• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Asosiy fondlarning tarkibi va strukturasi. Asosiy fondlardan foydalanishning samaradorlik ko‘rsatkichlari Asosiy ishlab chiqarish fondlarining ahvoli




    Download 27.79 Kb.
    Sana02.04.2024
    Hajmi27.79 Kb.
    #185589
    Bog'liq
    Yo‘l xo‘jaligining asosiy fondlari
    Matematik analiz, Mavzu Tarmoqlararo ekran texnologiyalari Reja (1), KONDENSATORLAR SIG, Muqobil energiya manbalari, Datchiklar va ularning asosiy xarakteristikalari, 1-Lab, Тезлик датчиклари, Mavzu № faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psi, 2 5202069160623873264, Namuna referat, ПИИ Узбекистан показатели, Перспективы развития и пути совершенствования контейнерных перевозок, Презентация к теме, dffdffddfdffd, sddddww3333222

    Mavzu: Yo‘l xo‘jaligining asosiy fondlari



    Reja:


    1. Asosiy fondlarning tarkibi va strukturasi.

    2. Asosiy fondlardan foydalanishning samaradorlik ko‘rsatkichlari

    3. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining ahvoli

    4. Xulosa

    5. Foydalanilgan adabiyotlar

    Asosiy fondlarning tarkibi va strukturasi


    Yo‘l xo‘jaligining asosiy fondlari nisbatan mustaqil ikki qismdan tashkil
    topadi. Avtomobil yo‘llari va yo‘l tashkilotlarining asosiy fondlari. Yo‘llar va yo‘l
    inshootlarining qiymatlari, yo‘l tashkilotlaridagi asosiy fondlar qiymatidan bir necha barobar ko‘pdir. Yo‘l xo‘jaligining ekstensiv o‘sishidan intensiv rivojlanish yuliga o‘tishi, birinchidan, transportning asosiy fondlari bo‘lgan avtomobil yo‘llaridan
    samarali foydalanish hisobiga jamiyatning transportga bo‘lgan talablarini
    qondirishdir. Ikkinchi tomondan, tarmoq ichi aspektida ishlab chiqarishni
    intensifikatsiya qilish yo‘l tashkilotlarining asosiy fondlaridan ham samarali
    foydalanishni taqazo etadi.
    Yo‘l tashkilotlarining asosiy fondlari viloyatlarda yo‘llar qurilishi va tasarrufi bilan shug‘ullanadigan sho‘bakorxonalarda mujassamlashgan bo‘lib, ularning 45 foizga yaqini yo‘l qurilishi bilan, 55 foizi esa yo‘llar tasarrufida faoliyat
    ko‘rsatadilar. Ulardan tashqari umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil
    yo‘llarining tashkilotlari ham mavjud bo‘lib, ular asosan yo‘llarni ta’mirlash va
    yaroqli holda saqlash ishlari bilan shug‘ullanadi.
    Asosiy ishlab chiqarish fondlari qurilish, rekonstruksiya, ta’mirlash va
    avtomobil yo‘llarini yaroqli holda saqlash uchun ishlatiladigan ishlab chiqarish
    vositalarining tarkibiy qismidir. Ular ishlab chiqarishning moddiy-texnik
    sharoitlarini belgilab, ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat davomidpa ishtirok
    etadilar va o‘zlarining natural ko‘rinishlarini o‘zgarishsiz saqlab qoladilar va o‘z
    qiymatlarini eskirgan sari yaratilayotgan mahsulot qiymatiga o‘tkazadilar.
    Yo‘l tashkilotlari maishiy, kommunal, madaniy, meditsina xizmatlari uchun
    zarur bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydigan asosiy
    vositalarga ham ega. Ular qatoriga uy-joy binolari, meditsina punktlari binolari,
    klublarni kiritish mumkin. Ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan asosiy fondlar
    uzoq xizmat muddatiga egadirlar va ularning qiymatlari ham eskirgan sari asta-sekin tashkilotda ishlovchi xodimlar tomonidan yaratilayotgan mahsulot qiymatiga o‘tib boradi.
    Yo‘l tashkilotlari asosiy fondlarining strukturasida yetakchi o‘rinni mashina
    va uskunalar, hamda transport vositalari egallab turadi.
    Yo‘l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish sanoat ishlab chiqarish fondlari
    sanoat ishlab chiqarish fondlaridan va boshqa tarmoqlarning ishlab chiqarish
    fondlaridan, asosiy ishlab chiqarishdan tashqari fondlardan tashkil topadi.
    Umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llardagi asosiy ishlab chiqarish
    fondlarining boshqa yo‘llardagi asosiy fondlar strukturasidan farqi shundaki,
    avtomobil yo‘llarining inventar qiymatlari tarkibiga umumdavlat ahamiyatiga ega
