• Ijtimoiy soha obektlari
  • Ijtimoiy hamkorlik
  • Iqtisodiyotning real sektori
  • Axborot kommunikatsiya texnologiyalari xususiy, umumiy va ishlab chiqarish




    Download 23,22 Kb.
    bet4/11
    Sana17.09.2024
    Hajmi23,22 Kb.
    #271379
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    2 mavzu

    Ijtimoiy adolat – jamiyat barqaror va to‘la qonli rivojlanishi uchun o‘ta zarur omildir. U birinchidan, shaxs, jamiyat, davlat aloqadorligida tenglik va o‘zaro hamkorlikni taqozo etadi. Ikkinchidan, mazkur tamoyil shaxsning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va huquqiy ne'matlardan bahramand bo‘lishda teng huquqli bo‘lishini ta'minlashga qaratilgan mezonlar va kafolatlarning mavjudligini bildiradi. Ijtimoiy adolatni ta'minlash xar bir huquqiy davlatning asosiy vazifalaridan biridir.

    Ijtimoiy soha ob'ektlari – aholining munosib turmush sharoiti va farovonligini ta'minlashga xizmat qiluvchi soha va tarmoqlar majmui. Bular qatoriga uy-joy fondlari, sog‘liqni saqlash, maorif, sport, madaniyat muassasalari va boshqalarni kiritish mumkin.

    Ijtimoiy fikr – aholining muayyan guruhlari, qatlami, tabaqalarining voqyelikdagi turli hodisa va harakatlarga nisbatan baholovchi munosabatidir. Bunday baho ma'qullash, qoralash yoki betaraf pozitsiyada namoyon bo‘lishi mumkin.

    Ijtimoiy hamkorlik – xilma-xil fikr va qarashlarga ega bo‘lgan, turli millat, irq va dinga mansub shaxs va guruhlarning umumiy maqsad yo‘lidagi hamjihatligi.

    Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi – mamlakat iqtisodiyotining xalqaro savdoda ishtirok etish, jahon bozoridagi o‘z o‘rni va mavqyeini saqlab qolish va kengaytira olish, jahon talablariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqara olish layoqati bo‘lib, quyidagilar orqali belgilanadi: mamlakatdagi ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy darajasi, ishlab chiqarish xarajatlari miqdori, ishlab chiqarilayotgan tovarlar sifati, infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi, mutlaq va nisbiy ustunliklarning mavjudligi.
    Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.


    Iqtisodiyotning real sektori – iqtisodiyotning bevosita moddiy ne'matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq sohasi bo‘lib, u o‘z ichiga sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa va boshqa xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini oladi.


    Download 23,22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 23,22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot kommunikatsiya texnologiyalari xususiy, umumiy va ishlab chiqarish

    Download 23,22 Kb.