2(1.3. Kadrni boshqarishda axborot texnologiyalari
Kadrni boshqarish tizimi xodimlari
oqilona qaror qabul
qilishlari, o‘zlarining boshqa xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli
bajarish uchun batafsil va ishonarli m a’lumotlarga ega bo ‘libgina
qolmasdan, shuningdek bu m a’lumotlar bilan tezkor ishlash,
tahlil
qilish, umumlashtirish, shu asosda tegishli hujjatlami tayyorlash
imkoniyatiga ega bo‘lishlari talab qilinadi.
Olib borilgan tadqiqotlar
boshqaruv xizmati mutaxassislari ish vaqtining 30 foizdan 80
foizgachasi ana shu m a’lumotlar bilan ishlashga sarflanishini
ko‘rsatmoqda. Bu tabiiydir, chunki axborot
bilan ishlash samarali
boshqaruvning hal qiluvchi omili hisoblanadi69.
Kadrni boshqarish axborot ta’minotining asosiy maqsadi
oqilona qarorlar qabul qilish uchun manba vazifasini o ‘taydigan
mavjud m a’lumotlar bilan ishlash,
ulami tahlil qilish va
umumlashtirishdan iboratdir. Axborot oqimlari hajmining kattaligi,
turli m a’lumotlami to‘plash, saqlash, ular bilan ishlash va ulardan
foydalanish b o ‘yicha ko ‘p
hollarda
bir-birini
takrorlovchi,
operatsiyalami bajarish kadmi boshqarish xizmatida
eng zamonaviy
axborot
texnologiyalarini
qo‘llashning
ahamiyatini
yaqqol
ko‘rsatadi. Boshqa sohalarda bo ‘lgani kabi kadmi boshqarish
xizmatida ham axborot texnologiyalarini joriy etishning huquqiy
asosi 0 ‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to ‘g ‘ri-
sida”gi qonuni hisoblanadi.
Axborot
texnologiyalari
davlat
hokimiyati organlari, mahalliy o ‘z-o‘zini boshqarish organlari,
jamoatchilik birlashmalarining axborotga b o ‘lgan
ehtiyojlarini
qondirish
uchun
eng
maqbul
shart-sharoitlarini
yaratishga
qaratilgandir. O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2005-yil
22-noyabrdagi 256-son
“Axborotlashtirish sohasida
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g ‘risida”gi
qarorida
davlat axborot resurslarini shakllantirish, davlat organlarining
axborot
tizimlarini tashkil etish, axborotlami hujjatlashtirish tartibi
belgilab qo‘yilgan. Ushbu qarorga binoan