Atmosfera havosi to’grisida ma’lumot




Download 280.09 Kb.
bet13/16
Sana24.03.2017
Hajmi280.09 Kb.
#1466
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
1.5 Atmosfera havosi to’grisida ma’lumot.

Hozirgi paytda iqlim resurslaridan samarali foydalanish blin bir qatorda atmosfera havosini muhofaza qilish muammolari ham vujudga kelmoqda.

1992-yilda viloyatda 456.4 ming tonnage yaqin har xil zararli moddalar havaga chiqarib tashlangan. 100 dan ortiqroq katta –kichik korxonalardan tashkil topgan viloyat sanoati atmosfera havosini har xil zaharli moddalar bilan ifloslanishiga asosiy manbaalardan biridir. Ayniqsa gaz qazib oluvchi va gazni qayta ishlash sanoatining korxonalari atmosferani oltingugurt, uglerod oksidi, va boshqa gazlar bilan ifloslanishida eng katta unumga ega. Hisoblarga ko’ra viloyatdagi gaz sanoatining korxonalari atmosferaga har yili 240-250 ming tonna miqdorida zaharli moddalarni chiqarmoqda. Atmosfera havosini shuningdek qurilish materiallari sanoatning korxonalari katta tozalash zavodlari, maishiy xizmat va boshqa korxonalar atmosferaga har yili kamida 19-20 ming tonna miqdoridagi qattiq zarralarni, uglerod va azot oksidi kabi zararli gazlarni chiqaradi.

Atmosfera havosini ifloslovchi manbaalardan yana biri transportdir. Transportning rivojlanishi, ayniqsa avtomobillar sonining ko’payishi atmosfra havosining ifloslanish darajasini oshirmoqda. 2012-yilda viloyatdagi barcha transport vositalari 212.9 ming tonna zaharli moddalarni havoga chiqargan. Qarshi materologik byurosining ma’lumotlariga ko’ra viloyatda atmosferaga chiqarib tashlanayotgan zararli chiqindilarning 42-44% i avtomobil transportiga to’g’ri keladi.

Atmosfera havosini muhofaza qilishga doir viloyatda qilinayotgan ishlar hozirgi zamon talablari darajasidan juda past, ishlab chiqarish rivojlanganligi sari atmosfera havosini gazlar, chang, qurm va boshqa zararli moddalar bilan ifloslanish darajasi ham yildan –yilga ortib bormoqda. Sanoat, transport, qurilish, maishiy xizmat va xo’jalikni boshqa korxonalarida har yili 330-350 ming tonna miqdorida zaharli qattiq va gazsimon moddalar hosil bo’lsada, shundan atigi 20%ga yaqini maxsus chang yutgich asboblar orqali tutiladi, qolgan qismi esa atmosferaga tashlanadi.

Atmosfera havosining ifloslanishi ishlab chiqarishga juda katta iqtisodiy zarar yetkazishi bilan bir qatorda kishilar salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shu bois atmosfera havosini ifloslantiruvchi barcha korxonalar kamchiqindili texnologiyalarga o’tishi lozim. Bu iqtisodiy jihatdan qiyin vazifa, lekin har bir mamlakatda fuqarolarning salomatligi ravonlikning va iqtisodiy taraqqiyotning asosiy manbai ekanligi nazarda tutilsa bajarilishi lozim bo’lgan vazifadir.





Download 280.09 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 280.09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Atmosfera havosi to’grisida ma’lumot

Download 280.09 Kb.