33-mavzu. Golvonometrik bo‘lish qurilmasi.
Reja:
Ko‘ndalang va bo‘ylama halaqit beruvchilar.
Zanjirlarni galvanik bo‘lish usullari.
Ma’lumotlarning dasturiy nuqtasi.
Kommutatorlar, konsentratorlar, integratorlar. (4s)
Zanjirlarni galvanik bo‘lish Ob’ekt bilan bog‘lovchi kurilma (USO) kirish zanjirlarini tashqi ta’sirlardan (to‘sqinlik, xalaqit berish) himoya qilish uchun qo‘llaniladi. Bu terminda ma’lumot signali uchun o‘tkazuvchanlik va ta’minlovchi teshuvchi va er toklarni o‘tkazmaslik uchun galvanik to‘siqni ta’minlovchi sistema qismlari orasidagi izolyasiyani ta’minlash texnik usullari tushuniladi.
Tarqalgan aloqa signalari bo‘lgan murakkab boshqarish sistemalarida yolgon tarmoq erga ulanishi paydo bo‘lishi xavfi mavjud. Er tegish bir vaqtda zanjirning bir necha uchatkalarida paydo bo‘lishi mumkin. Bunday buzilishlarga nisbatan sistema yashovchiligini oshirish uchun ta’minot zanjiriga nisbatan asboblar kirish va chiqish zanjirida galvanik izolyasiya kuzda tutiladi. Kup bloklarda kirish va chiqish zanjirlari orasida xam galvanik izolyasiya kuzda tutiladi.
Galvanik izolyasiya ayniqsa ketma ket ulangan bir necha ste’molchilar va signallar manbailari uchun kerak, ularni har biri o‘zini erga ulanish nuqtalariga ega.
Ko‘ndalang halakit beruvchilarni normal (Noise Normal-Mode), ko‘rinishda va bo‘ylama halaqit beruvchilarni umumiy (Noise Common-Mode). ko‘rinishdagi xalaqit beruvchilarga farqlash qabul qilingan. Ko‘ndalang halaqit beruvchilar kirish signali bilan bir vaqtda o‘lchov kuchaytirgichni kirish qisqichlari orasida harakat qiladi. Bo‘ylama xalaqit beruvchilar o‘lchov kuchaytirgich kirishi qisqichi va er orasida xarakt qiladi. Umumiy xolatda signal manbai elektr aloqasi va o‘lchov kuchaytirgichni kompleks qarshilik orqali er bilan aloqasi hisoblanadi. Adashgan toklar hosil qiluvchi “er” (zemel) va kuch qurilmalarini erga ulanishi potensiallari farqi o‘lchov konturida datchikni o‘lchanadigan signali kuchlanishi bilan qo‘shiladigan bo‘ylama halaqit beruvchini qo‘shimcha kuchlanish manbaini paydo bo‘lishini aniqlaydi. O‘lchov kuchaytirgich va datchikni ulovchi o‘tkazgichlar qarshilikka ega bo‘lganligi uchun kuchlanishni o‘lchash kuchaytirgichi kirishida o‘tkazgich qarshiligini elektr aloqa kompleks karshiligiga nisbatiga , bo‘ylama halaqit beruvchini manbasi ichki qarshiligi va o‘tkazgich qarshiligi proporsional ko‘ndalang xalaqik beruvchini tashkil qiladi. Bo‘ylama halaqit beruvchini ko‘nadalang halaqit beruvchiga o‘zgarishi shunday.
O‘zgarmas tok zanjirida galvanik bo‘linish qo‘yidagi sturtura sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. .
Rasm.12.1. Zanjirlarni galvanik bo‘lish usullari :
a –modulyasii-demedulyasii yordamida;
b – optoelektron o‘zgartirgichlarni qo‘llab.
M modulyatorda o‘zgarmas tok signali amplituda-impuls yoki keng-impulsli modulyasiyalarni qo‘llab impulslar ketma-ketligiga almashadi. Keyin impuls signal kirish va chiqish zanjirlarini galvanik bo‘linishini ta’minlovchi ajratuvchi transpormator Tr orqali o‘tadi . Dm demodulyatorda fazosezgir to‘g‘rilangan singal hosil bo‘ladi, silliqlovchi filtr F yordamida esa to‘grilangan signalni doimiy tashkil etuvchisi ajratiladi.
