|
Axmadaliyeva gulasalxon malikjon qizi
|
bet | 14/15 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 265,68 Kb. | | #111940 |
Bog'liq 01-aprel holatiga lotin (2) parta «ata»
III. So‘zlarni talaffuz qilishda ba’zi bo‘g‘inlarning tushirib qoldirilishi. So‘zlarning talaffuzi uning qanday idrok etilishiga bog‘liq bo‘lganligi sababli nisbatan kam akustik jihatga ega bo‘g‘inli so‘zlar tarbiyalanuvchilar nutqida quyidagi ko‘rinishda namoyon bo‘ldi:
rasmlar bolalar tomonidan talaffuz qilinishi
soat «at»
qovun «un»
buvi «vi»
palto «ato»
velosiped «sapet»
IV. So‘z tarkibining saqlanmaganligi bilan ajralib turuvchi talaffuzning me’yordan chetga chiqishi. Eshitish darajasi chuqur pasaygan bolalarning, so‘zlashuv nutqini idrok etishlaridagi qiyinchiliklar tufayli, so‘zlarni nomlashlarida yaxlit bo‘g‘inlarni tushirib talaffuz qilishlari kuzatildi:
rasmlar bolalar tomonidan talaffuz qilinishi
qo‘g‘irchoq «aayo»
gul «ut»
olma «oa»
qozon «ojo»
tarvuz «at»
samolyot «at»
V. So‘zlarni talaffuz qilishda ba’zi bo‘g‘in yoki tovushlarning qo‘shib aytilishi. Talaffuz me’yorlari bolalarning atrofdagilar bilan bo‘lgan jonli muloqoti asosida o‘zlashtiriladi. Tilning grammatik tizimini egallashdagi qiyinchiliklar so‘zlarning talaffuz tomoniga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. SHu sababli eshitishida muammolari bo‘lganbolalar grammatik jihatdan bog‘langan gap ichidan so‘zlarni grammatik ko‘rsatkichlarsiz ajratib olishda o‘ta qiyinchiliklarga uchrashlari kuzatildi:
rasmlar bolalar tomonidan
talaffuz qilinishi
choy «toyi»
bola «boyasi»
uy «uyi»
qiz bola «tizi»
gul «uli»
VI. So‘zlarni talaffuz qilishda ba’zi bo‘g‘in yoki tovushlar o‘rnining almashtirilish holatlari uchradi:
rasmlar bolalar tomonidan talaffuz qilinishi
qozon «konoz»
lola «lalo»
daraxt «adlax»
Eshitishida muammolari bo‘lgan bolalar talaffuzidagi me’yordan chetga chiqishlar ushbu tovushlar idrokining chegaralanishi oqibatida yuzaga keladi. Tovush-lar idrokidagi chegaralanish sababli bolalar bir tovushni boshqa bir tovushdan farqlay olmaydilar. Faqatgina so‘zning tovush-harf tahlili ustida ish olib borilgandagina eshitishida muammolari bo‘lganbolalar to‘g‘ri talaffuz malakalariga ega bo‘ladilar. Ko‘rib o‘tilgan eshitishida muammolari bo‘lganbolalar nutqlarining talaffuzidagi kamchiliklar surdopedagogik adabiyotlarda ko‘rsatilgan eshitish muammosining nafaqat lug‘at va grammatik tizim darajasiga, balki talaffuz malakalarining shakllanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqidagi fikrlarni yana bir bor tasdiqladi.
Eshitishida muammolari bo‘lgan bolalar nutqiy rivojlanish darajasining har bir ko‘rsatkichini o‘rganish natijasida nutqiy rivojlanishiga ko‘ra o‘zaro farqlanuvchi to‘rt guruhga mansub bolalar ajratildi (.....-rasm).
.....-rasm. Eshitishida muammosi bo‘lgan bolalarning kommunikativ ko‘nikmalarining rivojlanish darajalariga ko‘ra guruhlari
Olingan natijalarni ko‘rib chiqishda bolalarning anamnestik va audiologik ma’lumotlari, oilada ular nutqining rivojlanishiga qaratilgan sharoitlar hisobga olindi.
