• Inson omili
  • Inson huquqlari
  • Istemol­
  • Istemol tovarlari
  • Inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari –




    Download 23,22 Kb.
    bet5/11
    Sana17.09.2024
    Hajmi23,22 Kb.
    #271379
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    2 mavzu

    Inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari – insonga bekamu-ko‘st yashash imkoniyatlarini beruvchi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy sohalarda o‘zining imkoniyat va talablarini amalga oshirishni ta'minlovchi huquqiy maqom. Inson va fuqarolarning huquq hamda erkinliklariga rioya etish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumining asosidir.

    Inson omili – amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning bosh yo‘nalishi va samaradorligining pirovard natijasini belgilab beruvchi asosiy tamoyil. Inson omili tarkiban ikki muhim jixatni o‘z ichiga oladi. Birinchi jihat O‘zbekistonda jami ijtimoiy tuzilma, ta'lim va sog‘liqni saqlash, nafaqa bilan ta'minlash tizimini, aholini ekologik va boshqa xavf-xatardan himoya qilishdan iborat. Davlatning doimiy e'tiborini o‘zida ifodalaydi. Ikkinchi jihat esa yalpi ijtimoiy taraqqiyot jarayonlarida shaxsning o‘z ishtiroki, bunyodkorligi, yaratish zavqi, sa'y-harakatlari va shijoatini ifodalanishini nazarda tutadi.

    Inson huquqlari – kishilarning yashash va faollashib borishi uchun ularga berilgan huquqlardir.

    Institutsional siyosat - davlat tomonidan mulkchilik, mehnat, moliyaviy, ijtimoiy va boshqa sohalarda yangi iqtisodiy institutlarni shakllantirish, eskilarini yo‘qotish, mavjudlarini transformatsiyalash bo‘yicha amalga oshiradigan chora-tadbirlar, hatti-harakatlar.

    Iste'mol­ – ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining oxirgi fazasi, ijtimoiy mahsulotdan aholini iqtisodiy talablarini qondirish jarayoni.

    Iste'mol krediti – markaziy bank tomonidan barqarorlik davrida qo‘llaniladigan pul siyosati dastagi. U banklar va boshqa maxsus kredit institutlari tomonidan aholining uzoq muddatli iste'mol tovarlarini sotib olish uchun beriladigan kredit.

    Iste'mol tovarlari – inson ehtiyojini qondirishga mo‘ljallangan iste'mol buyumlarining tovar shakli; pulga sotib olib, iste'mol etiladigan moddiy mahsulotlar va har xil xizmatlar.

    Ish bilan band bo‘lgan jami aholi – ishchi kuchi (iqtisodiy faol aholi)ning ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan qismi.


    Download 23,22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 23,22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari –

    Download 23,22 Kb.