• MS DOS, Windows, Linux
  • Win NT/2000/XP va Linux OT
  • Intel
  • MS DOS, Unix, Linux
  • MS DOS
  • Norton Commander yoki For
  • Win9x, Win NT/2000/XP
  • "Axborot kommunikatsion texnalogiyalari va iqtisod" kafedrasi Maxsus fan o‘qituvchisi O‘sarova Gulruh Samatovnaning




    Download 424.5 Kb.
    bet6/12
    Sana24.03.2017
    Hajmi424.5 Kb.
    #1985
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    4.1-rasm. Foydalanuvchining kompyuter apparat va dasturiy vositalari bilan bog'lanishi.


    Operatsion tizim deb, kompyuterning apparat va dasturiy resurslari bilan bog'lanishi avtomatlashtirishni ta'minlovchi das- turlar majmuasiga aytiladi.

    OT ning asosiy funksiyalari quyidagilardir:


    • dasturlarni operativ xotiraga yuklash va ularning bajarilishini boshqarish;

    • tashqi qurilmalar va bajarilayotgan dasturlar orasida ma'lu- motlarni almashish amallarini ta'minlash;

    • dasturlar bajarilishi vaqtida nostandart holatlarga xizmat qilish;

    • bajarilib bo'lingan dasturlarni operativ xotiradan olib tashlash va yangi dasturlarni yuklash uchun joy bo'shatish;

    • dasturlar va ma'lumotlarni tashqi qurilmalarda qidirish va saqlashni tashkil etish;

    • foydalanuvchi va operatsion tizim o'zaro bog'lanishini tashkil etish — foydalanuvchi buyruqlarini qabul qilish va bajarish;

    • bir disk qurilmasidan boshqasiga nusxa olish, disk quril- malarini formatlash va boshqa turli yordamchi (servis-xizmat- chi) funksiyalarni bajarish.

    Operatsion tizimning kiritish-chiqarish asosiy tarkibiy qismi, odatda, kompyuter doimiy xotirasiga yoziladi, qolgan qismlari esa lazer, vinchester diski yoki yumshoq diskda joylashtiriladi, u shuning uchun ham tizimli disk deb ataladi. Tizimli disksiz kompyuter prinsip jihatdan ishlamaydi.

    Operatsion tizim kompyuter ishlash jarayonida doimo ishchi holatda bo'ladi. OT ishi kompyuter yoqilganda boshlanadi va u o'chirilganda tugaydi.

    4.1. OT ning turlari

    Kompyuterning har bir modeli uchun individual OT lar ishlab chiqiladi. Yana shu bilan birga aynan shu model uchun, qoida bo'yicha, turli vazifali va turli imkoniyatli va xossali, turlicha OT lar mavjud.

    Bitta foydalanuvchiga xizmat qiladigan bitta foydalanuvchili OT yoki ko'p foydalanuvchiga xizmat qiladigan ko'p foydala- nuvchili OT lar mavjud.

    Mutanosib (coBMecTOMbift) shaxsiy kompyuterlar uchun bir nechta turli operatsion tizimlar oilasi ishlab chiqilgan: MS DOS, Windows, Linux (ommaviy UNIX tizimining bir ko'rinishi) va boshqalar.

    SHK uchun yaratilgan eng oddiy OT lardan bin, birmuncha eskirgan bir dasturli va bir foydalanuvchili MS DOS (Microsoft Disk Operation System) dir. Uning birinchi versiyasi 1981— 1982-yillarda ishlab chiqilgan. Windows 9x operatsion tizimlar oilasi ko'p dasturli va bir foydalanuvchili OT lar hisoblanadi, Win NT/2000/XP va Linux OT lari ko'p dasturli va ko'p foyda­lanuvchili va tarmoq OT lar hisoblanadi.

    Har bir OT uchun ko'p sonli dasturlar ishlab chiqilgan. Bu dasturlar qaysi OT uchun ishlab chiqilgan bo'lsa, o'sha OT boshqaruvchi ostida ishlaydi. Shuning uchun ham, «Apparat platforma» atamasi bilan birga «Dasturiy platforma» atamasi ham ishlatiladi. Bu atama ishlatilganda u yoki bu OT uchun yozilgan dastur to'g'risida gapirilganda u «shu muhitda» ishlaydi deb tushuniladi. Keyingi vaqtda, Intel protsessori asosida apparat platformasi va Win OT dasturiy platformasi birgalikda bo'lganda Wintel platformasi atamasi ishlatiladi.

    4.2. Foydalanuvchi interfeysi (muloqoti)

    Foydalanuvchi va operatsion tizimning o'zaro muloqoti har doim bir operatsion tizim uchun maxsus qoidalar asosida amalga oshiriladi. Bu qoidalar foydalanuvchi interfeysini tashkil etadi. Foydalanuvchining u yoki bu dasturiy tizim bilan o'zaro muloqoti standart kelishuvlari qoidalari, usullari va vositalari majmuasi foydalanuvchi interfeysi deyiladi.

    Operatsion tizim foydalanuvchi interfeysining quyidagi 3 ta ko'rinishi mavjud: matnli, jadvalli va grafik.

