Xodimning shaxsiy ishi
xodim va uning mehnat faoliyati
to‘g‘risida eng mufassal m a’lumotlarga ega bo‘lgan hujjatlar
to ‘plamidan iboratdir.
Xodimning shaxsiy ishi u ishga qabul qilingan vaqtda
rasmiylashtirila boshlanadi. Unda quyidagilar bo‘lishi qo‘zda tu-
tiladi:
- shaxriy ish hujjatlari ro ‘yxati;
- kadrlami hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa (yoki anketa);
- tarjimai hoi;
- ishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruq nusxasi;
- m a ’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlari nusxalari;
-lavozim ga tayinlanganligi (boshqa ishga o ‘tkazilganligi
to ‘g‘risidagi hujjat nusxalari);
- tavsifnomalar;
- ishga qabul qilish to‘g‘risidagi ariza;
- mehnat shartnomasi.
Shaxsiy ishda, shuningdek xodimning ilmiy asarlari, ixti-rolari
ro‘yxati, mehnat jamoasi (aktsiyadorlar) yig‘ilishi bayonnomasi
(mehnat jamoasi yoki aktsiyadorlar tomonidan saylangan rahbarlar
uchun)dan ko‘chirma ham bo‘lishi mumkin. Kelgusida shaxsiy ish
xodim anketasi, tarjimai holidagi, lavozimidagi o ‘zgarishlar qayd
etilgan yozuvlar bilan to‘ldirib boriladi.
Mehnat daftarchasi
0 ‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodek-
siga muvofiq xodimning mehnat stajini tasdikdovchi asosiy hujjatdir
(81-modda). Ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan
barcha xodimlariga mehnat daftarchasini tutishi shart (faqat
o ‘rindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasnodir). Ish beruvchi
mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga
o ‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g ‘risidagi
ma’lumotlarni yozishi shart. Xodimning iltimosiga qo‘ra mehnat
daftarchasiga o ‘rindoshlik asosida ishlagan va vaqtincha boshqa
ishga o‘tkazilgan davrlar haqidagi yozuvlar kiritiladi. Mehnat
shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga
yozilmaydi.