124
12.2. Issiqxonalarda havo haroratini avtomatlashtirish
Sabzavot yetishtirish issiqxonasida va ko‘chat yetishtirish bo‘limida havo
harorati agrotexnika talablari va normalari bo‘yicha quyidagi 12.1- jadval asosida
bajarilishi kerak.
12.1-jadval
№
Sabzavot
turi
Ko‘chat yetishtirish
bo‘limidagi harorat,
0
s
Issiqxonadagi harorat,
0
s
O‘sish davrida
Meva solish davrida
Ko‘chat
ekishda
Ko‘chat
chiqqanda
Bulutli
kunda
Quyosh
-li
kunda
Tunda
Kun-
Duzi
Kech-
qurun
1.
Bodring
17-18
25-32
22-25
27-30
17-18
25-30
18-20
2.
Pamidor
10-12
20-29
20-22
25-27
10-13
22-28
8-10
Issiqxona sharoitida mahsulot yetishtirishda havo
haroratini rostlash tizimi
sutka davomida 10-30
0
s diapazonda havo haroratini 1% dan ko‘p bo‘lmagan
xatolik bilan ta’minlab borishi lozim. Tuproq harorati esa 13% ni tashkil etishi
kerak.
Ko‘chat yetishtirish bo‘limida va issiqxonada harorat har xil bo‘lganligi
sababli har bir xonaga allohida rostlash tizimini yaratish kerak bo‘ladi.
Haroratni rostlash va boshqarish jarayonining
funktsional va funktsional-
texnologik sxemalari 12.3, 12.4 -rasmlarda keltirilgan.
Haroratni rostlash sxemasida (12.3.-rasm) havo harorati o‘zgartirgichi (6),
issiq suv harorati o‘zgartirgichi (5), qaytgan suv harorati o‘zgartirgichi (8) va
energetik yoritilganlik o‘zgartirgichi (7) qo‘llaniladi. Rostlagich (9) uch
tomonlama klapanni ijrochi mexanizmi (3) yordamida boshqarib boradi va bunda
tizimga uzatilayotgan issiqlik tashuvchining miqdori o‘zgartirib boriladi.
Bosim
rostlagichi (4) trubadagi suv bosimini stabillashtirib boradi. Vaqt relesi (10)
haroratni kechasiyu-kunduzi rostlab turadi. Ventilning holatini nazorat qilish
125
uchun holat o‘zgartirgichi (2) va ikkilamchi uskuna (1) ishlatiladi.
Issiqxonada
harorat doimiy ravishda qayd qilib boriladi.