• 2.2 Maktabgacha yoshdagi eshitishishida muammolari bo`lgan bolalar nutqining rivojlanishining samarali yo’llari
  • Oilasiga, kattalarga, bolalar bog‘chasiga nisbatan hurmatni va tegishlilik tuyg‘usini shakllantirish




    Download 265,68 Kb.
    bet8/15
    Sana05.12.2023
    Hajmi265,68 Kb.
    #111940
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
    Bog'liq
    01-aprel holatiga lotin (2)

    Oilasiga, kattalarga, bolalar bog‘chasiga nisbatan hurmatni va tegishlilik tuyg‘usini shakllantirish
    Ertalabki mashqlar va sayrlar davomida oila, bolalar bog‘chasi, vatan, dunyo, sayyora haqidagi suhbatlar;
    Syujetli-rolli o‘yinlar;
    Multimedia taqdimoti:
    Mening oilam, mening guruhim, bizning bog‘cha;
    Vaziyatlarni ijro etish:
    So‘z o‘yinlari, juft va guruhli o‘yinlar;
    “Bizning guruh” plakatini yaratish (samarali kichik guruh faoliyati);
    Odobnoma suhbatlari;
    Oila haqidagi suhbatlar;
    “Mening oilam” nomali samarali faoliyat
    Ko‘rgazmalar, bolalar kitoblarini saralash;
    Syujetli rolli o‘yinlar uchun atributika;
    Multimedia-taqdimotlari, multfilmlar, videoroliklar.
    Olilaviy loyiha: “Oilaviy shajara daraxti”
    Foto-musobaqa: “Ikki tomchi suvdek”
    YAkuniy jarayon:
    “Bugun hammamiz shu erga yig‘ilganimiz qanday baxt” nomli umumiy bayram.
    2.2 Maktabgacha yoshdagi eshitishishida muammolari bo`lgan bolalar nutqining rivojlanishining samarali yo’llari
    Maktabgacha yoshdagi eshitishida muammosi bo’lgan bolalar talaffuzidagi me’yordan chetga chiqishlar tovushlar idrokining chegaralanishi oqibatida yuzaga keladi. Tovushlar idrokidagi chegaralanish sababli bolalar bir tovushni boshqa bir tovushdan farqlay olmaydilar. Faqatgina so‘zning tovush-harf tahlili ustida ish olib borilgandagina zaif eshituvchi bolalar to‘g‘ri talaffuz malakalariga ega bo‘ladilar. Ko‘rib o‘tilgan zaif eshituvchi bolalar nutqlarining talaffuzidagi kamchiliklar surdopedagogik adabiyotlarda aytilgan eshitish muammosining nafaqat lug‘at va grammatik tizim darajasiga, balki talaffuz malakalarining shakllanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi yana bir bor tasdiqlandi.
    Ushbu omillarga etarli darajada e’tibor bermaslik eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar nutqiy rivojlanish imkoniyatlarining so‘nishiga olib keladi. SHu sababli bolalarning nutqiy nuqsonlarini bartaraf etish, ya’ni nutqni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda bolalarda eshitish muammosining sodir bo‘lish vaqti va darajasi, ularning ovozni kuchaytirib beruvchi asboblari bilan ta’minlanganligi, shuningdek, tarbiyalanuvchilarning rivojlanishi muloqotda – faoliyatning turli shakl va ko‘rinishlarida amalga oshishini hamda pedagoglar hamda ota-onalarning hamkorlikdagi faoliyatlarini hisobga olish lozim.
    Insonning u yoki bu analizatori faoliyatidagi qisman me’yordan chetga chiqish total darajada me’yordan chetga chiqish (analizator faoliyatining to‘liq ravishda buzilishi)ga nisbatan o‘zgacha rivojlanishni keltirib chiqaradi. Zaif eshituvchi bolalar nutqining umumiy holati sog‘lom tengqurlarining nutqiy holatiga nisbatan ham miqdoriy, ham sifat jihatidan keskin farq qiladi. O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, bunday bolalarning nutqiy rivojlanishlari nuqsonli rivojlanish sifatida emas, balki o‘ziga xos qonuniyatlarga ega bo‘lgan asta-sekin rivojlanish jarayoni sifatida qaralishi lozimdir. Maxsus