• Deputat maqomi
  • Zamonaviy demokratiya
  • Axborot kommunikatsiya texnologiyalari xususiy, umumiy va ishlab chiqarish




    Download 23,22 Kb.
    bet3/11
    Sana17.09.2024
    Hajmi23,22 Kb.
    #271379
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    2 mavzu

    Demokratiya shakllari – vakillik demokratiyasi – davlat va jamoat ishlarida vakillari orqali ishtirok etish. Bevosita demokratiya – har bir fuqaro davlatni boshqarishda shaxsan ishtirok etishi, qonun loyihalarida, referendum, fuqarolar yig‘inlarida yoki davlat organlariga takliflar kiritish.

    Deputat maqomi - davlat vakillik hokimiyat organlari deputatlarining huquqiy maqomi bo‘lib, huquqiy normalar majmuasi bilan belgilanadi.

    Deputatlik odobi - deputatlar parlamentda muomala qilish chog‘ida amal qilishi lozim bo‘lgan ma'naviy va axloqiy qoidalar yig‘indisi.

    Zamonaviy demokratiya – vakillik demokratiyasi hisoblanadi. Ma'lumki katta jamoalarda, ya'ni shaharlarda, barcha xalqni bir joyga yig‘ib masala hal etishga imkon yo‘q. Shuning uchun shunday jamoalar fuqarolari qonunlari va boshqa masalalar bo‘yicha qaror qabul qilishda ular tomonidan ishtirok etish uchun o‘zlarining shaharlari yoki yurtlaridan bir guruhni saylaydilar. Fuqarolar tomonidan saylangan vakillar birlashmasi kengash (council), qonun chiqaruvchi hokimiyat (legistatura), parlament (parlament), yoki kongress (congres) kabi nomlar bilan ataladi.
    Qonun chiqaruvchi hokimiyat - hokimiyat boʻlinishi prinsipi va nazariyasiga muvofiq davlatning uch hokimiyat tarmogʻidan biri. Qonun chiqaruvchi hokimiyath. Konstitutsiya va qonunlarni qabul qilish, ularga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, zarur hollarda ularni belgilangan tartibda bekor qilish vakolatlariga ega boʻladi.
    Xalq tomonidan mustaqil tarzda saylangan vakillar orqali boshqariladigan xalq hokimiyati ba'zida respublika hukumati yoki demokratik respublika deb ataladi.
    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.



    Download 23,22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 23,22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot kommunikatsiya texnologiyalari xususiy, umumiy va ishlab chiqarish

    Download 23,22 Kb.