• 13.5-rasm. Elektr nasosni silliq ishga tushirish va bosimni avtomatik ushlab turishning printsial elektr sxemasi
  •  Suv inshootlari to‘siqlarining elektr yuritmalarini avtomatlashtirish




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet78/135
    Sana31.05.2024
    Hajmi8,51 Mb.
    #258116
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   135
    Bog'liq
    dFc2KPzKYjzkRMlWLetGCmIRU16kCVMILzbtEBsA

     
    13.4. Suv inshootlari to‘siqlarining elektr yuritmalarini avtomatlashtirish 
     
    Elektrlashtirilgan to‘siqlar 
    va suv 
    chiqaruvchi 
    mexanizmlar 
    suv 
    inshootlarida suv sathini rostlash va magistrallardagi chiquvchi suvni taqsimlash 
    uchun keng qo‘llaniladi. Ularning tuzilishi har xildir. Ko‘pincha vintli ko‘tarish 
    mexanizmli, silliq to‘siqlar va konussimon reduktorli diskli to‘siqlar qo‘llaniladi. 
    13.6-rasmda asinxron motorli to‘siqni ochib-yopish qurilmasining 
    boshqarish sxemasi ko‘rsatilgan. Unga kuchlanish tarmoqdan avtomat ajratgich QF 
    va KM1…KM2 reversli magnit ishga tushirgichlarning kuch kontaktlari orqali 
    beriladi. 


    141 
     
    13.5-rasm. Elektr nasosni silliq ishga tushirish va bosimni avtomatik ushlab 
    turishning printsial elektr sxemasi
    .


    142 
    13.6-rasm. Asinxron motorli to‘siqni ochib- yopish qurilmasini avtomatik 
    boshqarishning printsipial elektr sxemasi. 
     
    KM1 kontaktori ishga tushganda to‘siq ko‘tariladi, KM2 kontaktori 
    ishlaganda esa to‘siq tushiriladi. QF avtomat ajratgich motorni va uning zanjirini 
    qisqa tutashdan va uzoq yuklamadan umumiy holda himoyalaydi. To‘siqni 
    ko‘tarish va tushirishda oxirgi holatlarni chegaralash uchun ikki zanjirli yo‘l 
    oxirida qo‘llanadigan ajratgichlar SQ dan foydalaniladi. Ko‘tarishda SQ1 kontakti 
    ajraladi va SQ2 kontakti qo‘shiladi, to‘siqni tushirishda esa teskarisi bo‘ladi. 
     
    Motorni va mexanik uzatmalarda to‘siqni tushirishda mumkin bo‘lgan o‘ta 
    yuklamadan himoyalash uchun sxemada maksimal tok relesi KA ko‘zda tutilgan. 
    Agar tok ruxsat etilgan qiymatdan oshadigan bo‘lsa KA rele ishlaydi va uning KA 
    kontakti oraliq rele K3 ni qushadi, K3 relesi ishlaydi va K3:1 kontakti bilan KM2 
    zanjirini uzadi va motor to‘xtaydi. Bunda K3:3 kontakt orqali K3 relesi o‘zini 


    143 
    ta’minlaydi, K3:2 kontakti bilan esa dispetcherlik xonasidagi ogohlantiruvchi 
    lampa N3 (o‘ta yuklamada) qo‘shiladi. Sxemani qayta blokirovkalash universal 
    qayta ulagich SA ni nolinchi holatga qo‘yish bilan amalga oshiriladi. 
    KA tok relesi motorni ishga tushirishda to‘siqni tushirayotganda xato holda 
    qo‘shilib ajratib qo‘ymaslik uchun KA relening qo‘shiluvchi kontakti bilan ketma-
    ket holda KT vaqt relesi o‘rnatilgan, u K3 rele zanjirini vaqt o‘tishi bilan qo‘shadi. 
    Agar bu vaqtda xam M motor toki KA3 himoyalovchi relening ishlash tokidan
    kam bo‘lmasa, K3 relesi ishga tuщadi va KM2 kontaktori orqali motorni ajratishni 
    ta’minlaydi. 
    SA qayta ulagichni «M» holatiga qo‘yilganda to‘siqni joyidan boshqarish, 
    tuzatish vaqtda, jihozlarni tekshirishda xamda mumkin bo‘lgan kamchiliklarni 
    bartaraf qilish uchun qo‘llaniladi. 
    SA qayta ulagichning «D» holatiga qo‘yilganda joyidan boshqarish ajratiladi 
    (S1… S3 tugunlar) va dispetcherlik boshqarish zanjiri K1 va K2 qo‘shish 
    kontaktlari to‘siq yuritmasini qo‘shish uchun tayyorlanadi (tele boshqarish), bu 
    telemexanika yoki avtomatik rostlash tizimida o‘rnatilishi mumkin. 
    N1…N3 ogohlantiruvchi lampalar dispetcherlik xonasida o‘rnatilgan 
    bo‘ladi va shuning uchun ular faqat SA qayta ulagich «D» holatida qo‘yilganda 
    ishlaydi, ya’ni dispetcherlik boshqaruvida. Bu holda KN ogohlantiruvchi relesi N2 
    lampaning yonishi bilan dispetcherlik xonasida boshqarish zanjirida kuchlanish 
    mavjudligini ko‘rsatadi. Agar F1 va F2 saqlagichlar ishdan chiqqanda kuchlanish 
    bo‘lmasligi ham mumkin. 
    QF avtomatik ajratgichning holati dispetcherlik xonasida N1 ogohlantiruvchi 
    lampa yordamida nazorat qilinadi. Agar QF avtomat ajratgich qo‘shilgan bo‘lsa 
    lampa N1 yonadi, qo‘shilmagan holda lampa yonmaydi. 
    To‘siqni ko‘tarish qurilmasi ko‘tarilgan to‘siqni o‘z og‘irligi bilan tushib 
    ketmasligi uchun avtomatik tormoz bilan ta’minlangan. Shuningdek tormoz elektr 
    motorni tez to‘xtatish uchun ham qo‘llaniladi. Ko‘pincha qisqa yurishli va uzoq 
    yurishli o‘zgaruvgan tok elektromagnitlari qo‘llaniladi. Katta to‘siqlarda 
    elektrogidravlik uzatmali tormozlardan foydalaniladi. 


    144 
    To‘siqlarni boshqarishda rele-kontaktorli boshqarish bilan birga kontaktsiz 
    mantiqiy elementlar bilan elektron lampali, yarim o‘tkazgichli jihozlar va boshqa 
    tizimlari ishlab chiqilgan. 

    Download 8,51 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   135




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Suv inshootlari to‘siqlarining elektr yuritmalarini avtomatlashtirish

    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish