129
suvlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Haroratni rostlash harorat
rostlagichi orqali amalga oshiriladi. Agarda havo haroratini rostlashda issiq suv
harorati orqali amalga oshirish kerakli natijani bermasa,
u holda havo haroratini
rostlash framug orqali bajariladi.
Framuglar
yordamida
haroratni
boshqarish
issiqlik
tashuvchi
termorostlagichlar orqali amalga oshiriladi va bunda harorat t
o
0
s qiymati framugli
termorostlagichlarga nisbatan 4-6
0
s qiymatga kam miqdorda rostlanadi. Issiqlik
tashuvchi termorostlagich tizimida ijrochi mexanizmi
sifatida uch tomonlama
klapan datchiklar, elektr yuritma va tsirkulyatsion nasos xizmat qiladi
Framuglar orqali boshqarish tizimida esa ijrochi mexanizmi sifatida
framugni ochish va yopish elektr dvigateli bilan birgalikda magnitli ishga
tushirgich xizmat qiladi. Bu jarayonni nazorat qilish
uchun framug holatini
ko‘rsatuvchi distantsion boshqarish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari issiqxonaga
joylashgan datchiklarning framugni ochish chegarasi ham ko‘zda tutilgan.
Issiq havoni sovuq havo bilan yaxshi aralashishi uchun ma’lum vaqt kerak
bo‘ladi. Bu maqsadda SIP markali impulsli aralashtirgich qo‘llaniladi. Bu qurilma
impulsni 5-6 sek va pauzani 25-30 sek rostlaydi.
Agrotexnika talablari bo‘yicha issiqxonalardagi
havo harorati kechqurun
kunduzga nisbatan 5-6
0
s past bo‘ladi, shuning uchun rostlash sxemasida
programmalashtirilgan vaqt relesi (RV) qo‘llaniladi. Bu rele kunduzgi paytda
o‘zining kontaktlarini termorostlagich datchiklari zanjiridagi qarshilikni qo‘shadi.
Bu qarshilik haroratni 5-6
0
s ga kamaytirish uchun mo‘njallangan. 12.6-
rasmda
issiqxona sharoitida mahsulot yetishtirishda haroratni rostlashning printsipial-
elektr sxemasi keltirilgan.