“Ish haqi hisobi” moduli korxona (tashkilot) xodimlari ish
haqini hisoblab chiqishni tezlik bilan amalga oshirish hamda ushbu
hisobga asoslanib, turli hujjatlami tayyorlashga mo‘ljallangan.
Modulning funksional imkoniyatlari quyidagilardan iborat:
- i s h haqini hisoblab chiqish uchun zarur bo‘lgan m e’yoriy
ma’lumot axborotlami (eng kam ish haqi miqdori, to‘lov turlari va
hokazolar) shakllantirish va olib borish;
-x o d im lar bo‘yicha axborot ma’luinotlarini (daromad solig‘l
bo‘yicha imtiyozlar, doimiy amal qiladigan to‘lov turlari va
hokazolar) shakllantirish va olib borish;
- ta b e l’ hisobini (ish haqini hisoblab chiqish uchun zarur
miqdorda) va bevosita to‘lovlami olib borish;
-avanslar, ish haqi, ta’tillar, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik
va hokazolami hisoblab chiqish;
- o ‘tgan davrlar uchun ish haqini qayta hisoblab chiqish;
-p e n siy a jam g‘armasi, soliq inspektsiyasiga hisobotlami
tayyorlash.
Yuqorida qayd etilgan funksiyalami bajarish uchun asos sifatida
buyruqlar hamda avtomatlashtirilgan tizim boshqa modulli
ma’lumotlaridan foydalaniladi.
“Tizim ma’muri” moduli tizim m a’lumotlar bazasini
boshqaruvchi mutaxassislarga m o‘ljallangan. U avtomat tizimidan
foydalanuvchilaming m a’lumot bazasi, dasturiy modullar, funksiyali
imkoniyatlariga kirish huquqlarini chegaralashni ta’minlaydi.
Axborot resurslari muhofaza qilinishi kerak. 0 ‘zbekiston Res
publikasi Vazirlar Mahkamasining “Axborotlashtirish sohasida
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to ‘g ‘risida”gi qaroriga
muvofiq davlat axborot resurslarini muhofaza qilishning kompleks
tashkiliy-texnik chora-tadbirlari va dasturiy apparat vositalarini o‘z
ichiga oluvchi tizim bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan. Xususan,
mazkur dastur apparat vositalari:
- axborot xavfsizligi tahdidini aniqlash, uning oldi olinishi;
- shakllantirish, foydalanish, ishlash, berish va saklashda
ma’lumotlaming yaxlitligini;
509
-ru x sa t berilmagan, erkin foydalanishdan muhofaza qilishni,
axborot resurslariga qo‘shimcha va o ‘zgartirishlar kiritishni;
- m a’lumotlarni zaxiralashtirish va tiklash tizimini;
-ax b o ro t xavfsizligini ta’minlash tizimining yaxlitligi va ish
qobiliyati nazorat qilinishini ta’minlashi kerak.