145
Ishlash printsipi quyidagicha: trossga osilgan qalqovich idishdagi suyuqlik
sathining o‘zgarishi bilan tushiriladi yoki ko‘tariladi.
Bunda trossning ikkinchi
uchida maxkamlangan tenglashtiruvchi yuk ham ko‘tariladi yoki tushiriladi. Tross
ikki yo‘nalishda yo‘naltiruvchi rolik orqali harakatla-nadi va teshik orqali erkin
o‘tib oxirgi ajratgichni qo‘shadi. Trossning ikki qismida yuqorisida «O‘chirish»
va pastida «Ishga tushish» tuguni mavjud. Qalqovich tushganda,
trossning pastki
tuguni ajratgich tutgichini ko‘taradi, bunda magnit ishga tushirgich qo‘shiladi.
Idishning to‘lishi bilan qalqovich ko‘tariladi, trossning yuqori tuguni
tushiriladi va ajratgich tutgichini tushiradi va motor o‘chiriladi.
Tugunlar orasidagi masofa idishdagi suyuqlikning qaysi sathida motorni
qo‘shish yoki ajratish lozimligini ko‘rsatadi.
Qalqovichli sath datchigi, har xil
konstruktsiyada bo‘ladi, ularni ochiq va yopiq idishlarda qo‘llash mumkin.
Qalqovichli datchiklarda elektr ajratgich sifatida yo‘l oxiridagi ajratgich,
mikroqayta ulagich yoki simobli ajratgich bo‘lishi mumkin.
Qalqovuchli
datchiklar xam nasosning suv chiqarishini va nazoratni olib borish uchun
ishlatiladi. Ular vakuum-nasoslarning nazorat bakida o‘rnatiladi, masalan, RP-40
relesi ichida joylashtirilgan qalqovich sharsimon chugun korpusdan iborat. Sterjen
orqali qalqovich o‘qqa biriktirilgan, uning bir uchi
salnik orqali tashqariga
chiqarilgan. O‘qning oxirida simobli qayta ulagich harakatlanuvchi ikkita diskli
kulachok o‘rnatilgan. Rele ma’lumotlari nazorat qilinayotgan idishdan uzatiladi.
Idishdagi suv sathi o‘zgarganda qalqovich kulachokli o‘qni buradi. Bunda simobli
ajratgichning biri qo‘shiladi va uning kontaktlari ajraladi (yoki qo‘shiladi),
avtomatik ravishda vakuum-nasosni ajratadi yoki qo‘shadi. Bu releni nasosni
to‘ldirayotganda qo‘llash mumkin emas (vakuum nasossiz). Bu holda membranali
bosim relesi yoki elektromagnit monometri o‘rnatiladi.
Hozirgi davrdada o‘ta mukammal bo‘lgan elektrodli
sath relesi elektr
o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan suyuqliklarni nazorat qilish uchun
qo‘llaniladi, bunga suv ham kiradi.
13.8-rasmda suvning pasayishi tizimida ishlaydigan relening ishlash
printsipi ko‘rsatilgan.