guruh Nutqiy rivojlanish darajasi Bolalar soni (foizi)
1-guruh Nutqiy rivojlanishiga ko‘ra engil darajada orqada bo‘lgan bolalar 12,3 % (11 nafar) Bu guruh bolalari, tibbiy tasnifga ko‘ra, 1- va 2-darajaga mansub bo‘lib, oilada ularning nutqiy rivojlanishidagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ba’zi choralar qo‘llanishi aniqlandi. Bu bolalar nutqida bir guruhga oid tovushlar talaffuzining buzilishi, faol lug‘at boyligi me’yordan 30 % kamligi, nofaol lug‘ati me’yorga yaqinligi, muloqotda ba’zan to‘liq yoki to‘liqsiz gaplardan foydalana olishlari, so‘z birikmalarini to‘g‘ri tuza olsalar-da, agrammatizm mavjudligi, mustaqil nutqiy malakalarida qator muammolari borligi aniqlandi.Ushbu guruh bolalarini o‘rganish jarayonida ularning so‘zlashuv nutqiga e’tiborining nisbatan kuchliligi, bajara olmagan vazifalarni bajarish uchun tez-tez murojaat etishlari kuzatildi. Bu holat bunday bolalarning yuqori darajada o‘qitilish imkoniyati mavjudligidan dalolat beradi.
2-guruh Nutqiy rivojlanishiga ko‘ra o‘rta darajada orqada qolgan bolalar 30,3 % (27 nafar) Bu guruh bolalari, tibbiy tasnifga ko‘ra, 2- va 3-darajaga mansub ekanligi aniqlandi. Bu toifa bolalar talaffuzida sonor, sirg‘aluvchi tovushlarning buzilgani, faol lug‘at boyligi me’yordan 60 % kamligi, nofaol lug‘ati faol lug‘atidan yuqoriroq, sodda gaplarni tuza olsalarda, agrammatizm mavjudligi, o‘z fikrlarini bayon etishda qisman yordamga muhtoj ekanliklari, ba’zan imo-ishorali nutqqa murojaat qilishlari kuzatildi. Oilada ularning nutqiy rivojlanishiga e’tiborning biroz sustligi, ota-onalarning vaqtlarini ko‘proq tibbiy muolajalarga sarflaganliklari aniqlandi.
3-guruh Nutqiy rivojlanishiga ko‘ra past darajaga mansub bolalar 50,6 % (45 nafar) O‘rganishlarimiz tarbiyalanuvchilar talaffuzining polimorf, ya’ni 2-5 tovush guruhiga oid tovushlarning buzilgani, faol lug‘atining deyarli mavjud emasligini, nofaol lug‘ati esa 30 % gacha ekanligini, ona tilining grammatik tizimi shakllanmaganligini, murojaat etilgan nutqni deyarli tushunmasliklarini, so‘zlashuv nutqlari esa uzuq-yuluq tovushlardan iborat ekanligini ko‘rsatdi. Bolalarning fikr va topshiriqlarni imo-ishora orqali bajarishga intilishlari ular bilan nutq o‘stirish borasida muayyan ishlarni olib borish zarurligini taqozo etadi.
4-guruh Nutqiy rivojlanishiga ko‘ra o‘ta past darajadagi bolalar So‘zlashuv nutqiga deyarli murojaat etmaydigan, yaqinlari, bolalar va pedagoglar bilan muloqotga o‘ta qiyinchilik bilan kirishadigan, ular bilan nutqiy munosabatga kirishishida oddiy imo-ishoralardan foydalanadigan, boshqa guruh bolalaridan nutqiy va umumiy rivojlanishiga ko‘ra keskin farq qiladigan, aqliy jihatdan ham ba’zi muammolari bo‘lgan bolalarni kiritdik. Bunday bolalar tadqiqotda ishtirok etuvchilarning 6,7 % (6 nafar)ini tashkil etdi. Ushbu bolalar anamnezini o‘rganish ular markaziy asab tizimining prenatal yoki natal davrda jarohatlanganini, bolalarning 0,89 % (1 nafari) da ko‘rish o‘tkirligining pasayganini ko‘rsatdi. Bunday bolalarda barcha tovushlar talaffuzining me’yordan chetga chiqqanligi, faol lug‘atining mavjud emasligi, nofaol lug‘ati 10 % gacha, ona tilining grammatik tizimi shakllanmaganligi, mustaqil nutqi mavjud bo‘lmay, o‘z fikrini sodda ko‘rinishdagi imo-ishora orqali bildirishi aniqlandi. To‘rtinchi guruh bolalarini o‘rganish ular bilan ta’lim-tarbiya ishlarini majburiy tibbiy muolajalar bilan birga olib borishni taqozo etishini ko‘rsatdi. YA’ni bunday murakkab muammoli bolalar alohida tadqiqot ob’ekti hisoblanadi.
SHunday qilib, o‘rganuvchi tadqiqot natijalari eshitishida muammosi bo‘lgan tarbiyalanuvchilarning kommunikativ rivojlanish darajalari ularning eshitish holatiga bog‘liqligi, o‘z navbatida, eshitishdan o‘rinli foydalanish nutqiy rivojlanish darajasiga bog‘liqligini yana bir bor isbotladi.
