• ELEKTR TA’M IN O T I TIZIM I
  • Avtomobil elektr jihozlariga texnik xizm at k o ‘rsatish




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/96
    Sana10.12.2023
    Hajmi3,92 Mb.
    #115114
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
    Bog'liq
    Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va ta`mirlash (1)

    1.2. Avtomobil elektr jihozlariga texnik xizm at k o ‘rsatish, 
    tekshirish va ta’mirlash uchun qo‘yiladigan talablar
    Avtomobil elektr jihozlarining nosozliklari ko‘p hollarda ularga 
    xizmat ko ‘rsatish tartibi va sifatining buzilishi natijasida kelib chi- 
    qadi. X izm at ko‘rsatish jaray o n id a zaruriy operatsiyalarni baja- 
    rilmasligi yoki chala bajarilishi, xizm at k o ‘rsatish m u ddatiga am al 
    qilmaslik oqibatida o ‘ziga xos xususiyatga ega b o ‘lgan nosozlik ke­
    lib chiqadi. Elektr jihozlari agregatlarining ishonchliligi va b u tu n
    ishlash m uddatida tavsifnom alarining barqaror h o la td a b o ‘lishi 
    ularga ko‘rsatiladigan texnik xizm atlam ing o ‘z vaqtida to ‘liq hajm da 
    bajarilishiga bog‘liq.
    Ba’zan shunday hollar ham yuzaga keladiki, yetarlicha profi- 
    laktik xizm atlar ko'rsatilmaganligi sababli kelib chiqqan nosozliklar 
    bilan bir qatorda noto‘g‘ri k o ‘rsatilgan xizmat ham k atta zarar 
    keltirishi m um kin. Masalan, uzgich-taqsim lagich kontaktlari yuza- 
    sida m e’yoridan ortiq eroziya kuzatilsa, odatda, k on taktlar to za- 
    lanadi. Lekin, b a’zi hollarda k o ntaktlam ing yuzasida o ‘t oldirish 
    tizim ining ishiga salbiy ta ’sir k o ‘rsatm aydigan g ‘ad ir-b u d u rlik
    paydo b o ‘lishi mumkin. Bunday hollarda kontaktlam ing yuzasini 
    tozalash, nafaqat, kerak emas, balki zararli hamdir. C h u n k i b u n -


    day «tozalashlar» kontaktlam ing ishlash muddatini qisqartiradi. Bu 
    tavsiya tebranuvchi kuchlanish rostlagichlarining kontaktlariga ham 
    taalluqlidir. U zgich-taqsim lagich davriy ravishda moylab turilishi 
    zarur. A gar m oylash v aq tid a uning m iqdori 
    m e ’y o r i d a n
    ortiq 
    b o ‘lsa, uzgich kontaktlariga tushib, ularning kuyishiga sabab bo‘ladi.
    0 ‘zaro bir-biri bilan funksional bog‘liq b o ‘lgan elektr jihozlari 
    m ajm uyi elektr ta ’m inoti, ishga tushirish va o ‘t oldirish tizim la- 
    rini tashkil etadi. Bu tizim larda yuzaga keladigan va tashqi belgi- 
    lari b o ‘yicha bir-biriga o ‘xshash bo'lgan ko‘pchilik nosozliklar- 
    ning kelib chiqish sabablari turlicha bo‘lishi m um kin. Jihozning 
    nosozligini topish va uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash uchun 
    k o ‘p hollarda bir qator tekshirishlar o ‘tkazish zarur b o ‘ladi. Tek- 
    shirish m a ’lum bir tizim b o ‘yicha olib borilishi kerak. Darslikning 
    keyingi boblarida u yoki bu nosozlikni tekshirish b o ‘yicha ko‘r- 
    satm alar keltirilgan. Tekshirishlarni tizimsiz olib borish no to ‘g‘ri 
    xulosa chiqarish va agregatlarni zaruratsiz avtom obildan yechi- 
    lish hollariga olib keladi.
    E lektr jihozlarga taalluqli asboblarni zaruratsiz yechish, ularni 
    alohida qismlarga ajratish va yig‘ish bu asboblarning sifatiga sal- 
    biy t a ’sir ko‘rsatadi. X ususan, agregatlarni bo ‘laklarga ajratish va 
    yig‘ish jarayonida bir-biriga tu tash sirtlar orasidagi quymalarning 
    xususiyati o'zgarishi m u m k in . Zoldirli podshipniklarni valdan 
    ajratish paytida, zoldirlar va ularning yurish ariqchalariga zarba 
    tushm asligini har doim ham ta ’minlab bo‘lmaydi.
    Elektr jihozlarining ish qobiliyati ko‘p jihatdan ularning izo- 
    latsiya sifatiga bog‘liq. Izolatsiya sifatini m a’lum belgilangan sinov 
    kuchlanishi ta ’sirida tekshiriladi. Chulg‘amlar, elektr m ashina va 
    apparatlarning boshqa tok o ‘tkazuvchi detallan, o ‘t oldirish tizi- 
    m ining past kuchlanish zanjiri, kommutatsiya jihozlarining tok 
    o ‘tkazuvchi qismlari qiym ati 550 V bo‘lgan o ‘zgaruvchan tokning 
    sinov kuchlanishi ta ’sirida tekshiriladi. Yoritish va yorug‘lik darak- 
    chilari, n azo rat-o ‘lchov asboblari tizimlariga taalluqli asboblari 
    220 V kuchlanishi ostida tekshiriladi.
    Bir o ‘tkazgichli tizim b o ‘yicha ishlab chiqarilgan agregatlar- 
    ning izolatsiya xususiyatlarini tekshirish im koni b o ‘lm aganda, 
    u lar alo h id a qism larga ajratib tekshiriladi. Y uqorida keltirilgan 
    sinov kuchlanish qiym atlari tarkibida yarim o ‘tkazgichli asboblar 
    boMmagan elektr zanjirlarga taalluqlidir. Tarkibida yarim o ‘tkaz- 
    gichli asboblar bo ‘lgan zan jirla r akkum ulatorlar batareyasining 
    kuchlanishi ta ’sirida tekshiriladi.


    Chulg‘am va boshqa to k o ‘tkazuvchi qism larni qalaylash uchun 
    maxsus nO C -61 yoki n O C -4 0 belgili q alay -q o ‘rg‘oshinli qotishm a 
    ham da tarkibida 25 % kanifol, 75 % yuqori darajada tozalangan 
    spirt bo ‘lgan kislotasiz flyus ishlatiladi.
    Elektr jihozlarni tekshfrish, odatda, m axsus sinov qurilm alarida 
    amalga oshiriladi. A m m o bir qator tek sh irish larn i zarur elektr 
    o'lchov asboblari va reostatlar yordam ida h a m bajarish m um kin. 
    Keyingi boblarda o ‘lchov asboblari va ularni ishlatish uslublari kel- 
    tirilgan. Muayyan elektr o ‘lchashlarni o ‘tkazish uchun zarur b o ‘- 
    ladigan asboblarni tanlashning um um iy qoidalari niavjud. Elektr 
    o ‘lchashlar o ‘tkazish vaqtida asbobning strelkasi shkalaning chekka 
    qismiga yaqin boMmasligi lozim. Strelka shkalaning o ‘rta qismida 
    joylashsa, elektr o ‘lchash asbobi eng yuqori aniqlikka ega bo'ladi.


    2-bob. ELEKTR TA’M IN O T I TIZIM I 

    Download 3,92 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobil elektr jihozlariga texnik xizm at k o ‘rsatish

    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish