|
B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»
|
bet | 20/231 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #155970 |
Bog'liq Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org§. OMIXTA YEM TEXNOLOGIYASI
Chorvachilikning muhim omili-mustahkam oziqa bazasini yaratishdir. Bunda omixta yemga alohida ahamiyat beriladi. Omixta yemdan foydalanish go‘sht, sut, tuxum va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishni oshirish, tannarxini pasaytirish imkonini beradi.
Omixta yem fizik holatiga ko‘ra sochiluvchan, briketlangan, donador va galet ko‘rinishidagi turlarga boiinadi. Sochiluvchan omixta yem bir xil maydalangan mahsulotdir. Briketlangan omixta yem to‘g‘riburchak prizma 34
shakliga ega bo‘lib, uzunligi 160-170 mm, kengligi 70-80 mm, balanligi 30-600 mm ni tashkil qiladi. Donador (granulali) omixta yem ma’lum diametr va balandligi uncha katta bo‘lmagan silindr shaklida granula deb ataluvchi oquvchan massadan iborat. Galetlar teshikli to‘rtburchak kulcha shakliga ega. Ular tarkibi va oziqaviy qiymati bo‘yicha ratsionli va konsentratli omixta yemlarga bo‘linadi.
Omixta yem va uning tarkibiy qismlarining oziqaviy qiymatini belgilash uchun «oziqa birligi» iborasi ishlatiladi. U namligi 13%, hajmiy massasi 450-480 g/m3 bo‘lgan 1 kg sulining oziqa qiymatiga ekvivalentdir.
Omixta yem ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan xomashyo tavsifi.
Omixta yem ishlab chiqarish uchun turli-tuman xomashyolar qo‘llaniladi. Ularga boshoqli va dukkakli ekinlar donlari, ba’zi oziqabop o‘tlarning urug'lari; turli oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalarining chiqindilari, hayvonlardan kelib chiqadigan oziqalar, mineral oziqalar va boshqalar kiradi.
Turli ekin donlari va urug'lar hamda un va yorma ishlab chiqarish sanoati chiqindilari omixta yemning asosiy tashkil qiluvchi qismlari hisoblanadi. Turli omixta yem tarkibiga aralashma yoki alohida-alohida ko‘rinishda 10-50% suli, 30-50% arpa, 20-35% makkajo'xori, 15-30% javdar, 20-30% bug‘doy qo‘shilishi mumkin.
Kepak-donni unga qayta ishlashning chiqindisi hisoblanadi. Kepak tarkibida, donli ekinning turiga ko‘ra, taxminan 15% xom protein, 4% xom yog‘; 9% selluloza; sezilarli miqdorlarda kalsiy, fosfor, natriy, almashinadigan aminokislotalar lizin, metionin + sistin mavjud. 100 kg bug‘doy kepagining oziqaviylik qiymati-72, javdarniki-65, makkajo‘xoriniki-89 oziqa birligiga mos keladi.
Oziqa uni-donni yormaga qayta ishlashda hosil bo‘ladi. Bundan tashqari un tortish korxonalarida bug'doy va javdar oziqa uni ajratib olinadi. Oziqa uni tarkibiga unli endosperm, meva va urug‘ qobiqlari, murtak zarrachalari kiradi. Gul qobig‘iga ega bo‘lgan donlarni qayta ishlashda oziqa uni tarkibida ma’lum miqdorda maydalangan gul qobiqlari bo‘lishi mumkin.
100 kg bug‘doy unining oziqaviy qiymati-99, javdarniki-67, arpaniki-117, suliniki-104, makkajo‘xoriniki-130, no'xatniki-116 oziqa birligiga mos keladi.
Oziqaviy bug'doy murtagi E vitaminiga boy bo‘lib, nasldor hayvonlar va parrandalarning omixta yemlariga qo'shish tavsiya etiladi. 100 g
35
bug‘doy murtagida 65 mg E vitamini mavjud. Omixta yemlarga murtak 2% miqdorda bug‘doyning o‘rniga qo'shiladi.
Don chiqindilariga un tortish, yorma tayyorlash korxonalarida va elevatorlarda hosil boiadigan qo‘shimcha mahsulotlar kiradi. Omixta yem sanoatida tarkibida foydali doni 65% dan kam boimagan donli chiqindilar ishlatiladi. Donli chiqindilarda don miqdori qanchalik ko‘p boisa, u shunchalik yuqori oziqaviy qiymatga ega boiadi. 100 kg don chiqindilarining oziqaviy qiymati 68 oziqa birligiga mos keladi.
Qishloq xo‘jaligi sanoatining xomashyolarini yog‘-ekstraksiya korxonalarida qayta ishlashda, omixta yem ishlab chiqarishda keng qoilaniladigan qo'shimcha mahsulotlar olinadi.
Kunjara va shrot. Yogii o‘simliklarning urugiaridan yog‘ni ajratib olgandan keyin hosil boiadigan chiqindi mahsulotlar hisoblanadi. Kunjara tozalangan, maydalangan, issiqlik va namlik bilan ishlov berilgan urugiardan presslarda yog‘ siqib olingandan keyin, shrot esa yog‘ni organik erituvchilar bilan ekstraksiyalab olgandan keyin hosil boiadi. Ekstraksiyalashdan keyin erituvchi ajratib olinadi, qolgan massa esa quritiladi. Quritilgan sochiluvchan massa shrot deb nomlanadi. Kunjarada yog‘ning miqdori absolut quruq moddaga nisbatan 7% ni tashkil qiladigan boisa, shrotda-2,5% dan oshmaydi.
Yogii urugiarning kunjarasi va shroti oqsilga boy, sezilarli miqdorda yog‘, selluloza, almashinmaydigan aminokislotalar, mineral moddalar saqlovchi yem hisoblanadi. 100 kg kungaboqar shrotining oziqaviy qiymati 104, zig‘irniki-113, yeryong‘oqniki-124, chigitniki-106, makkajo‘xoriniki—116 oziqa birligiga mos keladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»
|