• (Doira shakli)
  • Kvant sonlar haqida tushuncha




    Download 375,7 Kb.
    bet2/6
    Sana12.02.2024
    Hajmi375,7 Kb.
    #155180
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    4 (1)

    Kvant sonlar haqida tushuncha.
    Bosh kvant soni. Yana bir marta N.Bor postulatlarini takrorlab o'taman. Demak, electron atomda muayyan energetik sath(pog'ona)ga muvofiq keladigan orbitalar bo'ylab harakatlanadi. Atomga tashqaridan energiya berilsa, elektron yadrodan uzoqroq orbitalga (muayyan kvant pog'onaga muvofiq keladigan) o'tadi. Muayyan kvant energetik pog'onaga muvofiq keladigan orbitalga statsionar orbitalar deyiladi. Statsionar orbitalarni xarakterlaydigan butun sonlar (1,2,3,4..)ga bosh kvant sonlari deyiladi. Bu sonlar (1,2,3..) K,L,M,N..bilan belgilanadigan muayyan kvant sath(pog'onaga) [qo'pol qilib aytganda qavatga] muvofiq keladi. Ya'ni energetik pog'ona (elektron qavatlar-bizning tushunchamizcha!!!)lar sonlardan tashqari (1,2,3..) harflar bilan ham (K,L,M,N..) belgilanadi.
    Bosh kvant son qiymati n = 1, 2, 3, 4, 5
    Muvofiq keladigan energetik pog'onaning harfiy ifodasi K, L, M, N, O
    Bosh kvant soni. n ma'lum bir orbitalga muvofiq keladigan energiya darajasini va bu orbitalning yadrodan qancha uzoqda ekanligini ko'rsatadi. Ma'lum bir energetik sath(pog'ona)ni qisman yoki butunlay to'ldirgan elektronlar elektron qavatni hosil qiladi. Demak, K,L,M..elektron qavatlar va shu qavatlarni hosil qiladigan K,L,M.. elektronlar haqida gapirish mumkin. Shu narsani esdan chiqarmaslik kerakki, atomda energetik sath(pog'ona)lar, shu og'onalarda elektron bor-yo'qligidan qat'iy nazar doim mavjud.
    n=1 qiymat nisbatab kam energiyali pog'ona K ga muvofiq keladi. n=2 esa nisbatan yuqori energetic pog'ona L ga muvofiq keladi. Boshqacha aytganda, K energetik pog'onada joylashgan elektronlarning energiyasi L pog'onada joylashgan elektronlar energiyasidan kam.
    Orbital kvant soni yoki yonaki kvant soni (). Orbital kvant soni orbitalning formasini harakterlaydi (orbital formasi doiraviy (Doira shakli)yoki elliptic(elliptic shakli) bo'lishi ham mumkin). Orbital kvant soni 0 dan boshlab (n-1) qiymatni qabul qilishi mumkin. Masalan, n=2 bo'lsa, ℓ=0,1.
    Demak, orbital kvant soni muayyan energetik pog'onadagi (n) …orbitalarning mumkin bo'lgan shakllari sonini belgilaydi. Ko'rinib turibdiki, n qancha bo'lsa, ham shuncha qiymatga ega. Masalan, n=3 (M pog'ona) bo'lganda ℓ=0,1,2 qiymatlarni oladi. Boshqacha aytganda, 3-energetik pog'onada 3 xil orbital mavjud. Shulardan biri (ℓ-0)-doiraviy orbital qolgan ikkitasi esa ℓ=1 va ℓ=2 elliptik orbitalar (rasmga qarang).

    Ko'rinib turibdiki, ning qiymati qancha katta bo'lsa, elliptik orbitalning cho'zilganligi shuncha katta bo'ladi.
    Atomda tashqaridan energiya bersak, bitta energetik pog'onadagi elektronlar o'zini har xil tutadi. Elliptik orbitalar bo'ylab harakatlanadigan elektronlar, doiraviy orbital bo'ylab harakatlanadigan elektronlarga nisbatan energiya ta'siriga tez beriladi. Bu hol shuni ko'rsatadiki, demak, bitta energetik pog'onaning o'zidagi elektronlarning yadro bilan bog'lanish energiyasi turli xildir. Boshqacha qilib aytganda, energetik pog'onalar o'z navbatida pog'onalardan tashkil topgan.


    Orbital kvant son ℓ 0 1 2 3
    muvofiq keladigan
    pog'onaning harfiy s p d f
    ifodasi
    n nechta bo'lsa, pog'onachalar soni ham shunchadir. Masalan, N pog'onaga (n=4) to'rtta orbital muvofiq keladi: 1 ta doiraviy (ℓ=0) va 3 ta elliptik (ℓ=0,1,2,3). Demak, pog'onachalar soni ham 4 ta bo'lishi kerak (s,p,d,f). Elektronlar bilan band bo'lgan yoki bo'lmagan pog'onacha elektron qavatcha hosil qiladi. Bitta electron qavatning o'zida s-pog'onachada elektronning energiyasi kam, p-pog'onachada esa ko'proq bo'ladi.

    Download 375,7 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 375,7 Kb.