Diskret signallarni uzatishda zanjirlarni galvanik bo‘lish uchun svetodiod SD va fotorezistor FR (ristorli optron) yoki fototiristor (FT) (tiristorli optron) li optoelektron o‘zgartirgichlar ham qo‘llaniladi (b).
Boshqaruvchi Ubosh signal paydo bo‘lganda svetodiod SD yorug‘lik bilan fotorezistor FR yoki fototiristor FTni nurlaydi, ular o‘tkazish holatiga o‘tadi va yuklama zyu zanjirini ulaydi. Boshqarish signali yo‘qolgandan so‘ng svetodiod nurlanishi to‘xtaydi. Fotorezistor qarshiligi bu paytda keskin oshadi, natijada yuklama zanjiri uziladi. Fototiristor uzilishi boshqarish signali va yuklama toki nolgacha kamayganda ro‘y beradi. SHunig uchun tiristorli optron nolgacha pulslanuvchi tokli zanjirlarni ulash uchun qo‘llaniladi.
Raqamli va analog signallarni halaqit beruvchilarga turgun uzatishni ta’minlash uchun har bir signal alohida eshilgan juft o‘tkazgichlarda uzatilishi, butun jgut metal ekranda bo‘lishi kerak. Ekran bir tomonda umumiy erga ulash nuqtasi bor tomonda erga ulanishi kerak.
Rasm. 12.2. Kanalni xalaqit beruvchilarga turgunligini ta’minlash :
Es, Ep – singal va halaqit beruvchi EYUK, Zz – EXM va ob’ekt umumiy nuqtasi orasidagi zanjirlar qarshiligi , Zn – yuklama qarshiligi , Zsp, Zop–signal va qayta o‘tkazgichlar qarshiligi, E–ekran, O – tranzistornыy optron
Masalan Ob’ekt bilan aloqa kurilmasidan ta’minlanayotgan differensial kuchaytirgich kirishiga yoki rele cho‘lgamiga signal qabul qilish to‘g‘ridan to‘g‘ri “Er” bilan aloqaga ega emas, shuning uchun ekranni signal manbaida erga ulash kerak. (12.2.a).
Agar signal manbai va signal qabul qiluvchi har biri o‘zini erga ulanishi bo‘lsa, ekranlash umumiy Ep ko‘rinishdagi manba va qabul qiluvchi umumiy nuqtasi potensiallar farqi hosil qiladigan halaqit beruvchidan himoya qilmaydi. Bunday holatda optronlar yordamida manba va kabul qiluvchilar zanjirlariga galvanik bo‘lish kiritiladi (12.2.b).
Ko‘pincha Zz<
Funksional nuqtalar usuli
Funksional – mo‘ljalli o‘lchov - bu dasturli maxsulot va uning ishlab chiqarish uchun baholash usuli; ular dasturiy maxsulot “funksionalligi”ga yoki dasturni “foydali”ga diqqatni yo‘naltiradi.
1979 yilda dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar mexnati unumdorligini o‘lchash uchun funksional nuqtalar (FP -function point method) usuli taklif etildi.
Dasturiy maxsulot funksional nuqtalari soni baxolash uchun dasturiy buyumlar va uni kelajakdagi faoliyati xususiyatlarini o‘rganish uchun ma’lumotlar taxlilli natijasida aniqlanadigan ko‘rsatkichlar chiqariladi.
Funksional nuqtalar sonini qo‘yidagi jadval asosida hisoblash maksadga muvofiq
Ma’lumotlar parametrlari qo‘yidagicha aniqlanadi:
– Foydalanuvchilar kirishlari soni. Foydalanuvchilar har bir kirishi sanaladi. Ular aniq holatga mo‘ljallangan boshqalardan farqli ma’lumotlar beradi. Kirishlar foydalanuvchilar so‘rovidan farq qilishi kerak, ular aolhida sanaladi.
– Foydalanuvchilar chiqishlari soni. Foydalanuvchilar har bir chiqishi sanaladi. Ular foydalanuvchiga aniq holatga mo‘ljallangan ma’lumotlar yaratadi. CHiqishga hisobotlar, ekranlar, hatolar to‘g‘risida xabarlar va.b.