    bo‘lgan yo‘llarga xizmat ko‘rsatuvchi yo‘l tasarruf uchastkalari binolarining
    qiymatlari ham kiritiladi. Boshqa yo‘llar tizimida bunday tartib yo‘q bo‘lib, yo‘llar
    tasarrufidagi sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlarining strukturasi yo‘l
    qurilishidagi asosiy fondlar strukturasidan farq qilmaydi. Farq faqat shundaki,
    pudratchi yo‘l qurilish tashkilotlarida sanoat ishlab chiqarish fondlari qurilishga
    xizmat qiluvchi asosiy ishlab chiqarish fondlari deb ataladi. Boshqa tarmoqlarning
    asosiy ishlab chiqarish fondlariga sanoat korxonalrining (yig‘ma temir beton
    zavodlari, ta’mirlash ustaxonalari, yog‘ochga ishlov beruvchi kombinatlar),
    yordamchi qishloq xo‘jaligi korxonalaridagi qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan
    fondlar, savdo va umumiy ovqatlanish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
    tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning fondlari kiradi.
    Yo‘l tashkilotlari sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlarining
    strukturasi.
    Umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llardagi asosiy fondlarning elementlari Umumiy qiymatidagi salmog‘i foiz boshqa avtomobil yo‘llarida
    Binolar va inshootlar 9,9 24,0 Uzatish qurilmalari 0,8 0,4
    Mashina va uskunalar, jami 75,4 60,4 SHu jumladan, ish mashinalari va 
    uskunalar 66,6 47,2 Transport vositalari 12,5 13,5 Asbob-uskuna, ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari va boshqa turdagi assosiy fondlar 1,4 1,7 Jami 100,0 100,0
    Sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlari quyidagi elementlardan tashkil
    topadi:
    1. Turli bo‘limlar va xizmatlarni joylashtirishga xizmat qiluvchi ishlab
    chiqarish binolari, nazorat qorovullash budkalari, konlar, yordamchi ishlab chiqarish binolari, omborxonalar; 
    2.Texnik funksiyalarni bajarishga mo‘ljallangan, mehnat o‘zgarishi bilan
    bog‘liq bo‘lmagan inshootlar. Bular qatoriga ko‘priklar, estakadalar, galereyalar,
    xo‘jalik ichidagi yo‘llar, temir yo‘llar, osma yo‘llar, har xil omborlar; 
    3.Uzatish qurilmalari –transformator podstansiyalari, kabellari, elektr
    liniyalari;
    4. Mashina va uskunalar, sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlarining eng
    muhim qismi bo‘lib, ular qatoriga issiqlik energiyasi, elektr energiyasi ishlab
    chiqarishga mo‘ljallangan kuch mashinalari va uskunalar, har xil dvigatellar va
    energiyani bir turdan boshqasiga o‘zgartiruvchi uskunalar, hamda qurilish-montaj
    ishlarini bajarishda bevosita ishtirok etuvchi ishchi mashinalar va uskunalar, o‘lchov asboblari, laboratoriya anjomlari, hisoblash texnikalari kiradi;
    5. Transport vositalari – yuk avtomobillari, tirkamalar, shatakchi
    avtomobillar, motovozlar, temir yo‘l platformalari va boshqalar;
    6. Ishlab chiqarish jarayonida qo‘l mehnatini mexanizatsiyalashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan asbob-uskunalar, ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari.
    Yuqorida sanab o‘tilgan barcha sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlarini aktiv
    va passiv qismlarga ajratish mumkin. Asosiy fondlarning aktiv qismiga, ya’ni
    mehnat vositalariga ishchi mashinalar va uskunalar, transport vositalari, asbob-
    anjomlar va ishlab chiqarish inventarlari kiradi. Asosiy fondlarning bu qismi ishlab
    chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etib, ishlab chiqarish miqiyoslarini aniqlaydi.
    Asosiy ishlab chiqarish fondlarining passiv qismiga ishlab chiqarish jarayonida
    bevosita ishtirok etmaydigan, lyokin ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan moddiy
    sharoitni vujudga keltirishga xizmat qiladigan elementlar kiradi (binolar, inshootlaruzatish qurilmalari va hokazolar).
    Asosiy fondlarni hisobga olish va rejalashtirish natural va pul ko‘rinishida
    amalga oshiriladi.
