131
Ushbu sxemada haroratni rostlash tizimini avtomatik boshqarish rejimidan
tashqari, uni ijrochi mexanizmlar yordamida qo‘l
bilan boshqarish rejimi ham
ko‘zda tutilgan. Qo‘l bilan boshqarish rejimi qozonxonada o‘rnatilgan bosh
pultdagi boshqarish kaliti orqali amalga oshiriladi.
12.3. Issiqxona sharoitida mahsulot yetishtirishda sug‘orish va namlikni
avtomatik rostlash tizimlari
Agrotexnika normalari va talablari bo‘yicha issiqxonalarda (bodring,
pomidor) yetishtirishda havoning nisbiy namligin
=50-65%
ni tashkil etishi
kerak. Issiqxona sharoitida mahsulot yetishtirishda sug‘orish va kerakli havoning
nisbiy namligini saqlab turish uchun suv uzatish trubalarida 6
ta ventillar
o‘rnatiladi. Bu ventillarni boshqarish sug‘orish avtomatlari yordamida amalga
oshiriladi. Birinchi sug‘orish
avtomati issiqxonalardagi I, III va V ventillarni
boshqarib turadi. Ikkinchi sug‘orish avtomati esa II, IV va VI
ventillarni ishlashini
boshqaradi. Sug‘orish avtomatlari ЩSU-1 kuch tarmoqlari shkafida
joylashtiriladi.
Issiqxonani sug‘orish sektsiyalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda birinchi
sektsiya 8 ta sug‘orish qurilmalaridan tashkil topgan bo‘ladi va ular 4 ta ventillar
orqali ishga tushiriladi. Sug‘orishni boshqarish ventillari
ketma-ket ravishda va
belgilangan vaqtda qo‘shish bilan xarakterlanadi. Sug‘orish va namlikni avtomatik
rostlash tizimi 12.7-rasmda keltirilgan umumiy strukturaviy sxema asosida
ishlaydi. Ushbu sxema bo‘yicha topshiiriq berish programmasi PRV turidagi 2 ta
programma orqali amalga oshiriladi. Ular vaqt bo‘yicha rostlangan bo‘ladi va
ulardan bittasi sug‘orish uchun, ikkinchisi esa havo namligi uchun ishlatiladi.
Bulardan tashqari namlatish uchun VR tipidagi
namlik rostlagichlari ham
qo‘llanilgan. Namlik rostlagichlarining asosiy vazifasi PRV programmasi bergan
topshiriqni, ya’ni ventillarni qo‘shish va o‘chirish signalini
issiqxonalardagi havo
namligiga qarab uzatib turadi.