Tarbiyalanuvchilar nutqiy rivojlanish ko‘rsatkichlarining qoniqarsiz darajada ekanligi kommunikatsiyaga undovchi ta’lim-tarbiya muhiti, unda qo‘llanuvchi texnologiyalarni o‘rganib, samarali turlarini aniqlash, joriy etish zaruriyatini asoslash, oydinlashtirishga undadi.
XULOSA
“Maktabgacha yoshdagi kar bolalar nutqiy kommunikatsiyasini rivojlantirish korreksion-pedagogik texnologiyalari” mavzusiga doir ilmiy tadqiqot ishi olib borildi va uning nazariy va amaliy bajarilgan ishlar natijasida quyidagi xulosalar chiqarishimiz mumkin. SHunday qilib, tadqiqot natijalari eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar bolalar kommunikativ malakalarining asosi - nutqiy rivojlanish darajalari ularning eshitish holat, muammoning sodir bo‘lish vaqti, bolaning individual xususiyatlari hamda muammo sodir bo‘lgandan so‘ng yaratilgan pedagogik sharoitga chambarchas bog‘liq ekanligini yana bir bor tasdiqladi. Olib borgan tadqiqotimiz asosida maktabgacha yoshdagi eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar bolalar kommunikativ malakalari asosi - nutqiy rivojlanish darajasini belgilovchi omillarni aniqladik ( - rasm).
SHunga soling buni
-rasm. Maktabgacha yoshdagi eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar bolalar kommunikativ rivojlanish darajasini belgilovchi omillar
Demak, tarbiyalanuvchilarning kommunikatsiyasining asosi sanalgan - nutqiy muammolarini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda eshitish muammosining sodir bo‘lish vaqti va darajasi, ularning ovozni kuchaytirib beruvchi asboblari bilan ta’minlanganligi, shuningdek, rivojlanishi muloqotda – faoliyatning turli shakl va ko‘rinishlarida amalga oshishini hamda pedagoglar va ota-onalarning hamkorlikdagi faoliyatlarini hisobga olish lozim.
Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarning jamiyatda ijtimoiy-psixologik moslashuvining muvaffaqiyati, ularning qobiliyatlari va o'z-o'zini anglashi kommunikativ rivojlanish darajasiga bog'liq.
Eshitish qobiliyati buzilgan maktabgacha yoshdagi kar bolalar moslashish usullarini ishlab chiqishlari va bunday bolalarning kommunikativ faolligini shakllantirish uchun maqsadli ishlashlari kerak bo'lgan juda katta guruhni tashkil qiladi.
Zamonaviy surdopedagogikada eshitishida muammosi bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin bo'lgan bir qator vositalar va usullar mavjud. Vositalarga o'yin, sahna faoliyati, samarali faoliyat, o'yinchoqlar kiradi.
Shuning uchun ham eshitish qobiliyati zaif bolaning muloqot qobiliyatini shakllantirishda katta salohiyatga va ifodali vositalar majmuasiga (intonatsiya, imo-ishoralar, mimika, tasvir) ega bo'lgan teatrlashtirilgan o'yinlar muhim rol o'ynaydi.
Korreksion - pedagogik tekshirish uchun eksperimental tadqiqot o'tkazildi.
Tadqiqotning birinchi bosqichida eshitishida muammosi bo’lgan olti yoshli maktabgacha yoshdagi kar bolalarda muloqot ko'nikmalarini shakllantirish darajasini o'rganish uchun namuna shakllantirildi va usullar tanlandi. Diagnostika uchun nutqning kommunikativ tomonini aniqlashga yordam beradigan usullar va usullar tanlandi.
Tadqiqotning ikkinchi bosqichida muloqot ko'nikmalarini o'rganish dasturi amalga oshirildi. Aniqlovchi eksperimentning barcha natijalari miqdoriy va sifat jihatidan qayta ishlandi.
Tadqiqotning uchinchi bosqichida eshitish qobiliyati zaif bolalarda muloqot ko'nikmalarini rivojlantirish uchun o'quv eksperimenti o'tkazildi. Barcha maktabgacha yoshdagi bolalar ikki guruhga bo'lingan: eksperimental va nazorat. Ikki guruhdagi korreksion mashg'ulotlari odatdagidek o'tkazildi, ammo tajriba-sinov guruhda odatdagi darslarning bir qismi ishlab chiqilgan dastur bilan almashtirildi. Korreksion dasturi amalga oshirilgandan so'ng, darslarning samaradorligini ko'rish uchun nazorat eksperimenti o'tkazildi.