    Pul ko‘rinishida ifodalangan asosiy fondlar asosiy mablag‘lar, deb ataladi.
    Asosiy ishlab chiqarish fondlarini pul o‘lchamida ifodalash ularning strukturasi va dinamikasi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi.
    Asosiy ishlab chiqarish fondlarining alohida qiymat elementlarining miqdoriy salmog‘i uning strukturasini belgilaydi. Konkret yo‘l tashkilotlarida asosiy ishlab
    chiqarish fondalarining strukturasi, qurilish tashkilotining quvvati, ishlab chiqarish
    bazasining hududiy konsentratsiyalashuvi, bir vaqtda qurilayotgan ob’ektlarning,
    soni, qurilish maydonining o‘lchami, ishlab chiqarish dasturining strukturasi kabi bir qator muhim omillar asosida aniqlanadi.
    Asosiy ishlab chiqarish fondlarining strukturasi hisobot yili uchun fondlarini,
    yillik o‘rtacha qiymatlari haqidagi ma’lumotlar asosida aniqlanadi. U 13 ta
    qo‘shiluvchilar yig‘indisining 1/12 qismi sifatida aniqlanadi: hisobot yilining 1
    yanvariga asosiy fondlar qiymatining yarmisi, keyingi yil 1 yanvariga asosiy fondlar qiymatining yarmisi olinadi. Fevraldan dekabrgacha bo‘lgan oylar uchun esa to‘liq hisobot ma’lumoti bo‘yicha olinadi.
    Asosiy fondlarning qayta tiklanishini rejalashtirish va amortizatsiya
    ajratmalarining miqdorini aniqlash uchun asosiy fondlarning to‘g‘ri baholangan
    bo‘lishiga muhim ahamiyatga ega. Asosiy fondlarning baholanishi quyidagi
    ko‘rinishlardabo‘lishi mumkin: ularning dastlabki narxlari bo‘yicha, ya’ni asosiy fondlarni sotibolish yoki qurishga amalda sarflangan xarajatlar bo‘yicha;
    -tiklanish qiymati bo‘yicha, ya’ni zamonaviy sharoitda qayta tiklashga bo‘ladigan xarajat bo‘yicha.
    Eskirishni hisobga olgan holda asosiy fondlarni tiklanish narxi bo‘yicha
    baholash mavjud fondlar haqida ob’ektiv ma’lumotga ega bo‘lish va amortizatsiya
    ajratmalarining eng to‘g‘ri hisoblanishiga imkoniyat yaratadi. Lyokin bu usul vaqti
    vaqti bilan qayta hisobga olish va qayta baholashlar o‘tkazib turilishini talab qiladi, bu esa odatda kattagina mehnat sarflash bilan bog‘liq.
    Qiymat ko‘rsatkichlarining qo‘llanilishi asosiy ishlab chiqarish fondlarining
    ahvoli va dinamikasi to‘g‘risida tarmoq va alohida tashkilotlar bo‘yicha
    umumlashgan harakteristika olishga imkon beradi.
    Asosiy ishlab chiqarish fondlarining ahvolini harakterlash uchun quyidagi
    ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
    -asosiy fondlarning eskirganlik koeffitsienti; eskirganlik qiymatining asosiy
    fondlarning yil oxiridagi qiymatiga nisbati tariqasida aniqlanadi. Eskirish summasi
    tasdiqlangan me’yorlarga muvofiq ravishda olinadi. asosiy fondlarning eskirishi bir yilda bir marta inventar ob’ektlarning 
    hisobot davri oxiriga bo‘lgan balans qiymatlarini tasdiqlangan yillik eskirish me’yorlariga ko‘paytirish orqali hisoblanadi. Hosil bo‘lgan eskirish summasini avvalgi yilning oxirigabo‘lgan eskirish summasiga qo‘shiladi. mashinalar narxining yosh
    strukturasi koeffitsienti– amortizatsiya xizmati muddati tugamagan mashinalar sonini, mashinalarningsoniga bo‘lib topiladi.
    Yo‘l tashkilotlari asosiy ishlab chiqarish fondlarining dinamikasini baholash
    uchun quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi: 
    -Asosiy fondlarning o‘sish koeffitsienti. Bu koeffitsient yil davomida olingan asosiy fondlar qiymatining, hisobot davri oxiridagi fondlar qiymatiga (hisobdan chiqarilgan fondlar qiymatidan tashqari) nisbati sifatida aniqlanadi.
    -Asosiy fondlarning hisobdan chiqish koeffitsienti yil mobaynida hisobdan
    chiqarilgan asosiy fondlarning to‘liq dastlabki qiymatlarini, hisobot davri
    boshlanishiga bo‘lgan asosiy fondlar to‘liq dastlabki qiymatiga nisbati sifatida
    aniqlandi.
    -Asosiy fondlarning yangilanish koeffitsienti yangidan olingan asosiy fondlar
    qiymatining hisobot davri oxiriga bo‘lgan asosiy fondlarning to‘liq qiymatiga
    nisbatidan iborat.
    Asosiy fondlarning eskirganlik koeffitsienti, mashinalar narxining yoshi