ta’lim muassasasida nutqni rivojlantirishga qaratilgan shart-sharoitlarning etarli darajada yaratilmaganligi, ushbu toifa bolalar bilan oilada maxsus ravishda shug‘ullanishga e’tibor berilmaganligi bois, hattoki, eshitishning pasayishi engilroq darajada bo‘lgan bolalar qo‘llanish doirasi yuqori bo‘lgan maishiy lug‘atning uncha katta bo‘lmagan qismini o‘zlashtirishga qodir bo‘lishlariga qaramay, odatda, ular bu so‘zlardan kundalik muloqotda kam foydalanmoqdalar. Tarbiyalanuvchi-larning bilimlari faqat mashg‘ulot jarayonida namoyon bo‘lib, pedagog ortidan aynan takrorlash darajasida ekanligini ko‘rsatadi. So‘zlarning tovush tizimi va bo‘g‘in tuzilishini eslab qolishdagi qiyinchiliklar tufayli, hatto, mashg‘ulot paytida va kundalik turmushda ko‘p martalab takrorlanadigan nutqiy material ham bolalarning faol nutqiga kirmaganligi sabab. Maktabgacha yoshdagi eshitishida muammosi bo’lgan bolalarning me’yordan o‘zgacha rivojlanishini bartaraf etishga qaratilgan maxsus ta’lim-tarbiyani tashkil etishda nafaqat eshitish nuqsoni, balki ushbu muammo oqibatida yuzaga kelgan nutqning o‘ziga xos rivojlanish omili asosiy sanaladi. Bu, o‘z navbatida, nutqiy malakalarni amaliy o‘zlashtirish vazifasini hal qilishga qaratilgan til o‘rgatish tizimini ishlab chiqishni taqazo etadi. Bunday ta’lim jarayonining samaradorligi deganda, har bir tarbiyalanuvchining nutqni muloqot vositasi sifatida faol egallashining ta’minlanganligini nazarda tutishimiz lozimdir. Surdopedagogikaga oid adabiyotlar tahlili hamda o‘rganuvchi tadqiqotimiz maktabgacha yoshdagi eshitishida muammosi bo’lgan bolalar ta’lim-tarbiyasini amalga oshirishda, uni takomillashtirish masalasini hal qilishda nutqni reja asosida shakllantirish jarayoni markaziy o‘rinni egallashi lozimligini yana bir bor isbotlandi. Bunday bolalar ta’lim-tarbiya jarayoni yaxlit nutqiy muhit – so‘zlashuv nutqi o‘rnatilgan tartibda tashkil etilishi zarurdir. Maxsus tashkil etiluvchi ta’lim-tarbiyaning muvaffaqiyati surdopedagoglar hamda ota-onalarning bu jarayonda qay darajada ishtirok etishlari, hamkorlik ishlarini qay darajada tushunishlari bilan uzviy bog‘liqdir maktabgacha yoshdagi eshitishida muammosi bo’lgan komminikativ nutqi shakllanishi uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari zamonaviy texnologiyalar bilan ham ta’minlanishi joizdir.
    Eshitishida muammosi bo’lgan bolalar bog’chasida bolalarni keng ma’noda so‘zli muloqotga tayyorlash maqsadida o‘qishga o‘rgatiladi, mustaqil o‘qish esa cheklangan nutqiy muloqotni kompensatsiyalash vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
    Shunday qilib, maxsus ta’lim-tarbiyaviy va korreksion vazifalardan kelib chiqqan holda, maktabgacha tarbiya muassasalarda mashg‘ulotlar hajmi va ahamiyati ko‘payadi. Mashg’ulotlar o‘yin tarzida o‘tkazilsa-da, ular ko‘p vaqtni egallaydi va dam olish va erkin o‘yin faoliyati uchun kam vaqt qoldiradi.
    Maktabgacha tayorgalikni ko‘rmagan kichik maktab yoshidagi kar bolalarning ta’lim jarayoni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ta’limidan keskin farq qiladi.
    Kar o‘quvchlarining nutqiy va umumiy rivojlanishi muayyan ko‘rish va sezish sohasidagi tajribasi asosida kechadi. Albatta, bunday hol ta’lim jarayonini ancha yengillashtiradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi kar bolalar esa tasavvur, bilim va malakalarni nutq bilan uyg‘unlikda egallaydilar, bu esa ularning tafakkuri va nutqining o‘sishini ta’minlaydi.
