118
operativ va nooperativ turlariga bo‘linadi. Bulardan tashqari, ularni urnatilish
joylari va ma’lumotlari hajmi bo‘yicha mahalliy, blokli, markaziy va yordamchi
turlariga bo‘linadi.
Shchit va pultlarni tanlash va ularni loyihalash amaldagi me’yoriy hujjatlar
asosida amalga oshirilishi talab qilinadi. Ular me’yoriy hujjatlar asosida umumiy
holda shchitlar va pultlar yopiq xonalarda havoning harorati – 30
0
S dan +50
o
S
gacha va havoning nisbiy namligi 80 % dan yuqori bo‘lmagan qiymatlar uchun
mo‘ljallangan bo‘ladi.
Talablar bo‘yicha shchitlar va pultlar quyidagicha belgilanadi:
Shkafli shchit - ShSh – 3D
Karkasli panelli shchit - ShPK – 3P
Pult - P – L
Shkafli shchitlar asosan changli, yuqori namlikli ishlab chikarish xonalarida
qo‘llaniladi. Karkasli panelli shchitlar esa maxsus xonalarda (dispetcherlik,
markaziy va operatorlik boshkarish punklari) ishlatiladi. Pultlar boshqarish
apparatlari,
signalizatsiya
va
o‘lchov zanjirlarini qayta qo‘shgichlarni
(pereklyuchatellar) o‘rnatish uchun qo‘llaniladi.
Shchitlar va pultlarni modifikatsiyalashda quyidagi strukturaviy sxemaga
asoslanadi: