Avtobuslar harakatlanishi yo‘nalishlarida transport oqimining harakatlanish zichligiga ta’siri




Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana26.02.2024
Hajmi0.95 Mb.
#162714
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
avtobuslar-harakatlanishi-yo-nalishlarida-transport-oqimining-harakatlanish-zichligiga-ta-siri
KURS ISHI YAKUNI, alphabet (1), Психология фанларини укитиш методикаси, 9-amaliy, 7-8-amaliy, Yaxlit pedagogik jarayon, Matematika 2-sinf 1-chorak monitoring, Mustaqil ish.H.Jumayeva, bejik, 801-Текст статьи-1973-1-10-20200117, 4-sinf texnologiya darsining 1 ta mavzusiga krassvord tuzish, Elektromagnit maydon uchun Maksvell tenglamalari, 4 nodirbek, Document, 5ғМаъоуза (1)
Kalit so‘zlar: yo‘l tarmog‘i, avtobus, mikroavtobus, yo‘l transport hodisasi, haydovchi, 
piyoda, muhit, avtomobil, yo‘l, to‘qnashuv. 
Ключевые слова: дорожная сеть, автобус, микроавтобус, дорожно-транспортное 
происшествие, водитель, пешеход, окружающая среда, автомобиль, дорога, столкновение. 
Key words: road network, bus, minibus, traffic accident, driver, pedestrian, environment, 
car, road, collision. 
Avtomobil yo‘llarida transport oqimining harakat tizimini o‘rganishda eng ahamiyatli 
xususiyatlardan biri bu - transport oqimining harakat zichligidir. Transport oqimining harakat 
zichligi – transport vositalarining 1 km uzunlikdagi bitta harakat bo‘lagiga joylashgan soni bilan 
o‘lchanadi (q-km/dona). Bu ko‘rsatkich harakat tarkibiga, uning tezligiga va yo‘l sharoitiga 
nisbatan o‘zgaradi. Yengil avtomobillardan iborat maksimal transport oqimining zichligi 
q
mak
=200 avt/km, bunda tezlik v=0 km/soatga, transport oqimining optimal zichligi q
opt
=15-25 
avt/kmga ega bo‘ladi [1]. 
Transport oqimining zichligi oshgan sari transport vositalari oraliq masofasining 
kamayishi, tezlikning pasayishi, haydovchilarning ruhiy ish rejimining qiyinlashishi umumiy 
yo‘l harakatining noqulayligiga olib keladi. Eng katta transport oqimining zichligi transport 
vositalarining to‘xtab qolish («zator») holatida kuzatiladi. 


АВТОМОБИЛ ВА ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК МАШИНАЛАРИ
МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2022, №3 (8) 
133 
Transport vositalarining eng asosiy ko‘rsatkichlari bu: harakat miqdori(N), tezlik(V) va 
zichlikdir(Q) [3]
Transport oqimining zichligini quyidagicha baholash mumkin: 
Q=N/V
(1) 
Bu yerda: N- bitta bo‘lakdagi harakat miqdori, avt/km; 
V-transport oqimining zichligi, km/soat; 
Bu ko‘rsatkich harakat miqdori “N” va yo‘l sharoiti o‘zgarishiga bog‘liq, chunki “N” 
ko‘rsatkichi o‘zgaruvchan. Transport oqimining zichligini aerofototasvir yoki yo‘lning yon 
tarafidan baland joydan videotasvir qilish orqali aniqlanadi [3].
Keltirilgan formuladagi biror-bir ikki ko‘rsatkich ma’lum bo‘lsa, uchinchi ko‘rsatkichni 
topish oson. Transport oqimining harakat tartibini kuzatishda bunday bog‘lanish qulaylik beradi. 
Yo‘l bo‘laklari yoki umuman yo‘l bo‘yicha transport oqimining holatini tavsiflashda zichlik 
ko‘rsatkichi orqali baholash ob’ektiv natija beradi.
Tranport oqimining zichligi yuqori bo‘lgan paytlarda yo‘lning yuklanganlik darajasi 
ortishiga, shu bilan birga transport oqimining tezligini kamayishiga olib keladi. Bu hollarda
tabiiy ravishda transport vositalaridan atrof-muhitga chiqayotgan ortiqcha zaharli moddalar soni 
kattalashishiga olib keladi. Transport vositalaridan chiqayotgan chiqindi gazlarni kamaytirishda 
transport oqimining zichligini kichik ko‘rsatkichga keltirish, buning uchun oraliq masofani 
saqlagan holda 40 km/soatdan 60 km/soatgacha tezlik bilan harakatlanishni ta’minlash kerak [3]. 
Masalan, «q» aholi yashash joyiga yaqinlashishda quyidagicha o‘zgaradi (1-rasm).
Shuni aytish kerakki, yog‘ingarchilik sharoiti quruq havo sharoitiga nisbatan harakat 
zichligi, o‘tkazish qobiliyati va transport oqimining tezligiga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi [2]. 

Download 0.95 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtobuslar harakatlanishi yo‘nalishlarida transport oqimining harakatlanish zichligiga ta’siri

Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish