|
Maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi
|
bet | 9/11 | Sana | 17.09.2024 | Hajmi | 23,22 Kb. | | #271379 |
Bog'liq 2 mavzuMaktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi – Kadrlar tayyorlash milliy dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim sharti sifatida maktab ta'limining orqada qolishiga barham berish hamda maktablarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uzluksiz ta'limning yagona tizimini shakllantirish bilan bog‘liq mavjud jiddiy muammolarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 21 maydagi «2004-2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq kuchga kirgan. Mazkur Farmonga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 sentyabrda PF-3661-son Farmoniga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan.
Modernizatsiya – ob'ektni takomillashtirish, yaxshilash, yangilash, uni yangi talab va me'yorlarga, texnik shart-sharoitlarga, sifat ko‘rsatkichlariga moslashtirish.
Mustaqillik – (arabchadan - tobe emaslik, ixtiyori o‘zidalik, qaram emaslik) – erkin va ozod ravishda, boshqalarning rahbarligisiz ish yurita bilish. Mustaqillik barcha jabhalarda munosabatlarni me'yor-mezonga soladi, har qanday kamsitish, tobelikni inkor etadi. Mustaqillik – o‘zaro hurmat, bir-birlarini qadrlash, milliy va bashariy qadriyatlarga tayanib ish ko‘rish, keng dunyoqarash va erkin tafakkurga tayanib yashash, fikrlash, o‘z hayotini o‘zi tashkil etish imkoniyati va amaliyotini bildiradi.
Nodavlat va jamoat tashkilotlari – davlatga qarashli bo‘lmagan, ammo ma'lum qonunlar yoki me'yoriy hujjatlarga bo‘ysungan holda faoliyat ko‘rsatadigan tuzilmalar nodavlat va jamoat tashkilotlari hisoblanadi.
Ombudsman – inson huquqlarini himoya qiladigan maxsus tashkilot. U inson huquqlarini turli ma'muriy organlardan himoya qilishni maqsad qilib qo‘yadi.
Parlament – fransuzcha «parle» gapirmoq so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, rasmiy so‘zlashish joyi ma'nosini anglatadi. Parlament davlatning oliy vakillik organi hisoblanadi va qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Partiya – so‘zi lotincha, «pars» – «qism», «guruh» so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, u yoki bu jamiyatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, katlamlarning bir qismini, odatda ularning ilg‘or va eng faol qismini birlashtiradigan siyosiy tashkilotni anglatadi.
Proteksionizm – davlatning xorij raqobatidan ichki bozorni himoya qilish siyosati, mamlakatga olib kelinayotgan tovarlarga yuqori bojlar belgilaydi, ayrim tovarlarni olib kelish cheklanadi yoki umuman taqiqlanadi.
Referendum – lotincha so‘z bo‘lib, davlat va jamiyat hayotining eng muhim masalalarini xalq maslahatiga taqdim etish, umumxalq ovoziga qo‘yish degan ma'noni bildiradi.
Saylov tizimi – huquqiy me'yorlarda mustahkamlab qo‘yilgan, shuningdek, davlat va jamiyat institutlari faoliyatlari tajribasida shakllangan, vakillik organlari yoki ayrim rahbarlik lavozimiga saylashni o‘tkazish va tashkil etishga doir tartibotdir. Saylovlar tizimi – siyosiy tizimning tarkibiy qismidir.
|
| |