    Nutqi hali rivojlanmagan kar o‘quvchining so‘zli nutqining shakllanishi savod (o‘qish va yozish)ga o‘rgatish bilan bir vaqtda boshlanadi. Bunda so‘zni analitik (taxlil qilib) idrok etilishi hamda aniq, ravon gapirish ta’minlanadi. Maktab o‘quvchilari tomonidan talaffuzni nisbatan tez o‘zlashtirilishi natijasida bevosita muloqotda daktil va ogzaki nutqdan keng foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi. Qiyinchiliklar paydo bo‘lganda yozma nutqdan foydalaniladi.
    Maktabgacha tarbiya yoshidagi eshitishida muammosi bo’lgan bolalar esa tovushlarni o‘zlashtirishda ancha orqada qoladilar. O‘quvchilar alifboning asosiy tovushlar talaffuzini yarim o‘quv yil davomida o‘zlashtira olsa, maktabgacha tarbiya yoshidagi bola ta’limning uchinchi yiliga kelib, asosiy tovushlarni talaffuz eta olishi kerak. Shuning uchun, daktil nutq, ayniqsa dastlabki uch yilda, maktabgacha yoshidagi kar bolalar nutqini bevosita muloqotda shakllantirish vositasi hisoblanadi.
    O‘yin bolalarning asosiy faoliyatlaridan biri bo‘lib, o‘yin jarayonida kar bolalarning bilish jarayonlari shakllanadi.
    Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqqan holda, maktabgacha tarbiya yoshidagi kar bolalarning nutqi nutqiy va psixik yetishmovchiliklarni kompensatsiyalash vositasi hisoblanadi hamda ularning nutqi quyidagi tamoyillar asosida rivojlanadi.
    1. Eshitishida muammosi bo’lgan bolalarning nutqi bevosita muloqotda hamda maxsus rivojlantiriladi.
    2. Analitik o‘qishga (3,5-4 )yoshdan boshlab o‘rgatib boriladi.
    3. Ta’lim jarayonida daktil nutqdan foydalaniladi.
    4. Ta’lim jarayonida leksik va grammatik tushunchalar va umumlashtirishlar shakllantirilib boriladi .
    5. So‘zli muloqotni kengaytirish vositasi sifatida o‘qishga va hikoyalarni boglanishli bayon etishga o‘rgatishdan keng foydalaniladi.
    Mazkur tamoyillarga amal qilish uchun nutqni muloqot jarayonida va muloqot vositasi sifatida shakllantirish talab etiladi. Bunday imkoniyat daktil nutqdan foydalanish sharoitida yaratiladi.
    Tarbiyalanuvchilar nutqiy qobiliyatini rivojlantirishda pedagogning predmetli va nutqiy xatti-harakatlarga taqlid qilishga o‘rgatish, ularning diqqatini so‘zlayotgan shaxslarga jalb qilish, taqlid asosida so‘zlash ko‘nikmalarini shakllantirish ko‘zda tutildi. Pedagog xatti-harakatlariga taqlid qilish yirik va mayda motorikani rivojlantirishga qaratilgan «Ko‘zgu», «Maymunchalar», «Mana shunday bajar» kabi pedagogik texnologiya jarayonida o‘rgatib borildi. Ularda bolalar turli-tuman harakatlar va tana holatlari, yuz mimikasi va emotsional holatni takrorlashga o‘rgandilar. Nutqning motor-harakat asosini yaratish, shuningdek, keyinchalik daktil nutq shaklini o‘zlashtirish maqsadida asosiy e’tibor mayda qo‘l motorikasiga qaratildi.
    Nutqni rivojlantirishga oid mashg‘ulotlarga ko‘plab didaktik o‘yinlar kiritildi. Ularning borishi jarayonida bolalar syujetli va didaktik o‘yinchoqlar vositasida turli xatti-harakatlarga taqlid qilishga, pedagogning faoliyatini kuzatishga, uning tabiiy qo‘l ishoralari va yuz mimikasi bilan uyg‘unlashib ketgan nutqiga javob berishga o‘rgandilar.



    Download 265,68 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




    Download 265,68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oilasiga, kattalarga, bolalar bog‘chasiga nisbatan hurmatni va tegishlilik tuyg‘usini shakllantirish

    Download 265,68 Kb.