    4.2.1. Foydalanuvchi matnli interfeysi

    Foydalanuvchi matnli interfeysi MS DOS, Unix, Linux va boshqa operatsion tizimlarda ishlatiladi. Bunda operatsion tizim va foydalanuvchi o'rtasidagi muloqot dialog ko'rinishida amalga oshiriladi. Bu degani, operatsion tizim yuklangandan so'ng foydalanuvchining buyruq va ko'rsatmalarini qabul qilishga tayyorligi haqida signal beradi. MS DOS operatsion tizimda bu signal ekranda kiritishga taklif ko'rinishida bo'ladi. Odatda, taklif > simvolidan iborat bo'lib, uning chap tomonida yordamchi xizmatchi ma'lumot chiqishi, masalan, biror disk qurilmasi nomi, joriy vaqt va h.k.lar bo'lishi mumkin.

    Masalan, 07-04-03 C:/> taklif joriy vaqt 7-aprel 2003-yil ekanligi va joriy qurilma C diski ekanligini bildiradi.

    Foydalanuvchi OTning biror funksiyani bajarishni so'rashi uchun, klaviaturadan > simvolning o'ng tomoniga operatsion tizimga buyruq — ko'rsatma kiritadi. Masalan, kompyuterga o'r- natilgan operatsion tizim versiyasini aniqlash uchun quyidagi buyruq beriladi:

    07-04-02 C:/>Ver

    Masalan, kompyuterga MS DOS ning 6-22 versiyasi o'rnatilgan bo'lsa, displey ekranida MS DOS Version 6.22 namoyon bo'ladi.

    Foydalanuvchi buyrug'i bajarilgandan so'ng, yana ekranga taklif belgisini chiqaradi va keyingi buyruqni kutadi. Shunday qilib, foydalanuvchi va operatsion tizim orasidagi muloqot matnli so'zlar almashinuvi tariqasida ro'y beradi, shuning uchun ham muloqot matnli deb ataladi. Foydalanuvchi buyrug'i displeyda bir qatorni egallagani uchun, bu qator buyruq qatori (командная строка) va muloqot — buyruq qatori interfeysi deb ataladi.

    4.2.2. Foydalanuvchi jadvalli interfeysi

    MS DOS operatsion tizimi bilan ishlash tajribasi, ko'pgina foydalanuvchilar uchun matnli muloqot murakkab va noqulay tuyulardi, chunki ish uchun zarur ko'p sonli buyruqlarni yozish qoidalarini eslab qolish kerakligini ko'rsatdi. Shuning uchun ham turli, foydalanuvchiga OT bilan qulay muloqot yaratib beradigan yordamchi dasturlar ishlab chiqila boshlandi. Bunday dasturlar qobiq (оболочка) dasturlar nomini oldi. OTga yordamchi bo'lgan bunday qobiq dasturlar, OTning hamma imkoniyatlari bilan ishlashni ta'minladi va foydalanuvchi va OT muloqoti stili va qoidalarini o'zgartirib yubordi.

    Shunday qilib, qobiq dastur deb, foydalanuvchi va OT o'rtasida qulay muloqotni ta'minlovchi dasturga aytiladi. Yana shuni ta'kidlash lozimki, qobiq dasturlarning o'zi emas, ular faqat qaysi OT uchun yaratilgan bo'lsa, o'shalar bilan birgalikda ishlaydi.

    Turli qobiq dasturlar foydalanuvchining turli xil muloqotidan foydalanadi. Masalan, Norton Commander yoki For jadval interfeysidan foydalanadi. Bunda hamma buyruqlar yoki uning elementlari tayyor jadvaldan foydalanib tanlanadi, buyruq matn shaklida kiritilmaydi. Ammo jadval interfeysida matn interfeysidan foydalanish imkoniyati jadval ostidagi buyruq qatorini qo'shish orqali saqlab qolingan.

    4.2.3. Foydalanuvchi grafik interfeysi

    Hozirgi vaqtda grafik interfeys ommaviylashib bormoqda, uning asosiy xususiyati dastur, qurilma, biror-bir harakat uchun tez esda qoladigan shartli belgilar ishlab chiqilgani. Foydalanuvchi kerakli belgini ma'lum tarzda ko'rsatsa, OT shu belgi bilan harakatni bajaradi. Grafik interfeys, hozirgi zamonaviy OT lari Win9x, Win NT/2000/XP uchun asosiy hisoblanadi.

    NAZORAT SAVOLLARI



    1. Operatsion tizim ta'rifini ayting.

    2. OT ning asosiy funksiyalarini keltiring.

    3. Operatsion tizimning qanday sinflarini bilasiz?

    4. Foydalanuvchi interfeysi nima?

    5. Matnli interfeys deganda nimani tushunasiz?

    6. Qobiq dasturning funksiyasi nima? Qanday qobiq dasturlarni bilasiz?

    7. Matnli va jadvalli interfeysni taqqoslang.

    8. Grafik interfeysni tushuntiring.

    5-bob. WINDOWS OT GRAFIK INTERFEYSI

    Foydalanuvchining OT bilan eng qulay va ko'rgazmali munosabatda bo'lishida kompyuterning u yoki bu imkoniyati va resurslariga murojaat qilishda foydalanuvchining grafik interfeysi muhim asos bo'lib xizmat qiladi.



    Win OT ning grafik interfeysi oyna tushunchasiga asoslanadi, shuning uchun u ba'zan oynali interfeys deb ataladi. Grafik muhit tushunchasi grafik interfeys tushunchasiga to'liq mos keladi.

    Bu interfeysning farqli xususiyatlari oson eslab qolinadigan grafik obyektlar — dasturlar, qurilmalar, harakatlar va hokazolarga bog'langan belgilardir.








    Download 424.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 424.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    "Axborot kommunikatsion texnalogiyalari va iqtisod" kafedrasi Maxsus fan o‘qituvchisi O‘sarova Gulruh Samatovnaning

    Download 424.5 Kb.