|
Xulosalar……………………………………………………………………………
|
bet | 2/15 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 265,68 Kb. | | #111940 |
Bog'liq 01-aprel holatiga lotin (2)Xulosalar……………………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati………………………………………………
Kirish
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
Yangi O‘zbekiston rivojlanishining hozirgi bosqichida tashabbuskor va muloqotga kirishuvchan insonlarga talab ortib bormoqda. Ta’lim muassasalari oldiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar har bir bitiruvchining maktab ta’limidan so‘ng nafaqat fanlarga oid puxta bilimlarga ega bo‘lishlari, balki tez o‘zgaruvchi jamiyat hayotiy vaziyatlariga moslasha olishlarini taqozo etmoqda. SHu bois mazkur masala Uchinchi Renessans pedagogika va psixologiyasida shaxslararo jarayonning sub’ekti sifatida o‘rganiladi.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’biri bilan aytilganda, yoshlarimiz kelajagimiz poydevoridir, ularni barkamol shaxs qilib tarbiyalash har birimizning muqaddas burchimizdir. Chunki, tarbiya orqali inson shaxsida vatanparvarlik, insonparvarlik, adolatparvarlik, insoniy hislatlar shakllantiriladi.
Muloqot jarayoni maktab o‘quvchilari, xususan eshitishida muammosi bo‘lgan o‘quvchilari ijtimoiylashuvining muhim vositasi hisoblanadi. Ma’lumki, til vositasida inson muloqotga kirishadi – fikr almashadi, axborot oladi, bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaydi. Jamiyatda tilni o‘zlashtirish jarayoni kishilarning o‘zaro nutqiy faoliyati (kommunikatsiyasi) sharoitida amalga oshadi. Ushbu jarayonda insonning eshitish faolligi o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, u so‘zlashuv nutqining shakllanishi va rivojlanishidagi bosh omillardan biridir. SHunga ko‘ra ham ushbu masala jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida yashab o‘tgan olim va pedagoglarning diqqat markazida bo‘lib kelgan.
Respublikamizda bolalarning ijtimoiylashuvi imkoniyatlarini ta'minlash, ularni har tomonlama rivojlantirish va maktabga tayyorlash sifati tubdan yaxshilanmoqda: huquqiy-me'yoriy hujjatlari ishlab chiqildi, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmog‘i kengaytirildi, moddiy-texnika negizi mustahkamlandi. «Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi»da: «Maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, bog‘cha hodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish, maktabgacha ta'lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida takomillashtirish» masalasi ustuvor etib belgilandi1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28yanvardagi 4947-son «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-son «O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi PQ-3955-son «Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori, 2017 yil 1-dekabrdagi “Nogironligi bo’lgan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5270-sonli, O’zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar, ta'lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullari asosida eshitishida muammosi bo‘lgan bolalarning boshlang‘ich ta'lim dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga oid ilmiy, metodik islarni olib borish, tayyorlash uchun zamin yaratdi.
Maxsus pedagogika fanida L.S.Vigotskis, R.M.Boskis, K.G.Korovin, V.A.Sinyak, A.G.Basova, S.F.Egorov, A.G.Zikeev, S.A.Zikov , A.I.Dyachkov, E.V.Mironova, N.G.Morozova , B.D.Korsunskaya , E.I.Leongard, M.K.SHeremet, N.D.SHmatko , L.A.Golovchits kabi olimlarning olib borgan tadqiqotlari natijasida eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar ham, xuddi sog‘lom tengqurlari kabi, ijtimoiy shaxs bo‘lib etishishlari uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanliklari hamda ulardagi mavjud kuchli imkoniyatlarni ishga solish nutqni rivojlantirish asosida amalga oshirilishi lozimligi isbotlandi.
Respublikamizda milliy maxsus pedagogika fanida L.Mo’minova, L.Nurmuhamedova, R.SHomaxmudova, G’.SHoumarov, N.Raxmonqulova, V.Raxmonova, X.Pulatova, M.Hamidova, M.Xakimova, L.R.Hayitov, Mahmudova M.S tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda e’tobor turli toifaga mansub rivojlanishida muammolari bo‘lgan ta’limining samarali yo‘l va vositalarini asoslashga qaratildi.
Surdopedagogika sohasida F.Alimxo’jaeva, N.Bekmurodov, X.Gaynutdinov, N.Dadaxo’jaeva Z.Mamarajabova, R.Rustamova, U.Fayzieva, F.Qodirova, D.Yakubjanova, X.S.Rahimova, Teshaboyeva F.R tomonidan olib borilgan tadqiqotlar eshitishida muammosi bo‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiyasining ilmiy izlanishlariga bag‘ishlangan. D.A.Nazarova tadqiqoti maktabgacha yoshdagi bolalarni nutqini rivojlantirishga bag‘ishlandi.
O’rganilgan ilmiy manbalar asosida tadqiotlarning aksariyati maktab yoshidagi bolalarga bag‘ishlangani, shuningdek eshitishida muammosi bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalari umumiy tarzda o‘rganilgan bo‘lsa-da, mazkur toifa bolalari kommunikativ malakalarini rivojlantirish muammolari ilmiy-nazariy jihatdan chuqur o‘rganilmaganini aniqlandi. Shu bois biz mazkur muammoni dolzarb masala hisoblab, tadqiqot mavzusini “Maktabgacha yoshdagi kar bolalar nutqiy kommunikatsiyasini rivojlantirish korreksion-pedagogik texnologiyalari” deb belgiladik.
|
| |