B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»




Download 1,23 Mb.
bet21/231
Sana13.02.2024
Hajmi1,23 Mb.
#155970
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   231
Bog'liq
Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org

Fosfatid konsentrati. Yog‘ ishlab chiqarish korxonalarida yog‘dagi fosfatidlar (lesitin) eritmasi ishlab chiqarishda qo‘shimcha mahsulot sifatida hosil boiadi. Konsentrat tarkibida hayvonlar organizmida modda almashinuvini rivojlantiradigan xolin, tokoferol (E vitamini) kabi qimmatli biologik faol moddalar mavjud. 100 kg fosfatid konsentratining oziqaviy qiymati 350 oziqa birligiga mos keladi.
Makkajo'xori oz/<7<3.s7-makkajo‘xoridan kraxmal ishlab chiqarishning qo‘shimcha mahsulotidir. 100 kg yemning oziqaviy qiymati 112 oziqa birligiga mos keladi. Tuzlangan gidrol kraxmal-patoka sanoati korxonalarida kristallsimon glukoza ishlab chiqarishning qo‘shimcha mahsuloti hisoblanadi. Gidrol tarkibida 45-50% qandlar, 9-13% osh tuzi va mineral moddalar mavjud. 100 kg tuzlangan gidrolning oziqaviy qiymati 67 oziqa birligiga mos.


36
Hayvon mahsulotlaridan olinadigan xomashyolarga yuqori biologik qiymatga ega bo‘lgan go‘sht, baliq, sutni qayta ishlashda hosil boiadigan qo‘shimcha xomashyolar kiradi. Ular katta miqdordagi to‘la qimmatli oqsillar, mineral moddalarga egaligi va yaxshi hazm boiishi bilan farq qiladi. Shuning uchun hayvonlarning barcha turlari va guruhlari uchun moijallangan omixta yemlarga qo‘shiladi.
Go'sht-suyak uni hayvonlarning iste’molga yaroqsiz boigan etlaridan va go'sht kombinatlarida hayvonlarni so‘yish vaqtida hosil boiadigan turli xil chiqindilaridan ishlab chiqariladi. 100 kg go‘sht-suyak uni 71-90 oziqa birligiga mos keladi. Go'sht uni yuqori sifatli oqsilli oziqa. Hayvonlarning ichki organlari, ivigan qonlari, go'sht-konserva sanoatining chiqindilari va boshqa turdagi chiqindilardan ishlab chiqariladi. 100 kg go‘sht uni 100­120 oziqa birligiga mos keladi. Qon uni qondan, fibrindan va suyakdan ishlab chiqariladi. U yaxshi hazm boiadigan proteinga ega yuqori oqsilli yem hisoblanadi. 100 kg qon uni 98 oziqa birligiga mos keladi. Suyak uni hayvonlarning suyaklariga ma’lum usul bilan ishlov berib olinadi. Suyak uni omixta yemlar tarkibidagi fosfor va kalsiy orasidagi nisbatni muvozanatlash uchun qoilaniladigan mineral qo‘shimcha hisoblanadi. 100 kg suyak unining oziqaviy qiymati 84 oziqa birligiga mos keladi.
Oziqaviy yog'lar A va E vitaminlariga boy. Parrandalar jo'jalarining omixta yemlariga qo'shilganda katta samara beradi. Yogiarni omixta yemlarga qo‘shish ularning mazasini yaxshilaydi, yem tarkibida mavjud boigan vitaminlarni turg‘unlashishiga yordam beradi. 100 kg yogiarning oziqaviy qiymati 350 oziqa birligiga to‘g‘ri keladi.
Baliq uni baliqni qayta ishlash sanoatining chiqindilaridan ishlab chiqariladi. U mikroelementlarga, vitaminlarga, asosan, B12 vitaminiga boy. Sifatiga qarab 100 kg baliq unining oziqaviy qiymati 88—150 oziqa birligiga mos keladi.
Omixta yem tarkibiga mineral moddalardan osh tuzi, bo‘r, oziqaviy fosfatlar, molluskalarning chig‘anoqlaridan tayyorlangan un, travertin uni, ohak va boshqalar qo‘shiladi.
Antibiotiklar chorva mollarining o‘sishini rivojlantirish xossasiga ega. Omixta yemlarga antibiotiklar toza holda emas, balki preparatlar ko‘rinishida, davolash maqsadida qo‘shiladi.
Karbamid. Kimyo sanoatida havo azotini ammiakda vodorod bilan bogiab karbamid ishlab chiqarish texnologiyasi o‘zlashtirilgan. Karbamid-(NH2)2C04 hidsiz, suvda yaxshi eriydigan sho‘rtak-achchiq ta’mli oq kristallsimon modda boiib, tarkibida 46-46,3% azot mavjud.