– Foydalanuvchilar so‘rovlari soni. Har bir so‘rov sanaladi. alohida onlayn kirish sifatida qaralib generatsiya natijasida onlayn chiqish formasida darhol javob beradi.
– Fayllar soni. Bosh mantiqiy fayllar soni sanaladi, ancha katta ma’lumotlar bazasi tarkibiga kirishi mumkin.
– Tashqi interfeyslar soni Barcha mashina o‘qiydigan interfeyslar (masalan boshqa sistemalarga ma’lumotni uzatish uchun qo‘llaniladigan tashqi tashuvchilarda fayllarga murojat qilish).
Zamonaviy iqtisodiy sharoitlarda iqtisodiy qiyinchiliklar sbabali ko‘pgina korxonalar ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish yoki uni takomillashtira olmaydi. SHu sababli ishlab chiqarishni eng kerakli kuchsiz joyini mavjud ishlab turgan ABS podsistemalariga moslashtirib takomillashtiriladi.
Bu bosqichda qo‘yidagi masalalar echiladi:
– turli sanoat tarmoqlari (Profibus, CANbus, Modbus, LonWork va b.) va lokal tarmoqlar ularni baza protokollari bilan fizik interfeyslar va protokollarni moslashtirish;
– uzoqda joylashgan kontrollerlar va podsistemalar o‘zaro xarakatini ta’minlash uchun radiomedemlar va modemlar ishini qo‘llash;
- turli podsistemalar o‘zaro ta’siri sinxronlash, sistema paramterlari adreslarini va yagona vaqtini ta’minlash;
– SCADA-sistemalar, SUBD va yuqori daraja inson mashina interfeyslarini o‘zaro ta’siri ta’minlash.
Bu masalalar turli kommutatorlar, konsentratorlar va integratorlar qo‘llab echiladi. Ular apparat va dasturiy ta’minotlari ular bajaradigan funksiyalarga bog‘liq ravishda keng diapazonda arzon kontrollerdan yirik keng funksiyali servergacha bo‘lishi mumkin.
Kommunakatsiya serveri (server-shlyuz, kommutator). Bu turdagi serverni asosiy funksiyasi turli sanoat va lokal tarmoqlarni qo‘llash va ma’lumotlarni bir tarmoqdan boshqasiga tranmportiovka qilish (Rasm .1). Ular ko‘pincha turli sanoat tarmoqlari podsistemalari bo‘lsa, ma’lumotlarga qo‘shimcha ishlov berish kerak bo‘lmasa, faqat bir podsistemadan boshqa podsistemaga ma’lumotlarni ko‘rinali uzatishni tashkil qilish kerak bo‘lsa qo‘llaniladi.
Rasm1 - Kommunikatsion server
Konsentrator (ma’lumotlar serveri) kommunikatsiya server funksiyasini shu bilan birgalikda qo‘shimcha funksiyalar past daraja kontrollerlaridan ma’lumotlarni yigish va birlamchi ishlov berish, yuqori daraja sistemalari ma’lumotlar kanallarini ta’minlash (ma’lumotlarni arxivlash va ko‘rsatish)ni o‘z ichiga oladi. (Rasm. 2).
Ris. 4.2 - Konsentrator
Integratsiya serveri turli podsistemalarni yagona TJ ABSga integratsiyasini ta’minlaydi. Bu to‘liq funksiyali apparat va dasturiy ta’minot bo‘yicha barcha turdagi serverlarning eng kuchlisidir. Ular kommunikatsiya serveri va konsentrator funksiyalarini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari ma’lumotlarga ishlov berish bo‘yicha keng maxsus funksiyalarni bajaradi, boshqarishni kompleks algoritmlarini amalga oshiradi va sistemadagi yagona vaqtni qo‘llaydi. (Rasm.3).
Rasm 4.3 - Integratsion server
Nazoart savollari:
1. Kontrollerlar asosiy funksiyasi?
2. Kontrollerlar asosiy funksional elementlarini sanang.
3. personal kompyuter asosida kontroller nimani bildiradi?
4. Lokal kontrollerlar (PLC) nima?
5. Konsentrator nima?
6. Kommunikatsiya serveri asosiy vazifasi?
7. Integratsion server bajaradigan masalalarp?
|