• Word, Word Perfect, Text
  • Ventura Publisher, Adobe Acrobat, Adobe Page Maker va Quart Xpress
  • Lotus, Super Cale, Excel, Quattro Pro
  • Access MBBT, Fox Pro, Paradox, Informix, Oracle
  • MS Office
  • «SKAT», «Parus», «Evfrat»).
  • «Lingua Match. Corresponded»
  • Win 1.0, Win 2.0, ... Win 95, ... Win NT, Win 2000, Win XP
  • Win 9x oilasi Win 98, Win 95.
  • "Axborot kommunikatsion texnalogiyalari va iqtisod" kafedrasi Maxsus fan o‘qituvchisi O‘sarova Gulruh Samatovnaning




    Download 424.5 Kb.
    bet4/12
    Sana24.03.2017
    Hajmi424.5 Kb.
    #1985
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Arxivator dasturlar muhim dasturlar va ma'lumotlar maj- muasining arxiv nusxalarini yaratish uchun xizmat qiladi. Arxi- vator, shu bilan birga, hajmni minimallashtiradi va arxivni tashqi jamlamaga joylashtirish oson bo'ladi.

  • Antivirus dasturlar — foydalanuvchini kompyuter viruslari bilan kurashishda zaruriy vositalar bilan ta'minlaydi.

    Tizimli dasturlar tizimli dasturchilar deb ataluvchi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqiladi, sozlanadi, ishchi holatda ushlab turiladi va kuzatiladi. Ular yuqori darajada malakaga ega bo'lishi, kompyuterning apparat ta'minotini detallashgan holda bilishlari, kattaliklar bilan mashina darajasida ishlash usullarini ham bilishlari kerak.

    Oddiy foydalanuvchilarning ham doimiy tarzda tizimli dasturlar bilan to'qnashishlariga to'g'ri keladi, ammo ularni ekspluatatsiya qilish va o'z masalalarida ularning imkoniyatlaridan foydalanish nuqtayi nazaridan to'qnashadilar.

    2.2. Uskunali dasturiy ta'minot

    Uskunali dasturiy ta'minot — bu amaliy dasturchilar deb nomlanadigan kategoriyadagi mutaxassislar uchun ish qurolidir.

    Uskunali dasturiy ta'minot turli xildagi, inson faoliyatining turli sohalarida ishlatiladigan dasturlar paketlarini ishlab chiqishga mo'ljallangan.

    Amaliy dasturchilar nafaqat ma'lumotlarga ishlov berish usullarini bilishlari, balki dasturlarni ishlab chiqishni ham bilishlari kerak. Ular axborot texnologiyalarini aniq qo'llash sohalari —muhandislik sohalari, matematika, fizika, nashriyot tizimi, bux- galterlik, tibbiyot va h.k. sohalarda yaxshi o'zaro bog'lanishi yoki yaxshi birikishi lozim.

    Oddiy foydalanuvchilar bu guruh dasturlar bilan, qoida bo'yicha, to'qnashmaydilar. Uskunali dasturlar guruhiga quyidagi dasturlar kiradi: turli algoritmik tillar translatorlari (ular dastur matnini mashina tiliga o'tkazadi — tarjima qiladi) — bog'lovchi muharrir- lar — ular dasturning alohida-alohida bo'laklarini bir-biriga birlashtirib, butun holatga keltiradi; sozlovchi (отладчик)lar — ular yordamida dasturni yozishdagi yo'l qo'yilgan xatolar topiladi va bartaraf qilinadi.

    Mutaxassis integrallashgan muhiti hamma keltirilgan kompo- nentlarning dasturini ishlab chiqish uchun yagona, qulay tizimga birlashtiradi.

    2.3. Amaliy dasturiy ta'minot

    ADT amaliy dasturchi uchun uning faoliyatining natijaviy maqsadi bo'ladi va bir vaqtning o'zida foydalanuvchining ish qurolidir. Aniq soha mutaxassisi bir vaqtning o'zida ma'lumotlarni qayta ishlash sohasida mutaxassis bo'lishga majbur emas, u dastur tuzishni bilishi ham shart emas. Ammo u kompyuter bilan ishlash usul va yo'llarini, tizimli, ayniqsa, amaliy dastur vazifasi va imko- niyatlarini o'zining muammoli sohasi uchun bilishi shart.

