Avtomatika asoslari va ishlab cнiqarisн jarayonlarini avtomatlasнtirisн




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/135
Sana31.05.2024
Hajmi8,51 Mb.
#258116
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   135
Bog'liq
dFc2KPzKYjzkRMlWLetGCmIRU16kCVMILzbtEBsA

 
W
(р)
=
е
-j
/
T
u
 
 
W
(р)
 = 
К
2
 
 
W(
р
) = 
е
-j


+1
 
W
(р) 

К
 


139 
nasosning quruq ishlashidan himoyalashni; elektr nasoslarining to‘la fazada 
ishlashini, kuchlanishning ruxsat etilganidan pastga tushib ketishida va suv 
taqsimlash tarmog‘ida halokat holatida avtomatik o‘chirishni; chastotata 
o‘zgartgichni A1 kirishida kuchlanishning oshib ketishidan himoyalashni
nasosning qo‘shish va o‘chirishi hamda nosoz rejimida signal berishni; nasos 
binosida manfiy haroratda boshqaruv shkafining qizishini.
Nasosni silliq ishga tushirish va tormozlash A1 turidagi FR-Ye-5,5k-540YeS 
chastotat o‘zgartgich yordamida amalga oshiriladi (13.5-rasm).
Elektr motori nasos klemmalari chastota o‘zgartgichining U, V va W 
uchlariga ulanadi. SV2 «Pusk» knopkasi bosilganda K1 relesi ishga tushadi, K1.1 
kontakti STF va RS chastota o‘zgartgichi kirishi o‘lanadi, elektr nasosning silliq 
ishga tushishini ta’minlaydi, chastota o‘zgartgich sozlashdagi quyilgan vazifa 
buyicha chastota o‘zgartgich yoki elektr nasos zanjirida avariya vaqtida 
o‘zgartgich A-S zanjiri qo‘shiladi va K2 relesining ishga tushishini ta’minlaydi. 
K2 relesi ishga tushgandan keyin esa uning K2.1, K2.2 kantaktlari qo‘shiladi,
K2.1 K1 zanjirining kantakti esa ochiladi. Chastota o‘zgartgich chiqishlari va K2 
relesi o‘chiriladi.
Sxemani qayta ishga tushirish esa faqat avariyani tuzatilgandan keyin va
8V3.1 himoya knopkasi tashlagandan keyin. VR1 bosim datchigi analogli 
chiqishlari 4...20 mA chastota o‘zgartgich analogli kirishiga (4,5 kontaktlariga) 
ulanib, bosimni turg‘unlovchi tizimning manfiy teskari aloqasini ta’minlaydi. 
Stabillash tizimining faoliyat ko‘rsatishini chastota o‘zgartgichning PID rostlagich 
ta’minlaydi. Kerakli bosim K1 potentsiometri orqali yoki chastota o‘zgartgich 
boshqarish pulti orqali beriladi. 
Nasos quruq ishlaganda K3 relesi zanjiridagi 7-8 kontaktlari ulanadi. A2 
elektron karshilik relesining 3-4 kontaktlari “Quruq ishlash” datchigiga ulanadi. 
K3 relesiishga tushishi bilan uning K3.1 i KZ.2 kontaktlari ulanadi, natijada K2 
himoya relesi ishga tushadi va nasosning elektr motorini tarmoqdan uzilishini 
ta’minlaydi. K3 relesi bu bilan K3.1 kontakti orqali o‘zini manba bilan 
ta’minlaydi. Stabillash tizimining faoliyat ko‘rsatishini chastota o‘zgartgichning


140 
PID rostlagich ta’minlaydi. Kerakli bosim K1 potentsiometri orqali yoki chastota 
o‘zgartgich boshqarish pulti orqali beriladi.
Barcha nosoz rejimlarda NL1 lampa yonadi, NL2 lampa esa faqat suv 
sathining ruxsat etilgan darajadan pastga tushib ketganida (“nasosning quruq
ishlashi”) yonadi. Boshqaruv shkafining yilning sovuq vaqtida qizishi 
YeK1...YeK4 elektr isitgichlar yordamida amalga oshiriladi. Ular VK1 termorele 
ishlashi bilan KM1 kontaktorini ulaydi. Chastota o‘zgartgich kirish zanjirini qisqa 
tutashish va o‘ta yuklanishdan himoya qilish QF1 avtomat o‘chirgichi orqali 
amalga oshiriladi.

Download 8,51 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   135




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatika asoslari va ishlab cнiqarisн jarayonlarini avtomatlasнtirisн

Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish