Axmadaliyeva gulasalxon malikjon qizi




Download 265,68 Kb.
bet13/15
Sana05.12.2023
Hajmi265,68 Kb.
#111940
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
01-aprel holatiga lotin (2)


parta «o‘tidi»
divan «o‘tidi, uxadi»
doska «yojdi»
6. Predmetni nomlashda uning mohiyatiga ko‘ra o‘xshovchi predmetning nomidan foydalanish:
rasmlar bola tomonidan nomlanishi
chelak «toola»
stakan «iyla»
lola «ul»
palov «asha»
7. Predmetni nomlashda u bilan shaklan o‘xshovchi predmetning nomidan foydalanish. Bolalar lug‘at zaxirasining kamligi ularning murakkab sanalgan vaziyatdan chiqib ketish yo‘llarini izlashlariga olib keladi. SHu sababli bolalar nutqida u yoki bu predmet nomini atashda shu predmetga shaklan o‘xshash predmet nomidan foydalanish hollari ko‘plab uchradi. Masalan Kamoliddin nutqida bu quyidagicha namoyon bo‘ldi:

rasmlar bola tomonidan nomlanishi
kosa «pila»
kitob «datal»
rasm daftari «datal»
tarelka «ladan»
ruchka «alam»


8. Konkret tushunchani umumiy ma’noni bildiruvchi so‘z bilan nomlash. Masalan, Ulug‘bek ovqatlanish jarayoni bilan bog‘liq barcha tushunchalarni nomlashda birgina «ovqat» so‘zidan foydalandi. Kamol esa gullarning barcha ko‘rinishini umumiy «gul» nomi bilan atadi:
sho‘rva
palov
somsa
«okat»
lola
atirgul
«dul»
9. Predmetni nomlashda uning tovushiga taqlid qilish. Eshitish qobiliyati o‘ta chegaralangan Sarvarning narsalarni nomlashda ularning tovushiga taqlid qilish holati aniqlandi:


rasmlar bola tomonidan nomlanishi
mushuk «miyo»
qo‘y «ma-a-a-a»
sigir «mo‘-o‘-o‘-o‘»
it «vo‘ – vo‘»
poezd «p-u-u-u-p»


10. Predmetni nomlashda guvranish davridagi taqlidlardan foydalanish. Eshitishi juda chuqur buzilgan bolalar faol lug‘atida guvranish davridagi so‘zlarning saqlanib qolganligi ham kuzatildi. Ushbu holatni biz bola nutqiga oilada e’tibor berilmagani bilan bog‘ladik. Masalan, Malikaning ilk yoshida juda nimjon bo‘lishi tufayli oilada uning sog‘lig‘ini tiklashga ko‘p vaqt sarflanib, ota-onaning farzandiga nisbatan g‘amxo‘rligi chegarasi ortib ketgan. SHu sababli barcha yaqinlari u bilan muloqotga juda sodda darajadagi so‘zlar orqali kirishganlar. SHundan kelib chiqqan holda Malikaning nutqi o‘ta chegaralanib qolgan. YA’ni tarbiyalanuvchi nutqida quyidagilar kuzatildi:


rasmlar bola tomonidan nomlanishi
non «nanna»
mashina «bi-bi»
qo‘g‘irchoq «i-i-i-i»
olma «omma»
piyola «umma»


11. Predmetni nomlashda so‘z o‘rnida u bilan bog‘liq voqea va hodisalar bilan bog‘liq holdagi so‘z birikmalari – so‘z-gapdan foydalanish:
rasmlar bola tomonidan nomlanishi
bayroq «bayam bo‘yadi»
qozon «okat yidi»
kosa «toy itadi»
o‘qituvchi «chiyoyi bo‘yadi»
haydovchi «paykka boyadi»
Eshitishida muammolari bo‘lgan bolalar lug‘at zaxirasining tadqiqi, har bir bola lug‘atining o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatlarga ega ekanligi bilan bir qatorda, ularning o‘z fikrlarini bayon etishda katta qiyinchiliklarga uchrashlarini ko‘rsatdi. Masalan, Davron qayd etilgan so‘zlardan 5% igagina to‘g‘ri javob bergan bo‘lsa, 56% iga noto‘g‘ri javob berib, 36% predmetning nomini umuman nomlay olmadi va 3% ini nomlashda imo-ishoradan foydalanishga harakat qildi. Munojot esa muayyan so‘zlardan 65%iga to‘g‘ri, 15 % iga noto‘g‘ri javob berdi, ko‘rsatilgan predmetlarning 10%i nomini umuman ayta olmadi, 11% ini nomlashda imo-ishoradan foydalandi va 9 % iga javob berishdan bosh tortdi. Temur esa berilgan lug‘at tarkibi bilan bog‘liq topshiriqlarning 2 % gagina to‘g‘ri, 25 % iga noto‘g‘ri javob berdi, 73 % iga javob berishdan bosh tortdi.
SHuni ta’kidlash lozimki, hech bir tarbiyalanuvchining guruhlashtirishga oid so‘zlarni nomlay olmasliklari aniqlandi. Deyarli barcha bolalarning kundalik muloqotda qo‘llaydigan so‘zlari, asosan, ot turkumiga, qisman fe’l turkumiga tegishliligi kuzatildi.
Demak, tarbiyalanuvchilar tomonidan muayyan so‘zlar o‘rnida boshqa so‘zlardan foydalanish hamda ularni qorishiq holda qo‘llash holatlari sistematik ravishda amalga oshirildi. Ularning aksariyat qismi kundalik muloqotda eng zarur bo‘lgan lug‘atning yarmini ham egallamaganligi aniqlandi. SHuningdek, biror bir tarbiyalanuvchining mo‘ljaldagi lug‘atni 100 % egallaganligi kuzatilmadi. An’anaviy surdopedagogikadagi eshitishning nisbatan oz buzilishi ham lug‘atni to‘liq o‘zlashtirishga imkon bermasligi haqidagi qoida yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi [29].
Nofaol lug‘atni tadqiq qilish natijalari. Ushbu bosqichda olib borgan ishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, eshitish muammosi bolalarning mustaqil holda nofaol lug‘atni mustaqil ravishda boyitib borishlariga to‘sqinlik qilmoqda. SHuningdek, lug‘at zaxirasining o‘ta darajada chegaralanishiga bola bilan muloqotda yaqinlarining ko‘pincha imo-ishora yoki juda sodda so‘zlar orqali murojaat qilishlari, ba’zan esa atrofdagilar o‘zaro muloqotda bolaning eshitish imkoniyatidan yuqori bo‘lgan murakkab so‘z va konstruksiyalardan foydalanishlari ham sabab bo‘lmoqda. SHu sababli tarbiyalanuvchilarning lug‘at zaxirasida kundalik hayotda ko‘plab uchraydigan so‘zlar mavjud emas. Masalan, Ra’no ko‘rsatilgan rasmlar ichidan chelakni, Komila esa konfet va chelakni topib berolmagan bo‘lsa, Sarvar mushuk, qo‘ylarni taqlidiy so‘zlar orqali ifodalashi sababli ajratib bera olmadi. SHuningdek, SHarifaning lug‘at zaxirasida qo‘g‘irchoq «chaqaloq» nomi bilan mavjud bo‘lganligi tufayli u o‘zi kunda o‘ynaydigan qo‘g‘irchoqni rasmlar ichidan ko‘rsatib bera olmaganligiga guvoh bo‘ldik.
Xulosa shuki, tadqiqot natijalari bolalar faol hamda nofaol lug‘atining bir-biriga deyarli mutanosib holda rivojlanib borishini yana bir bor tasdiqladi.
Maktabgacha yoshdagi eshitishida muammolari bo‘lgan bolalar tilining grammatik
tizimini tadqiq qilish natijalari
Eshitishida muammolari bo‘lgan bolalar nutqida shunday ko‘rinishdagi o‘ziga xosliklar kuzatildiki, bolalar, ko‘pgina holatlarda, o‘z fikrlarini bayon etishda o‘zaro bog‘lanmagan, yaxlit gaplar o‘rnini bosuvchi alohida so‘zlardan foydalanar ekanlar.
Tarbiyalanuvchilar nutqining grammatik tizimida ham o‘ziga xoslik, ya’ni tasvirdagi holatlarning bayonida chetga chiqishlar: so‘z va qo‘shimchalarni almashtirish, qorishtirish, shuningdek, leksik birliklarning tarkibiy buzilishi kuzatildi. ya’ni:
a) gap o‘rnida so‘zdan foydalanish:
rasmlar bolalar javobi
Ona olma yuvayapti «oyi»
It vovullayapti «uchu»
O‘g‘il bola tomga chiqayapti «boya»
Piyola stol ustida turibdi «tol»
Qiz bola gullarga suv quyyapti «dul»


