• Saylovlar
  • Samarali iqtisodiy siyosat
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi
  • Axborot kommunikatsiya texnologiyalari xususiy, umumiy va ishlab chiqarish




    Download 23,22 Kb.
    bet10/11
    Sana17.09.2024
    Hajmi23,22 Kb.
    #271379
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    2 mavzu

    Saylov huquqi – ikki xil ma'noda ishlatiladi. Birinchisi, saylovni tashkil etish va o‘tkazishni tartibga soluvchi huquqiy me'yorlar yig‘indisidir; ikkinchi ma'nosi fuqarolarning saylov huquqi, ya'ni ovoz berish, saylanish, saylov davrida va boshqa tadbirlarda ishtirok etishdir.

    Saylovlar – muhim demokratik institut bo‘lib, xalqning xohish-irodasini ifodalashning asosiy shakllaridan biridir. Xalqning davlat va jamiyatni boshqarishdagi ishtiroki, asosan, saylovlar orqali amalga oshiriladi. Shu ma'noda, mamlakatning jahon maydonidagi obro‘-e'tibori, ko‘p jihatdan, saylov tizimining ochiqligi va demokratikligi bilan belgilanadi.

    Samarali iqtisodiy siyosat – davlatning iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishga qaratilgan, har tomonlama asoslangan, izchil va o‘zaro uyg‘unlashtirilgan chora-tadbirlari majmui.

    Siyosiy partiya – ijtimoiy sinf, tabaqa va guruhlarning tub manfaatlarini o‘z faoliyatida ifoda etuvchi, ularni muayyan maqsad – manfaatlarini himoya qilish uchun kurashga qaratilgan siyosiy tashkilotdir.

    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi – qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘radi.

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati – O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Senati (yuqori palatasi) hududiy vakillik palatasidar.

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi – fuqarolik, jinoiy va ma'muriy sudlov ishlarini yurgizish borasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. Oliy sud tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat'iy va respublikaning barcha hududida bajarilishi majburiydir.

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi – xo‘jalik sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organidir.

    O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy muassasa bo‘lib, faoliyatining asosiy maqsadi iqtisodiyotning yetakchi, eng avvalo bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish bo‘yicha loyihalarning amalga oshirilishini ta'minlash, shuningdek mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda samarali tarkibiy va investitsiyaviy siyosatni amalga oshirishdan iborat. Bugungi kunda mazkur fondning jamg‘armasi 3,7 milliard dollarni tashkil etadi.


    Download 23,22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 23,22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot kommunikatsiya texnologiyalari xususiy, umumiy va ishlab chiqarish

    Download 23,22 Kb.