaho qog’ozlar sotib olib, ularni muomalaga kiritish, qimmatbaho qog’ozlarning bozor narxini aniqlash; turli tarmoqlar, korxonalar o’rtasidagi kapitalning
    aylanishini ta’minlash va boshqalar.

    Nazorat amallari



    Control activities

    Кontrolnie deystviya

    Nazorat amallari - korxona
    xodimlari tomonidan bajariladigan maxsus tekshiruvlar.

    Nazorat muhiti

    Control environment

    Кontrol okrujayushchey obstanovki



    nazorat muhiti - korxonada ichki
    nazorat uchun qulay bo’lgan o’zaro xizmat munosabatlarini aniqlaydigan belgilar yig’indisidir;

    Riskni baholash

    Risk assessment

    Оtsenka riska



    Riskni baholash — Tadbirkorlik
    sub’ekti va uning faoliyati muhitini, jumladan, ichki nazoratini tushunish, firibgarlik yoki xato sababli muhim buzib ko’rsatish riskini moliyaviy hisobot va taqdimnomalar darajalarida aniqlash va baholash uchun bajariladigan audit tartib-taomillardir.




    1. MAVZU. MAHSULOT (ISH, XIZMAT)LAR ISHLAB CHIQARISH, TANNARX HISOBLASH VA

    SOTISH BILAN BOG’LIQ MUOMALALAR AUDITINING USLUBIY MUAMMOLARI

      1. Ishlab chiqarish xarajatlari auditining maqsadi, me'yoriy asoslari va xususiyatlari. Auditining rejasi va dasturini tuzish

    Ishlab chiqarishning asosiy maqsadi – tovar-moddiy zaxiralarini (materiallar, mehnat va ustama xarajatlar) yakuniy mahsulotga aylantirishdir. Bu holatda auditning maqsadi ishlab chiqarish xarajatlarini asosli shakllanganligi va to`g`ri hisobga olinganligini tekshirishdan iborat, chunki, pirovard natijada, ishlab chiqarilgan mahsulot (sotib olingan tovar) larning sotishdan olingan yakuniy moliyaviy natijaning ishonchliligi ularga bog`liq. Ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo`yicha xarajatlar auditining vazifalari quyidagilardan iborat:

    1. dastlabki hujjatlar va hisob registrlari ma'lumotlari bo`yicha ishlab chiqarish xarajatlari, davr va moliyaviy faoliyat bo`yicha xarajatlarning tarkibi va tizimini o`rganish;

    2. ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo`yicha xarajatlar bilan bog`liq bo`lgan muomalalar buxgalteriya hisobida to`g`ri aks etirilganligini aniqlash;

    v) ma'lumotlar to`plash uchun auditorlik muolajalarini amalga oshirish va
    h.k.
    Ishlab chiqarish va boshqa xarajatlar bo`yicha operatsiyalar to`g`risida
    ma'lumot manbalari quyidagilar hisoblanadi:

    • yuk xatlari, talabnomalar, materiallarni cheklab olish haritalari;

    • buyurtma-varaqalar (zakaz-naryad);

    • ish vaqtini hisobga olish tabellari;

    • hisob-kitob varaqalari;

    • 2010, 2310, 2510-sonli va boshqa schyotlar bo`yicha hisob registrlari (jurnal-orderlar, qaydnomalar va h.k.);

    Bosh kitob va boshqalar.
    Tekshiruv obyektini tartibga soluvchi asosiy qonunchilikka oid va me'yoriy hujjatlar bo`lib quyidagilar hisoblanadi:

    1. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 2002-yil 30-avgust holatiga o`zgartirishlar bilan. 1996-yil 29-avgustda 257-1- sonli O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarori bilan 1997-yil 1-martdan kuchga kirgan.

    2. O`zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi 2008 yil..

    3. O`zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to`g`risida» gi qonuni. 1996-yil 30-avgustda tasdiqlangan.

    4. O`zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to`g`risida» gi qonuni (yangi tahriri). 2000-yil 26-mayda tasdiqlangan

    5. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va

    sotish bo`yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqidagi Nizom».

    1. 21-sonli «Xojalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xojalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo`llash haqida yo`riqnoma». 2002- yil 9-sentyabrda 103-son bilan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va 2002-yil 23-oktyabrda 1181-son bilan Adliya vazirligi tomonidan ro`yxatga olingan.

    2. 4-sonli «Tovar moddiy zahiralari» O`zbekiston Respublikasi BHMS. 1998-yil 28-avgustda 486-son bilan O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro`yxatga olingan.

    3. Umumdavlat soliqlarini hisoblash va budjetga to`lash to`g`risida yo`riqnomalar.

    4. Mahalliy soliqlar va yig`imlarni hisoblash va budjetga to`lash to`g`risida yo`riqnomalar.

    5. O`zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standartlari. -T.: O`BAMA-2004.

    6. Moliyaviy hisobot shakllari, 2002-yil 27-dekabrda O`zR Moliya vazirining 140-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan.

    Auditor ishlab chiqarish xarajatlari hisobi, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo`yicha xarajatlar tizimini yoppasiga o`rganib chiqadi. Lekin, auditning yuqorida qayd etilgan maqsadi - ishlab chiqarish xarajatlari hisobi, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo`yicha xarajatlar auditini bajarishga kirishishdan avval, ishlab chiqarish va xarajatlar jarayoni bo`yicha ichki nazorat tizimining kuchli va zaif tomonlarini baholash maqsadida dastlabki sharhni tayyorlash lozim. Sharh natijalariga ko`ra subyekt ma'muriyatining ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo`yicha xarajatlarga nisbatan bo`lgan munosabati aniqlanadi.
    Ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy natijalar auditining obyekti quyidagi 6.2-jadvalda keltirilgan.
    6.1-jadval

    Download 13,28 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   211




    Download 13,28 Mb.