• (Release Candidate
  • commercial ware
  • "Axborot kommunikatsion texnalogiyalari va iqtisod" kafedrasi Maxsus fan o‘qituvchisi O‘sarova Gulruh Samatovnaning




    Download 424.5 Kb.
    bet5/12
    Sana24.03.2017
    Hajmi424.5 Kb.
    #1985
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Windows NT, Win 2000 va Win XP bitta oila hisoblanadi va Win NT/2000/XP kabi belgilanadi.

    Demak, oila deb bitta prinsipial asosga ega bo'lgan va bir-biri bilan qat'iy bog'langan dastur tizimlariga aytiladi.

    Versiya atamasi dasturiy ta'minotga nisbatan yana boshqa ma'noda ham ishlatiladi. Dasturiy mahsulotlarni ishlab chiquvchi kompaniya ko'pgina xato va kamchiliklarni o'z ichiga oluvchi, alfa-versiya deb ataluvchi sinov paketlarini ishlab chiqadi. Bu paketlarni testlovchi shaxslar, ishlab chiquvchilarga o'zlarining fikr va tanqidiy mulohazalarini bildiradilar. Fikr, tanqidiy mulohazalarni, hamma ko'rsatilgan kamchilik va xatolarni tuzatib, kompaniya dasturning beta-versiyasini ishlab chiqadi. Shundan so'ng yana sinov ekspluatatsiya va qolgan xato va kamchiliklarni tuzatish amalga oshiriladi, keyin beta-versiya xatolari tuzatiladi va RC- versiya (Release Candidate — amalga oshirishga nom- zod — кандидат на peaлизaцию) ishlab chiqiladi, bu versiya amalda hech qanday kamchilikka ega emas. Oxirgi bosqichda, yashirin xatolar tuzatilgan holda, dasturiy mahsulotga tovar ko'rinishi beriladi va oxirgi natijaviy versiyasi sotuvga chiqariladi (release — peaлизaция).

    Dasturiy tizimlarning interfeysida milliy tillardan foydalana- digan versiyalari lokallashtirilgan versiyalar deb ataladi.

    3.1. Dasturiy mahsulotlarni tarqatish va distributivlar

    Dasturiy mahsulotlarni quyidagi usullar yordamida tarqatish mumkin: commercial ware — tijorat, share ware — qisman to'la- nadigan yoki shartli — bepul, free ware — bepul va trial — sinov usullari. Dasturni sotib olishda (legal sotib olishda) xaridor paket bilan birga sertifikat yoki litsenziyani oladi.

    Ko'pincha, dasturlar paketi «distributive ko'rinishda (distribu­te — tarqatish) amalga oshiriladi, u dasturlar paketi va optik yoki yumshoq disklarda maxsus formada yozilgan ma'lumotlardan iborat. Bunda legal distributiv bilan zaruriy hujjatlar va olingan dasturdan foydalanish litsenziyasi bo'ladi.

    Paket yoki dasturni ishchi holatga keltirish, o'rnatish yoki installatsiya protsedurasini bajarish talab etiladi, ya'ni dastur va ma'lumotlar hujjatlarda ko'rsatilgan qoidalar bo'yicha ishchi holatga keltiriladi. Ko'pincha, distributiv paketlar maxsus kodlar bilan himoyalanadi.

    NAZORAT SAVOLLARI


    1. DT sinflari.

    2. TDT nima uchun kerak? TDT ning asosiy dasturlari-chi?

    3. OT nima uchun zarur?

    4. Qobiq dasturlar nima uchun kerak?

    5. Utilitalar nima uchun kerak?

    6. Drayverlarning roli qanday?

    7. Uskunaviy DT dan qanday maqsadda foydalaniladi?

    8. «Amaliy dastur» va «Ilova»ga ta'rif bering.

    9. Matn va grafik muharrir nima uchun ishlatiladi?

    10. Elektron jadval nima uchun ishlatiladi?

    11. MB ning ta'rifini bering. MB ga misol keltiring.

    12. MBBT nima uchun kerak?

    13. Integrallashgan tizimning xususiyatlarini ayting.

    14. Microsoft Office paketini ta'riflang.

    15. Sizga ma'lum amaliy dasturlar paketlarini tavsiflang.

    16. Dastur modefikatsiyasi versiyadan nimasi bilan farq qiladi?

    17. Yangi versiya va modefikatsiyalar qanday belgilanadi?

    18. Datsur alfa va beta-versiyalari deganda nimani tushunasiz?

    19. Operatsion tizimning qanday versiyalari lokallashtirilgan deyiladi?

    20. Dasturlar paketi qanday tarqatiladi?

    21. Distributiv deganda nimani tushunamiz va installatsiya nima uchun zarur?

    OPERATSION TIZIMLAR VA ULARNING FUNKSIYALARI

    OT lar tizimli dasturiy ta'minot asosi hisoblanadi. Operatsion tizimsiz kompyuter apparaturasi va dasturlari bilan bog'lanish mumkin emas. Hamma apparat va dastur vositalari bilan faqat «dallol» dasturi — operatsion tizim yordamida bog'lanish mumkin (4.1-rasm).






















    Operatsion tizim




    Kompyuter apparaturasi va dasturlar

    Foydalanuvchi






























    Download 424.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 424.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    "Axborot kommunikatsion texnalogiyalari va iqtisod" kafedrasi Maxsus fan o‘qituvchisi O‘sarova Gulruh Samatovnaning

    Download 424.5 Kb.