|
B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»
|
bet | 215/231 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #155970 |
Bog'liq Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org385
Ksilit. Bu besh atomli spirtning formulasi CH2OH(CHOH)2CH2OH ko‘rinishga ega. U erish harorati 61-61,5 °C va 93-94,5 °C bo'lgan kristallar shaklida mavjud. Ksilit optik jihatdan nofaol modda hisoblanadi.
Oziqaviy ksilit suv va spirtda eruvchi shirin ta’mli gigroskopik kristallar ko'rinishida bo‘ladi. Energetik qiymati jihatidan saxarozaga teng boiib, undan ikki marta shirinroq.
Ksilit diabet bilan kasallangan bemorlar uchun oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qoilaniladi. U ksilozani qaytarish yoii bilan olinadi. Ksilitni ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo sifatida o'simliklarning chiqindilari (chigit po‘chog‘i, makkajo'xori so'tasi va boshqalar) qoilaniladi. Ksilit suvda eriydi, issiqlikni yutish xossasiga ega. Shuning uchun u «sovuq» ta’mga ega boiadi. Korxonalarga shirin ta’mli hidsiz oq kristallar shaklida keltiriladi. Uning namligi 2 % dan oshmasligi kerak.
Yordamchi materiallar. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda alohida yordamchi materiallardan foydalaniladi. Ularga parafin, talk, silikon va boshqalar misol boiadi.
Parafin. Parafin deb to‘g‘ri tuzilishga ega boigan, yuqori molekulali uglevodorodlar aralashmasidan iborat neftni qayta ishlash mahsulotiga aytiladi. Parafin neftning parafinsimon turlarining yogii distillatlaridan kristallash yoii bilan olinadi. Parafinning umumiy formulasi C4nH2n+2 ko'rinishida boiib, n ning qiymati 19 dan 35 gachani tashkil etadi, uning molekular massasi 300-500 ga teng. Tozalangan parafin-hidsiz, ta’msiz, yog'simon, suv va spirtda erimaydigan, organik erituvchilarda oson eriydigan mahsulotdir. Erish harorati 50-54 °C ga teng. Parafin kimyoviy jihatdan turg'un modda hisoblanadi.
Qandolatchilik sanoatida parafin draje va karamel «jilosi»ning asosiy tarkibiy qismi sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari parafin yana qandolat massalarini turli yuzalarga yopishib qolishining oldini olish, shuning bilan birga qandolat mahsulotlarini o'rashda va tamg‘alashda ishlatiladigan qog‘ozni parafinlash uchun ham ishlatiladi.
Oziq-ovqat sanoatida yuqori darajada tozalangan, hidsiz, oq kristall- simon ko‘rinishdagi parafindan foydalanish mumkin. Tarkibida yog‘ miqdori 0,5% dan oshmasligi, mexanik aralashmalar va suv boimasligi kerak. Oziqaviy parafinga qo'yiladigan asosiy talablardan biri- tarkibida kanserogen ta’sirga ega boigan oltingugurt, fenol va 3-4-benzopiren boimasligi kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»
|