b) gap o‘rnida o‘zaro birikmagan so‘zlardan foydalanish:


rasmlar bolalar javobi
O‘g‘il bola cho‘milyapti «bola chumil»
Mushuk sut ichyapti «musu ich»
Ona o‘g‘il bolaga paypoq kiydiryapti «onasi bolasi»
Qiz bola suv ichyapti «kiz su»
Qiz bola stolga dasturxon yozayapti «kiz tol»


v) gap o‘rnida to‘liqsiz yoki grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilmagan gapdan foydalanish:
rasmlar bolalar javobi
Ona olma yuvayapti «Ona oma yudi»
Qiz bola quyonga sabzi berayapti «Kiz abi bedi»
Qiz bola o‘ynayapti «Kiz unadi»
Ona o‘g‘liga non berayapti «Onasi bedi ugilda non»
Qiz bola mushukka sut quyib berayapti «Kiz bala musu bedi ut»


Maktabgacha yoshdagi eshitishida muammolari bo‘lganbolalar mustaqil nutqini tadqiq qilish natijalari
Bolalar mustaqil nutqini tadqiq qilish ularda mustaqil holda mantiqiy bog‘langan hikoyalarni tuza olish ko‘nikmalarining mavjud emasligini ko‘rsatdi. Bolalar rasmlarda faqatgina narsa va predmetlarni «ko‘radilar». Ishtirok etgan bolalarning yarmidan ko‘pi – 57 % dan ortiqrog‘i ushbu ko‘rinishdagi faoliyatda ishtirok etishdan bosh tortdi. Qolgan ishtirokchilardan biror nafari ham mustaqil bayon etish malakasiga egaligini namoyish eta olmadi. Masalan, mavzularga doir ishlangan rasmlarni bayon etishda Farhod asosan predmet nomlarini aytgan bo‘lsa, Ulug‘bek va Malohat agrammatizm ko‘rinishiga ega bo‘lgan sodda gaplardan foydalandi. SHuningdek, Doniyor, Laziza, Sitoralarning jumlalarni tuza turib, imo-ishoraga o‘tib ketishlari kuzatildi.
Xullas, bolalarda mavjud mustaqil nutq malakalari ularning faol va nofaol lug‘atlari, shuningdek, ona tilining grammatik tizimini egallanganlik darajasi bilan chambarchas bog‘liq. SHunga ko‘ra nutqni keng qamrovli, atroflicha rivojlantirish lozim.
Maktabgacha yoshdagi eshitishida muammolari bo‘lganbolalar talaffuz malakalarini tadqiq qilish natijalari
Tadqiqotimizda eshitishida muammolari bo‘lganbolalarga xos bo‘lgan so‘zlarning talaffuz qilinishida uchraydigan quyidagi me’yordan chetga chiqishlar aniqlandi:
I. So‘zdagi ma’lum bir tovushlar talaffuzining buzilishi. Aytib o‘tish joizki, bunday me’yordan chetga chiqish turli ko‘rinishlarga ega bo‘lsa-da, ularning barchasida so‘zning umumiy ko‘rinishining saqlanib qolingani kuzatildi.
Kuzatishlarimiz eshitishida muammolari bo‘lganbolalar tomonidan buzib talaffuz qilingan tovushlarni quyidagicha guruhlashtirish imkonini berdi:
Undosh tovushlarning unli tovushlar bilan almashtirib talaffuz qilinishini anglatuvchi sonantlik. Masalan, jarangsiz s, sh, z tovushlarining lablashmagan til oldi i unlisi bilan almashtirilishi.