    bo‘yicha strukturasi asosiy fondlarning yangilanish koeffitsienti barcha asosiy
    fondlar miqyosida va alohida olingan yo‘l mashinalari va mexanizmlar miqyosida
    hisoblanadi. Ko‘rsatkichlarning konkret qiymatlari birinchi navbatda yo‘l
    tashkilotlari ishlab chiqarish bazasiga kapital mablag‘lar rejasining bajarilishiga,
    yangi asosiy fondlarning ishga tushirish rejasining bajarilishiga hamda asosiy
    fondlarni kapital ta’mirlash rejasiga bog‘liq bo‘ladi.
    Yo‘l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish fondlariga bo‘ladigan ehtiyojlari natural va qiymat ko‘rsatkichlari orqali ifodalanishi mumkin. Natural
    ko‘rsatkichlarda ifodalangan ehtiyojlar barcha ishlab chiqarishlar va xo‘jaliklardagi
    umumiy bajariladigan ishlar hajmi asosiy mashinalar va uskunalarning turlari
    bo‘yicha direktiv me’yorlar asosida aniqlanadi. Natural ko‘rsatkichlar ishlarni
    mexanizatsiyalashtirish, texnikalarni tasarruf etish va ta’mir-rejalarini ishlab
    chiqishda qo‘llaniladi. Ammo ular yo‘l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish
    fondlariga ehtiyojlarini umumlashtirgan holda rejalashtirishga o‘zlarining konkret
    buyumlashgan ko‘rinishlari tufayli biroz noqulaydir. SHu sababli natural
    ko‘rsatkichlarni qo‘llash alohida mashina turlari va uskunalaridan foydalanish
    samaradorligini baholash bilan chegaralanib, tegishli ishlash me’yorlari mavjudligi
    sababli ishlatiladi. Yo‘l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish fondlariga
    ehtiyojlari qiymat ko‘rsatkichlarida ifodalanganda, fondlar umumlashgan qiymatda
    va alohida elementlarga ajratilgan ko‘rinishda beriladi.
    Yo‘l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish fondlariga ehtiyoji mutlaq va
    nisbiy bo‘ladi. Mutlaq ehtiyoj tegishli ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun
    barcha fondlar va ularning elementlari qiymatida ifodalanadi, nisbiy ehtiyoj esa
    solishtirma fond sig‘imdorligi koeffitsientlarida o‘z ifodasini topadi (umumiy va
    xususiy).
    Umumiy solishtirma fond sig‘imdorligi koeffitsienti asosiy ishlab chiqarish
    fondlari yillik o‘rtacha qiymatini yillik mahsulot qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi (yo‘l qurilishida –korxonaning o‘z kuchi bilan bajarilgan qurilish-montaj ishlari
    hajmiga; yo‘llarni tasarruf etishda – xo‘jalik usulida yo‘llarni ta’mirlash va yaroqli
    holatda ushlab turish bo‘yicha bajarilgan yillik ishlar hajmiga).
    Xususiy solishtirma fond sig‘imdorligi koeffitsienti asosiy ishlab chiqarish
    fondlarining elementlari bo‘yicha ular yillik o‘rtacha qiymatlarini yillik mahsulot
    ishlab chiqarish hajmiga bo‘lib aniqlanadi.
    Ishlab chiqarishning asosiy fondlariga bo‘ladigan nisbiy ehtiyoji yo‘l
    tashkilotlari faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan bir qator omillar
    ta’sirida ro‘y beradi.
    Yo‘l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish fondlariga bo‘lgan mutlaq
    ehtiyoji ishlab chiqarish dasturi hajmiga bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqarish
    nomenklaturasi bo‘yicha barcha bajariladigan ishlar hajmi asosida yoki tegishli fond sig‘imdorligi koeffitsientlari va ishlab chiqarish faoliyati hajmining qiymat
    ko‘rinishida ifodalangan ma’lumotlari asosida aniqlash mumkin. Har qanday
    hollarda ham qabul qilinayotgan normativlar yoki solishtirma fond sig‘imdorligi
    koeffitsientlari iloji boricha ishlab chiqarish sharoitlariga mos kelishi kerak.
    Asosiy ishlab chiqarish fondlariga bo‘ladigan nisbiy ehtiyojiga ta’sir etuvchi omillar ko‘p bo‘lganligi sababli, solishtirma fond sig‘imdorligi koeffitsientlari
    perspektiv davr uchun har qaysi yo‘l tashkiloti uchun bajariladigan ishlarning
    konkret strukturasini, asosiy fondlardan foydalanishning amalda erishilgan .
    aviyasini va rejalashtirilayotgan fondlar bilan qurollanganlik hamda mehnat
    unumdorligini hisobga olgan holda individual qiymatlariga ega bo‘lishi kerak.

