• 11Na23 + 2He4 = 12Mg26 +1H1
  • 4Be9 + 2He4 = 6C12 +0 n1
  • Atomning tuzilishi Atom tuzilishi to’g’risida tarixiy ma‘lumotlar




    Download 35,85 Kb.
    bet10/15
    Sana16.12.2023
    Hajmi35,85 Kb.
    #120976
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Atomning tuzilishi-fayllar.org
    119 23.03.2023 (1), Mustaqil ish mavzular, Mavzu Kimyo fanini rivojlantirishda o’z xissalarini qo’shgan O’-fayllar.org, O‘zbekiston Respublikasi

    Yadro reaktsiyasining yuqorida keltirilgan tenglamasidan ko’rinib turibdiki, azot atomi yadrosi 7N х – zarracha (geliy atomi yadrosi 2Ne4) bilan to’qnashganda uni yutadi. Hosil bo’lgan beqaror atom yadrosi musbat zaryadlangan zarracha ya‘ni proton 1Н1 (yoki Р) chiqaradi, bunda kislorod izotopi 8О17 hosil bo’ladi. boshqacha aytganda, azot va geliy atomlari yadrolaridan kislorod hamda vodorod atom yadrolari hosil bo’ladi.

    Keyinga vaqtda turli element atom yadrolaridan protonlar urib chiqarilishi va natijada bir kimyoviy elementni sun‘iy yo’l bilan boshqasiga aylantirish mumkinligi aniqlandi. Masalan, natriy atomi 11Na23 х – zarrachalar bilan bombardimon qilinganda magniyning izotopi 12Mg26 va proton hosil bo’ladi:

    11Na23 + 2He4 = 12Mg26 +1H1

    1930 Ve x – zarrachalar bilan bombardimon qilinganda, u singish hususiyati kuchli bo’lgan o’ziga xos nurlar chiqarishi aniqlandi. 1932 yilda ingliz olimi Chedvik bu nurlar elektroneytral zarrachalar oqimidan iborat ekanligini aniqladi. Ular keyinchalik neytronlar deb ataldi.

    Atom yadrolarining masalan, beriliy atomi yadrosining neytronlar (n1) chiqarish jarayonini quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin:

    4Be9 + 2He4 = 6C12 +0 n1

    Atom yadrosini tarkibi. Izotoplar

    Yadro reaktsiyasini chuqur o’rganish natijasida Rossiya fizigi Ivanenko va u bilan bir vaqtda nemis fizigi Geyzenberg (1932y.da) atom yadrosi tuzilishining proton – neytron nazariyasini taklif qildilar. Bu nazariyaga muvofiq atom yadrosi proton va neytronlardan tuzilgan. Umumiy nom bilan nuklonlar deb ataladigan bu ikki xil zarrachalar deyarli bir xil massaga ega bo’lib, u taxminan bir uglerod birligiga teng. Massalar soni nuklonlarning umumiy sonini, ya‘ni ayni element atom yadrosidagi proton va neytronlar sonini bildiradi. Masalan, natriy atom yadrosining massalar soni 23; u 11 ta proton va 12 ta neytrondan iborat.

    Proton kattaligi jihatidan elektron zaryadiga teng bo’lgan musbat zaryadga ega. Neytronlar zaryadsiz bo’lgani uchun atom yadrosining musbat zaryadi undagi protonlar soniga qarab aniqlanadi.


    Download 35,85 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 35,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Atomning tuzilishi Atom tuzilishi to’g’risida tarixiy ma‘lumotlar

    Download 35,85 Kb.