37
Kristall va granula shaklida ishlab chiqariladi. Granula shaklida karbamid kam yopishib qoladi. Karbamid azotining hay von organizmida proteinga aylanishi, hayvonlarning ovqat hazm qilish traktida mavjud bo‘lgan, ayniqsa kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oshqozonidagi mikroorganizmlar hayot faoliyati natijasida sodir bo‘ladi.
Hayvonlar ratsionidagi oziqaviy protein tanqisligini ko‘p hollarda karbamid bilan qoplash mumkin. Bunday almashtirish, ratsionda faqat protein tanqis, ammo oson hazm bo‘ladigan uglevodlar, vitaminlar va mineral moddalar yetarli miqdorda mavjudligida mumkin bo‘ladi. Tajribalarning ko'rsatishicha 1 kg karbamid 2,6 kg hazm bo‘ladigan proteinga ekvivalent ekan. Karbamiddan foydalanilganda mahsulot ishlab chiqarishga sarflanadigan yem sarfi 10-15% ga kamayadi.
Omixta yem retseptlari. Omixta yem komponentlari nomi va ularning foizlarda ifodalangan nisbatlari retsept ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Retseptlar hayvon turi, yoshi va yo‘naltirilgan maqsadiga qarab tuziladi. Har bir retseptda hayvon turiga bog‘liq raqam berilgan. Hayvon, parranda va baliq turlari uchun ma’lum o'nlik ajratilgan: tovuq uchun 1 dan 9 gacha, kurka uchun 10 dan 19 gacha, o‘rdak uchun 20 dan 29 gacha, cho'chqa uchun 50 dan 59 gacha, yirik shoxli hayvonlar uchun 60 dan 69 gacha, qo'ylar uchun 80 dan 89 gacha va hokazo. O'rnatilgan o‘nlik retseptda hayvon, parranda, baliqlar guruhi bo‘yicha tartib raqami beriladi. Masalan, 1-tuxum beradigan tovuqlar, 2-10 dan 30 kungacha yoshdagi jo'jalar,
  1. 31 kundan 60 kungacha va undan katta bo‘lgan tovuqlar uchun.


Retsept ikki raqam bilan belgilanadi. Undan birinchisi-hayvon turi va guruhi, ikkinchisi-retseptning tartib raqami. Ikki qiymat ham yonma- yon defis orqali qo'yiladi. Omixta yem turi bosh harflar bilan belgilanadi: PK-to‘liq ratsionli, K-omixta yem konsentrati.


Omixta yem ishlab chiqarish texnologik jarayoni xomashyoni qabul qilish, joylashtirish, saqlash va ishlab chiqarishga uzatish; xomashyoni tozalash; ayrim omixta yem turlari uchun donni oqlash; komponentlarni maydalash; komponentlarni dozalash va aralashtirish; granulalash; omixta yemni uzatish kabi bosqichlardan iborat.
Xomashyoni qabul qilish. Omixta yem keng assortimentini ishlab chiqarish va korxonaning uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida xomashyoning barcha turlari bo‘yicha ma’lum zaxirasini yaratish va uni doimiy tarzda to'ldirib turish talab qilinadi. Buning uchun zamonaviy omixta yem ishlab chiqarish korxonalarida temiryo‘l va avtomobil transporti yo'llari, xomashyoni qabul qilishga mo‘ljallangan mexanizatsiyalashtirilgan omborlar mavjudligi ko‘zda tutilgan.


