• Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash
  • Ishsizlik
  • Komil inson
  • Axborot kommunikatsiya texnologiyalari xususiy, umumiy va ishlab chiqarish




    Download 23,22 Kb.
    bet6/11
    Sana17.09.2024
    Hajmi23,22 Kb.
    #271379
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    2 mavzu

    Ishlab chiqarish – ma'lum davrda alohida xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tarmoqlar va iqtisodiy sektorlar tomonidan ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar qiymati.

    Ishlab chiqarish infratuzilmasi – ishlab chiqarishning rivojlanishi uchun tashqi shart-sharoitlarni ta'minlovchi tarmoqlar majmui bo‘lib, o‘z ichiga temir va avtomobil yo‘llari, elektr, gaz va suv ta'minoti, aloqa kommunikatsiyalari, ombor xo‘jaligi va boshqalarni oladi.

    Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma'naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo‘nalish va vositalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarib; zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan almashtirish; mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.

    Ishsizlik – iqtisodiy jihatdan faol aholining bir qismi o‘z kuchini qo‘llay olmay «ortiqcha» bo‘lib, mehnat zaxirasi bo‘lib qolish hodisasi.

    Kadrlar tayyorlash milliy dasturi – «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan. Dastur «Ta'lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimining jahon miqyosidagi yutuqlari asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgan.

    Komil inson – ham milliy, ham bashariy mohiyatga ega bo‘lgan, odamzodga xos eng yuksak ma'naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan, uni hamisha ezgulikka undaydigan olijanob g‘oya asosida tarbiyalangan shaxs.


    Download 23,22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 23,22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot kommunikatsiya texnologiyalari xususiy, umumiy va ishlab chiqarish

    Download 23,22 Kb.