119
11-BOB. DЕXQONCНILIKDA HAYDOV CНUQURLIGI VA
KULTIVASIYА JARAYОNLARINI AVTOMATLASНTIRISН
11.1. Umumiy tushunchalar
Qishloq va suv xo‘jaligida ish unumdorligini oshirishning asosiy yo‘llaridan
biri dexqonchilik jarayonlarini avtomatlashtirish hisoblanadi.
Dehqonchilik
sohasida
mexanizatsiyalash
jarayonlari
yetarli
darajada
rivojlanish
ko‘rsatgichlariga ega bo‘lsada, lekin ularni avtomatlashtirish sohasi haligacha
oqsoqlab kelmoqda.
Buning asosiy sabablari, birinchi navbatda dehqonchilik
jarayonlarining murakkabligi, yer va suv sharoitlarining xilma-xilligidir, jumladan:
a) jarayonlarni harakatlanuvchan
agregatlar bajarishi, tuproq va o‘simlikni
esa qo‘zg‘almasligi;
b) agregatning har xil ob-havo sharoitida ishlashi;
v) materialning bir jinsli bo‘lmasligi (hosildorligi, namlik, ifloslik hamda
kutilmagan faktorlar);
g) relefning murakkabligi (pastlik - balandlik, chuqurlik).
11.2. Haydov chuqurligini avtomatik rostlash tizimi
Agrotexnik talablari bo‘yicha paxta maydonlari uchun haydov chuqurligi 40
– 45 sm ni, g‘alla maydonlari uchun 30 – 35 sm ni tashkil qilishi kerak. Bu holda
tekis yerdagi haydov chuqurligini og‘ishi
-
+
1 – 1,5 sm, notekis yerlar uchun 2 – 3
sm, kultivatsiya chuqurligini og‘ishi esa
+
-
1,0 sm ga ruxsat beriladi.
Haydov
chuqurligini avtomatik rostlash tizimini yaratishda ikki xil asosiy printsiplardan
foydalaniladi: kuch va chetga chiqish printsiplari. Kuch printsipida tortish kuchini
o‘lchash usuli qo‘llaniladi.
Chetga chiqish printsipida avtomatik signallardan foydalaniladi. Bu
printsipda o‘lchash qurilmasi vazifasini polzunkali harakatlanuvchan planka
bajaradi. Bu plankaning
chetga chiqishi zahoti, zolotnikli gilrotaqsimlagich
ma’lumot oladi va gidrotsilindrning ishlashini boshqaradi.
Haydov chuqurligini
avtomatik rostlash tizimining printsipial sxemasi 11.1-rasmda keltirilgan.