|
«amaliy matematika va axborot texnologiya» kafedrasi 5320500 «Biotexnologiya» bakalavriat ta’lim yo’nalish bo’yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun
|
bet | 9/20 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 2,98 Mb. | | #112363 |
Bog'liq Лаборатория намунаTopshiriq №5:
Fanlar bo'yicha semestr baholaringiz jadvalini tuzing va diagramma ko'rinishda tasvirlang.
Topshiriq №6:
Guruh talabalarini fanlardan olgan ballarini o'rtachasini kiriting va eng yuqori o'zlashtirgan talabani aniqlang (diagramma ko'rinishda).
Xulosa: Talabalar MS Excel dasturi haqida ma'lumotga ega bo'ladilar, Excel jadval muharririda ma'lumotga ega bo'ladilar. MS Excel electron jadvalida yacheyka, qator va ustunlarni, diappazonlar haqida amalda qo'llay oladilar.
V.Adabiyotlar:
1. Internet resurslari
2."Computer Graphics: Principles and Practice" - James D. Foley, Andries van Dam, Steven K. Feiner, John F. Hughes
5-LАBОRАTОRIYA ISHI
I.MAVZU: TAQDIMOT DASTURI BILAN ISHLASH.
II.Ishning maqsadi: O'quv jarayoni uchun o'rgatuvchi taqdimotlar yaratishni o`rgatish va amaliy ko`nikmalar hosil qilish.
III.Laboratoriya uchun kerakli jihozlar: Kompyuter, Windows_10 operatsion tizimi, Microsoft office 2016 Power Point ilova paketi.
IV.Ishni o'tkazish tartibi:
1. Microsoft Power Point dasturi haqida ma’lumot.
2. «Slayd» (slayd) va «Prezentatsiya» (taqdimot) tushunchalari.
3. «Sozdanie prezentatsii» (taqdimot yaratish) orqali taqdimotdan foydalanish.
4. «Novaya prezentatsiya» (yangi bo'sh taqdimot) yoki «Pustuyu prezentatsiyu» (bo'sh taqdimot) orqali taqdimot yaratish.
5. «Shablon oformleniya» (rasmiylashtirish qolipi) orqali taqdimot yaratish.
6. «Master avtosoderjaniya» (avtomundarija ustasi) orqali taqdimot yaratish.
Microsoft Power Point dasturiga kirish ketma-ketligi.
[Pusk][Programmo'][Microsoft Power Point]
«Slayd» (salyd) va «Prezentatsiya» (taqdimot) tushunchalari.
«Slayd» (salyd) – ma’lum bir o'lchamga ega bo'lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi, ya’ni «Prezentatsiya» (taqdimot)ni alohida kadri bo'lib, matnni, sarlavhalarni, grafik va diagrammalarni o'z ichiga oladi.
«Prezentatsiya» (taqdimot) – bu slaydlar va maxsus effektlar to'plami bo'lib, ularni ekranda ko'rsatish, namoyish etish uchun tarqatiladigan material, ma’ruza matni Shaklida bitta faylda saqlanadi.
«Sozdanie prezentatsii» (taqdimot yaratish) orqali taqdimotdan foydalanish.
Bu muloqot darchasi orqali taqdimot yaratish turini tanlab olish mumkin bo'ladi. U quyidagi 4 ta asosiy bo'limdan iborat: «Novaya prezentatsiya» (yangi bo'sh taqdimot) yoki «Pustuyu prezentatsiyu» (bo'sh taqdimot), «Shablon oformleniya» (rasmiylashtirish qolipi), «Master avtosoderjaniya» (avtomundarija ustasi), «Otkro't prezentatsiyu» (taqdimotlarni ochish).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
«amaliy matematika va axborot texnologiya» kafedrasi 5320500 «Biotexnologiya» bakalavriat ta’lim yo’nalish bo’yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun
|