38

Xomashyoni joylashtirish-x omashyo sifatini e’tiborga olgan holda omborlar sig‘imlaridan oqilona foydalanish, saqlash vaqtida xomashyoni minimal darajada tashish kabi tadbirlardan iborat.

Xomashyoni saqlash jarayonida uning sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf qilish uchun barcha tadbirlar amalga oshirilishi lozim. Xomashyo saqlashga mo‘ljallangan omborlar texnik va sanitariya talablariga javob berishi kerak, ya’ni tomi sozlangan, devorlari toshli yoki g‘ishtli, temir-betonli va quruq, suvalgan, oqar suvlardan yaxshi izolatsiyalangan boiishi talab qilinadi.
Xomashyo sifati va xossalariga ko‘ra omborlarda muvofiq havo harorati va nisbiy namlikni ta’minlab turish, xonalarni shamollatish kabi tadbirlarni amalga oshirish zarur.
Xomashyoni qabul qilish va joylashtirish bilan bogiiq barcha jarayonlar temiryoi vagonlari va avtomobillardan tezkorlik bilan bo‘shatib olishni ta’minlashi kerak. Bu maqsadlar uchun quvvati yuk aylanishi bilan aniqlanadigan mexanizatsiyalashgan qurilmalardan foydalaniladi.
Zaruriyat bo'yicha omborda saqlanadigan xomashyo qayta ishlashga beriladi. Buning uchun, asosan, zanjirli konveyerdan foydalaniladi.
Xomashyoni tozalash. Omixta yem ishlab chiqarishda don massasini oichamlari va aerodinamik xossalari bilan farq qiluvchi begona aralashma­lardan tozalash uchun havo g‘alvirli separatorlar qoilaniladi. Don massasi bu mashinalarda aralashmalarning kattaliklari (qalinligi va yirikligi) bo‘yicha ajratuvchi qiya joylashgan g‘alvirlarda ketma-ket elash bilan tozalanib, havo oqimidan aspiratsion kanallar orqali don qatlami ikki marta (mashinaga tushishda va undan chiqishda) o‘tkaziladi, havo oqimi o‘zi bilan yengil aralashmalarni olib ketadi. G'alvirlarda don dag‘al aralashmalardan (tosh, ip, qirindi va boshqalar), mayda aralashmalardan (chang, qum, oqishoq, ifloslantiruvchi aralashmalar va boshqalardan) elash yoii bilan tozalanadi.
Po'stloqli ekinlarning po'stini ajratish (oqlash). Omixta yem ishlab chiqarishda po'stloqli ekinlar orasida suli va arpadan keng foydalaniladi. Ular yuqori oziqaviy qiymatga ega, ammo po‘stining katta qismini selluloza tashkil qiladi. Jo‘ja va cho‘chqa bolalari organizmi sellulozani qiyin hazm qilishini nazarda tutib, po‘stloqli ekinlarning po‘sti ajratiladi. Buning uchun dastlab yirikligi bo'yicha saralangandan keyin, don qobiq ajratuvchi (masalan, ZShN rusumli va boshqalar) mashinalarda ishlov beriladi, keyin qobiq aspiratsiyalash yoii bilan ajratiladi.
Xomashyoni maydalash. Omixta yem ishlab chiqarishda qoilani- ladigan xomashyoning ko‘p turlari don, granula, boiaklar shakliga ega.


39





Download 1,23 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   231




Download 1,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»

Download 1,23 Mb.