|
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari xususiy, umumiy va ishlab chiqarish
|
bet | 11/11 | Sana | 17.09.2024 | Hajmi | 23,22 Kb. | | #271379 |
Bog'liq 2 mavzuFuqarolik jamiyati – Konstitutsiyaviy huquq nazariyasida ijtimoiy hayotning huquq va demokratiyaga asoslangan zaruriy va oqilona usuli, insonga uning iqtisodiy va siyosiy borliqning shakllarini erkin tanlash huquqi kafolatlanadigan, inson huquqlari qaror topadigan, mafkuraviy plyuralizm ta'minlanadigan ijtimoiy tuzum.
Fuqarolik jamiyati institutlari – jamiyatda qaror topgan nodavlat tashkilotlari hisoblanadi. Ular muayyan ijtimoiy–iqtisodiy, ma'naviy va siyosiy faoliyatni amalga oshiradilar.
Fuqarolik mas'uliyati – jamiyatning demokratik rivojlanishi jarayonida erishgan yutuq va muvaffaqiyatiga fuqarolarning ongli munosabati, yutuqlarni yanada ko‘paytirish va ulardan foydalanishda faol qatnashishi.
Xalqaro tashkilotlar – ularning har biri xalqaro siyosatda o‘zlarining faoliyat maqsadlari yo‘nalishlariga qarab, yer yuzi taraqqiyotida egallab turgan mavqyelariga qarab, umuman xalqaro siyosiy-amaliy munosabatlar jarayonida harakatlarga kirishadigan boshqa xalqaro tashkilotlar tizimidagi maqomlariga qarab ahamiyat kasb etadilar.
Shaxsni muntazam kamol toptirish – fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning muhim sharti va tarkibiy qismi. Shaxsni rivojlantirish jarayonlari insonning salohiyat va maqsadlarini ro‘yobga chiqarish borasida nafaqat davlat, jamiyat ta'siri, balki shaxsning o‘z sa'y-xarakatlarini faollashtirishni ham taqozo etadi.
|
| |