Diagnostika mashg'ulotlar paytida oddiy sharoitlarda o'tkazildi. Olingan ma'lumotlar tahlil qilindi, bu esa tadqiqot xulosalarini shakllantirish imkonini berdi. Tadqiqotda asosiy narsa har bir bolani o'yin va kommunikativ jarayonga jalb qilish edi, bu erda u uchun sezilmaydigan tarzda kommunikativ muloqot qobiliyatlari va dialogik nutq qobiliyatlari o'rgatiladi.
Amaldagi usullar o'rganildi, o'zgartirildi va bizning tezis mavzusiga maksimal darajada moslashtirildi.
Barcha usullardan foydalangan holda o'tkazilgan tadqiqot natijalari eshitish qobiliyati buzilgan maktabgacha yoshdagi bolalarning muloqot qobiliyatlari darajasini aniqlash imkonini berdi.
Olti boladan to'rtta bola o'rtacha muloqot qobiliyatiga ega va faqat ikkita bola zaifdir.
Binobarin, aniqlash bosqichida olingan diagnostika ma'lumotlari muloqot ko'nikmalarini shakllantirish darajasini aniqlashga imkon berdi. Eshitishda muammosi bo‘lgan tajriba-sinov guruhdagi maktabgacha yoshdagi bolalarning ko‘pchiligida muloqot qilish qobiliyati past.
Bu bolalar guruhi boshqa odamlar, ham o'qituvchilar, ham tengdoshlari bilan aloqa qilishni istamasligi bilan ajralib turadi, ular muloqot jarayonida odob-axloq so'zlarini kamdan-kam ishlatadilar, ular hech qachon birinchi bo'lib suhbatni boshlamaydilar, jim, ba'zan noaniq gapiradilar; bu ularni aniqlovchi yoki etakchi savollar berishga majbur qiladi.
Eshitishda muammosi bo'lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning muloqot ko'nikmalari va qobiliyatlarini shakllantirish darajasini o'rganish natijalariga ko'ra, eshitish qobiliyati buzilgan maktabgacha yoshdagi kar bolalarda shakllangan muloqot ko'nikmalari darajasi heterojen ekanligi aniqlandi: muloqot darajasi ko'plab nutq va nutqlarga bog'liq. bolalarning shaxsiy va hissiy rivojlanishiga ta'sir qiluvchi ijtimoiy omillar.
Keyinchalik o'quv eksperimenti o'tkazildi. Korreksion mavzusi besh yoshdan olti yoshgacha bo'lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ va shaxsiy-emotsional rivojlanishi edi. Korreksion darslarining maqsadi: kompleksda nutq va og'zaki bo'lmagan aloqa vositalari orqali muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish.
Eksperimentni o'qitish (shakllantirish) vazifalari:
Eshitishda muammosi bo'lgan maktabgacha yoshdagi kar bolalarda muloqot qobiliyatlarini korreksion usullarini o'rganish.
Kommunikativ kompetentsiyani korreksion uchun mashqlar va kommunikativ o'yinlarni tanlang .
Teatrlashtirilgan o'yinlardan foydalangan holda korreksion dasturini ishlab chiqish va uni maxsus maktabgacha ta'lim muassasasining katta guruhida amalga oshirish samaradorligini tekshirish.
Eshitish qobiliyati buzilgan maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ kompetentsiyasini rivojlantirishga qaratilgan korreksion dasturini amalga oshirgandan so'ng, turli xil korreksion va o'yin teatri faoliyatidan foydalangan holda, ikkita guruhda nazorat eksperimental tadqiqoti o'tkazildi: dastur amalga oshirilgan tajriba-sinov guruhda va nazorat guruhida, bu erda an'anaviy darslar. Diagnostika uchun bir xil usullar qo'llanilgan, faqat turli xil stimul va didaktik materiallar bilan. Ikkala guruhda ham nazorat tadqiqoti natijalarini ko'rib chiqing va ish samaradorligini aniqlang.
Tajriba-sinov guruhdagi eshitish qobiliyati zaif maktabgacha yoshdagi bolalar o'rtasidagi shaxsiy muloqot sezilarli darajada o'zgardi: bolalar muhokama qilinayotgan masalaga qiziqish bildirishdi, ularning barchasi sinfda ko'rgan va eshitganlarini baham ko'rishni xohlashdi.
Nazorat guruhida ushbu usulning natijalari o'zgarmadi.
Shunday qilib, tadqiqot gipotezasi tasdiqlandi. Teatrlashtirilgan o'yinlardan foydalangan holda tizimli maqsadli korreksion ishlari maxsus maktabgacha ta'lim muassasasida eshitish qobiliyati zaif bolalarda muloqot ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’XATI
|
| |