136
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashda suv tozalash jarayonlarini
avtomatlashtirish suv sifatini yaxshilashga, mehnat unumdorligini oshishiga va
og‘ir qo‘l mehnatini kamayishiga olib keladi.
13.2. Suvni saqlash va uzatish jarayonlarini avtomatlashtirish
Suvni saqlash va uni uzatish uskunasi suv nasosi va elektrodvigateldan va
truboprovod tizimlaridan iborat.
Ushbu uskunada asosiy ishlardan birini nasos qurilmasi bajaradi.
Nasos
qurilmasi avtomatik ishlashini ta’minlashda aloxida o‘ziga xos elektr shkafidan
foydalaniladi. Ushbu shkafda nasosdagi dvigatelni avtomatik ishlashini ta’minlash
o‘ta muhim xisoblanadi. Nasos motorining quvvati unchalik katta emas, chunki
suv yig‘uvchi zaxira bakining hajmi katta emas.
Shuning uchun ushbu nasosga
quvvati 5,5 kVt li asinxron dvigatel o‘rnatilgan. Ushbu dvigatelni yurgizishda
oldin uchburchak usulida, keyin avtomatik ravishda yulduzcha usuliga o‘tadi,
chunki ishga tushirish toki aylanish tokiga nisbatan katta hisoblanadi. Bu ishni bir
necha jihozlar amalga oshiradi.
Suv nasosini ishga tushiruvchi, ya’ni avtomatik
tarzda ish bilan ta’minlovchi shkafda quyidagi elektr uskunalari o‘rnatilgan.
Bularga asosiy 40 A li rubilnik va u shkafni yon tomoniga o‘rnatilgan, 25 A li 3
fazali kuch avtomati dvigatelni qisqa tutashuvdan va ortiqcha yuklanishdan
saqlaydi, 3 dona magnit puskatellari dvigatelni uchburchak,
keyin yulduzcha
ulanishini ta’minlaydi. Vaqt relesi 1 sekunddan 30 sekundgacha boshqara oladigan
reledir. Vaqt relesi magnit puskatellarni uchburchakdan yulduzchaga o‘tishda
yordam beradigan uskunadir. Ishga tushiruvchi magnit puskateli uchburchak
usuli bilan ishga tushirilganida, ma’lum bir vaqt ichida ya’ni 6 sekundda
yulduzcha usuliga o‘tadi. Bu esa o‘z navbatida
dvigatelning yuklamasiz,
zo‘riqishsiz va uzoq muddat ishlashini ta’minlaydi.
Suv nasosida suv sathini o‘lchashni avtomatik boshqaruv tizimining
funktsional-texnologik va printsipial-elektr sxemalari 13.2, 13.3 va 13.4 -
rasmlarda ko‘rsatilgan.