    Xulosa
    Natural ko‘rsatkichlar ishlarni mexanizatsiyalashtirish, texnikalarni tasarruf etish va ta’mir-rejalarini ishlab chiqishda qo‘llaniladi. Ammo ular yo‘l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish fondlariga ehtiyojlarini umumlashtirgan holda rejalashtirishga o‘zlarining konkret buyumlashgan ko‘rinishlari tufayli biroz noqulaydir.


    Shu sababli natural ko‘rsatkichlarni qo‘llash alohida mashina turlari va uskunalaridanfoydalanish samaradorligini baholash bilan chegaralanib, tegishli ishlash me’yorlari mavjudligi sababli ishlatiladi. Yo‘l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish fondlariga ehtiyojlari qiymat ko‘rsatkichlarida ifodalanganda, fondlar umumlashgan qiymatda
    va alohida elementlarga ajratilgan ko‘rinishda beriladi. 

    Foydalanilgan adabiyotlar


    https://themeformen.ru/
    https://avtovsamare.ru/uz
    https://akis.agro.uz/
    https://fayllar.org/


    Download 27.79 Kb.




    Download 27.79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Asosiy fondlarning tarkibi va strukturasi. Asosiy fondlardan foydalanishning samaradorlik ko‘rsatkichlari Asosiy ishlab chiqarish fondlarining ahvoli

    Download 27.79 Kb.