    Amaliy dasturiy ta'minot kompyuterning ishlov berish tizim- larini, turli sohalar masalalarini yechishini ta'minlaydi. Amaliy dastur yoki ilova — bu ma'lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalarining aniq soha masalalarini yoki masalalar sinfini yechishga mo'ljallangan dasturdir. AT ni qo'llashning aniq so- hasi muammoli soha deyiladi.

    Quyida amaliy dasturlarning turlari keltiriladi:

    • Matn muharrirlari ^дак^р) — Word, Word Perfect, Text va ko'pgina boshqa turli bosma hujjatlar — ma'lumotnoma, vedomostlar, maqola, hisobot va h.k.larni tayyorlash uchun ishlatiladi. Matn muharrirlarining eng kuchlilari matn protsessorlari deb ataladi. Matn muharrirlarining maxsus ko'rinishlari nashr tizimlari deyiladi, ular gazeta, jurnal, reklama bukletlari, prospekt va kitoblarni ko'paytirish uchun ishlatiladi. Bu Ventura Publisher, Adobe Acrobat, Adobe Page Maker va Quart Xpress dir.

    12


    • Grafik muharrirlar, ular yordamida turli rasm, chizma, grafik, diagramma, illustratsiya va shu bilan birga uch o'lchamli tasvirlar ishlab chiqiladi. Ular Paint, Adobe Photo Shop, Corel Draw, 3D Studio MS va h.k.lar.

    • Elektron jadvallar odatdagi jadvallarning elektron ko'rinishi bo'lib, ularning yordamida matn va sonli ma'lumot avtomatik tarzda qayta ishlanadi. Ular — Lotus, Super Cale, Excel, Quattro Pro va qator shunga o'xshash tizimlardir.

    • MB — bir yoki bir nechta obyektlar ma'lumotlari, xossalari va o'zaro bog'lanishlari haqidagi ma'lumotlarni saqlashga mo'ljallangan dasturiy tizimlar. MB ni ma'lumotlar bilan birlamchi to'ldirish va ma'lumotlarni faol holatda qo'llash (ya'ni predmet sohasini real holatiga mos joriy holatida qo'llash) uchun ma'lu­motlar bazalarini boshqarish tizimlari (MBBT) deb ataladigan dasturlarning uskunali paketlari xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda eng ommaviy MBBT lar Access MBBT, Fox Pro, Paradox, Informix, Oracle va boshqa dasturlar hisoblanadi.

    • Integrallashgan tizimlar, yuqorida keltirilgan maxsus paket- larga o'xshash komponentlarni, paketning hamma tashkil etuv- chilari bilan birga yagona o'zaro bog'lanish uslubini ta'min- laydigan tizim va shu bilan birga paketning turli komponentlari o'rtasida qulay, samarali usulni ham ta'minlaydi. Bunday tizimga yaqqol misol bo'lib MS Office paketi hisoblanadi. Bundan tashqari Corel Word Perfect ni misol qilsa bo'ladi, u o'z ichiga Word Perfect matn muharririni, elektron jadvallarni qayta ishlovchi Quattro Pro ni oladi. Bundan tashqari, yana «Sun» kompa- niyasining Star Office paketi mavjud, bu paket turli apparat va dasturiy platformalarda ishlay oladi.

    Yuqorida keltirilgan hamma paketlar ofis ishi uchun zarur bo'lgan to'liq majmuani o'z ichiga oladi, shu jumladan: matn muharriri, elekron jadvallarni qayta ishlovchi dasturlar, MBBT va h.k. dasturlarni o'z ichiga oladi.

    • Hujjat aylanuvi tizimlari — rejalashtirish va boshqarish usku- nalarini, xo'jalik va moliya faoliyatini avtomatlashtirish, mahsulotlarni hisobga olish, turli hisobotlarni tayyorlash, devonxona hujjat almashinuvi, turli ish yozishmalari va h.k. uskunalarni o'z ichiga olgan tizimdir (masalan, «SKAT», «Parus», «Evfrat»).

    • Buxgalterlik va moliya dasturlari, ular turli korxona va tash- kilotlarning analitik va buxgalterlik bo'limlari ishini avtomat- lashtirish imkonini beradi.

    • Korrektorlar — ixtiyoriy matn, hujjat va hisobotlarda imlo qoidalarini tekshirishni ta'minlovchi dasturlar. Ular hamma zamonaviy bo'g'in ko'chirish, orfografik va tinish begilari qoida- lariga amal qiladi («Orfo», «Propis» tizimlari).

