|
-rasm. TICO avtomobilining to‘xtatib turish tizimining mexanik trosli yuritmasi
| bet | 31/46 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #141851 |
Bog'liq AVTOMOBILLARNI YIG\'ish (2)3-rasm. TICO avtomobilining to‘xtatib turish tizimining mexanik trosli yuritmasi
1-to‘xtatib turish tormozi trosining qisqichi; 2-to‘xtatib turish tormozi trosi;
3-o‘rnatuvchi planka; 4-tros zichlagichi; 5-to‘xtatib turish tormozi richagi; 6-nazorat lampa o‘lchagichi; 7-shplint; 8-tros shkivi; 9-barmoq; 10-dastak; 11-qulf.
To‘xtatib turish tormozidagi dastak 10 ni tortib harakatga keltiriladi. Dastak rul kalonkasining o‘ng tomonidan asboblar shchiti tagiga o‘rnatilgan.
Dasta tortilganda kuch trosli yuritma orqali ketingi g‘ildiraklarning tormoz mexanizmlariga uzatilib, orqa tormoz mexanizmlarini ishga tushiradi.
Tenglashtirgich 8 tros vositasida tormoz mexanizmining richagi bilan bog‘langan bo‘lib, bu richag tormozlash paytida, keruvchi sterjen orqali kolodkalarga ta’sir etadi va ularni tormoz barabaniga siqadi. To‘xtatib turish tormoz tizimini ulangan holatda ushlab turishni, qo‘l tormozi dastasi 10 mahkamlangan kronshteynda joylashgan stopor mexanizmi ta’minlaydi.
Orqa g‘ildiraklarni tormozlashdan ozod qilish uchun qulf 11 ga bosh tormoz bosh barmoq bilan bosilib, dastak 10 ni bir oz yuqoriga ko‘tarib so‘ngra pastga tushiriladi.
NAZORAT SAVOLLARI:
-
To‘xtatib turish tizimining mexanik trosli yuritmasi nimalardan iborat?
-
Yuk avtomobillarining og‘irligi katta bo‘lganligi sababli, avtomobilni joyida ushlab turish uchun qanday tormozlash momenti talab etiladi?
-
Ushlab va to‘xtatib turishda avtomobilni o‘z-o‘zidan harakatini cheklash maqsadida to‘xtatib turish tormozidan qayerlada foydalaniladi ?
O‘QUVCHILARNING BILIMLARINI TEKSHIRISH UCHUN NAMUNAVIY TEST SAVOLLARI
DAMAS avtomobilining to‘xtatib turish tormozida qaysi yuritmadan foydalanilgan?
A) Richagli
B) Trosli
С) Bikr tortqi
D) Yuqoridagilarning hammasidan
DAMAS avtomobilida to‘xtatib turish tormoz mexanizmi qayerda joylashgan?
A) Uzatmalar qutisi karterining orqa devorida
B) Orqa ko‘prik karterida
С) Orqa g‘ildirak tayanch tormoz diskida
D) Oldingi g‘ildirak tormoz diskida
|
| |