2. Jarangsiz undosh o‘rniga jarangli undoshning talaffuz qilinishi. Masalan, yaqin til orqa jarangsiz k o‘rniga yaqin til orqa jarangli g ning talaffuz qilinishi, lab-tish jarangsiz f tovushining lab-lab jarangli v tovushi bilan almashtirilishi, til oldi jarangsiz t tovushining til oldi jarangli d ko‘rinishida talaffuz qilinishi.
3. Jarangli undosh o‘rniga jarangsiz undoshning talaffuz qilinishi. Masalan, q tovushining k, d ning t, b ning p, j ning ch, j ning t holida deb talaffuz qilinishi kuzatildi.
4. r jarangli undoshining boshqa jarangli undoshlar y yoki l bilan, g‘ ning g bilan bilan almashtirilishi holati.
5. Jarangsiz undoshlarning boshqa jarangsiz undoshlar bilan almashtirilishi. Masalan, ch ning t bilan, s ning t bilan almashtirilishi holati.
6. Tishlararo va yon sigmatizmi holati. Bu holat artikulyasiya apparatida biroz me’yordan chetga chiqishlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarda kuzatildi. Jag‘, prikus rivojlanishi (yuqori va pastki jag‘larning jipslashuvida tishlarning holati)dagi me’yordan chetga chiqishlar sababli s, z, sh, j tovushlarining st, zd, t, d kabi talaffuz etilishini ham kuzatdik.
rasmlar bolalar tomonidan talaffuz qilinishi
stol «itol»
sher «ier»
g‘oz «oi»
karam «gayam»
konfet «onvet»
stol «dol»
qo‘g‘irchoq «kugilcho»
daraxt «dayax»
qor «kol»
choy «toy»
soat «toat»
bayroq «payyo»
jo‘ja «to‘ta»
shar «tar»


II. So‘zdagi tovushlarning tushirib qoldirilishi. Ma’lumki, u yoki bu tovushning talaffuz etilishi bevosita uning og‘zaki nutqni eshitgan hamda ko‘rish analizatoriga tayangan holda idrok etilishi bilan bog‘liq. Kuzatishimiz tahlili maktabgacha yoshdagi eshitishida muammolari bo‘lganbolalar tomonidan idrok etilishi ular uchun qiyin sanalgan undosh tovushlarning tushirib talaffuz qilishlarini ko‘rsatdi. Masalan, bir guruh tarbiyalanuvchilarning faqat til orqa va bo‘g‘iz tovushlarini tushirib talaffuz qilganligi kuzatilsa, boshqa bir guruh bolalarining lab va til undoshlarini tushirib qoldirishlari aniqlandi. Biz ushbu holatlarning yuzaga kelishini asosan eshitishning pasayish darajasi bilan bog‘ladik. Bolalar tomonidan tovushlarning tushirib talaffuz etilishiga oid quyidagi holatlar kuzatildi:
rasmlar bolalar tomonidan talaffuz qilinishi
bola «ola»
daftar «datal»
gul «ul»
piyoz «piyo»
olma «ola»
shar «al»
Download 265,68 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 265,68 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axmadaliyeva gulasalxon malikjon qizi

Download 265,68 Kb.