    • Tarjimon va elektron lug'atlar, bu dasturlar matnni bir tildan ikkinchisiga avtomat tarzda tarjima qiladi. Masalan, «Lingua Match. Corresponded» paketi ish yozishmalarini 6 ta tilda olib borish imkonini beradi. «Multileks Pro» elektron lug'ati 2 mln rus va ingliz so'zlarini o'z ichiga olgan.

    • Shaxsiy menejer va organayzerlar. Bu dasturlar insonga turli ma'lumotlar: telefon raqamlari, manzillar, tug'ilgan kunlarni olgan yon daftarcha va turli uchrashuv, anjumanlar kuni, vaqti va h.k.lar belgilangan yozuv daftari o'rnini bosadi. Shaxsiy menejer — bu dastur shaxsiy va jamoa faoliyatini rejalovchidir yoki shaxsiy «budilnik-eslatuvchi» desa bo'ladi, yana bu «bir umrlik kalendar», pochta dasturi va h.k.larni o'z ichiga oladi. U shaxsiy va ish ma'lumotlarini tashkillashtiruvchidir. Masalan, MS Outlook.

    • Ta'lim, o'rgatuvchi va multimediali ensiklopediya dasturlari. Ta'lim dasturlari paketi turli fanlar: matematika, chet tili, kimyo, biologiya va h.k.lar bo'yicha individual ta'lim berish va o'qitish sifatini tekshirish dasturlaridan iboratdir.

    • Multimedia dasturlari tovush va videoma'lumotlarni ko'rish hamda eshitishga yordam beradi va ularni yaratish, yozish, tahrir- lash vositalarini o'z ichiga oladi.

    • O'yin va dam olishga yordam beradigan dasturlar.

    NAZORAT SAVOLLARI

      1. Dasturiy ta'minot deganda nima tushuniladi?

      2. Kompyuter resurslarining vazifalari nimalardan iborat?

      3. Tizimli dasturiy ta'minot guruhi dasturlariga nimalar kiradi?

      4. Instrumental dasturiy ta'minotning ma'nosini tushuntirib bering.

      5. Amaliy dasturiy ta'minot qayerlarda ishlatiladi?

    DASTUR VERSIYALARI VA MODEFIKATSIYALARI

    Amalda dasturlarni ishlatish jarayonida ularning kamchiliklari namoyon bo'ladi, ya'ni dasturlarni ishlab chiqishda ko'zga tashlanmagan xato va imkoniyatlar ko'rinib qoladi. Dasturni ishlab chiqadigan firmalar bu tipdagi ma'lumotlarni hisobga oladilar va ishlatilayotgan dasturlarga mos tarzda o'zgartirishlar kiritadilar. Bu o'zgarishlar mavjud dasturiy mahsulot versiyalari va mode- fikatsiyalari tarkibiga kiradi.

    Modefikatsiya ko'zga tashlangan kichik xatolar tuzatilgan yoki kichik o'zgarishlar kiritilgan dasturlar paketi yoki dasturdan iborat.

    Versiya — prinsip jihatdan yangi funksiya qo'shilgan, dastur va ma'lumotlar o'zgacha tashkil etilgan yoki foydalanuvchi bilan muloqot qilishning yangi usullari qo'llaniladigan, mohiyati jihatdan tubdan o'zgartirilgan dastur yoki dasturlar paketidir.

    Qoida bo'yicha dasturlarning yangi versiya va modefikatsiyalari oldingi o'z nomlari bilan nomlanadi, faqat nomining o'ng to- monida modefikatsiya belgisi beriladi. Masalan, Win 1.0, Win 2.0, ... Win 95, ... Win NT, Win 2000, Win XP (experience — tajribali) va h.k.

    Ko'pincha, aynan bitta dastur versiyalari yoki modefikatsiyalari oila deb ataladi va versiya belgisi uchun x harfidan foydalanib, versiyalarni ajratish uchun raqamlardan foydalaniladi. Masalan, Win 9x oilasi Win 98, Win 95. Ba'zan, operatsion tizim oilasiga nisbatan platforma so'zi ishlatiladi.



    Download 424.5 Kb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 424.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    "Axborot kommunikatsion texnalogiyalari va iqtisod" kafedrasi Maxsus fan o‘qituvchisi O‘sarova Gulruh Samatovnaning

    Download 424.5 Kb.