|
B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»
|
bet | 223/231 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #155970 |
Bog'liq Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.orgOziqaviy bo'yoqlar- mahsulotning rangi - uning jozibadorligini ta’minlash maqsadida Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan qo'llashga ruxsat berilgan tabiiy va sun’iy bo'yoqlar.
Oziqaviy organik kislotalar-mahsulotlarga meva va rezavorlarga xos bo'lgan nordon ta’mini berish uchun qo'llaniladigan limon, vino, olma, sut, sirka kislotasi va boshqalar.
Pasterizatsiya - mikroorganizmlarni yo'qotish maqsadida mahsulotga 100 °C haroratgacha issiqlik bilan ishlov berish.
Pitra-pivo ishlab chiqarishda susloni ajratib olish maqsadida zatorni filtrlashdan keyin qolgan sifatli chiqindi.
Pivo suslosi - pivo ishlab chiqarishning asosiy oraliq yarimtayyor mahsuloti, zatorni filtrlash natijasida olingan suyuqlik.
Pulpa - bu butun yoki o'rtasi (urug'lari, urug' xonasi, danaklari) olingan yoki olinmagan mevalar, yoki rezavorlar bo'lib, sulfit kislotasi yordamida konservalangan.
Qandlanish (qandlantirish) - kislota yoki fermentlar ta’sirida kraxmalning qandlar (maltoza, glukozagacha parchalanishi, ammo bijg'ish mahsulotlari texnologiyasida «qandlantirish» atamasi qandga aylantirish jarayonini emas, balki yod eritmasi rangining yo'qolishi ma’nosini bildiradi.
Quritishning konvektiv usuli-quritilayotgan material va issiq havo o'rtasidagi issiqlik va namlik almashinuviga asoslangan usul.
Rektifikatsiya - binar yoki ko'p komponentli suyuq aralashmani bir-biridan uchuvchanligi bilan farq qiladigan komponentlar yoki komponentlar guruhiga (fraksiyalarga) ajratish jarayoni.
Salomas - ma’lum sharoitda katalizator ishtirokida vodorod bilan to'yintirish natijasida ma’lum darajada qotirilgan yog' mahsuloti.
392
Separator-markazdan qochma kuch ta’sirida mahsulotning yengil qismini og'irroq qismidan ajratuvchi apparat.
Soapstok-moyni ishqoriy neytrallash natijasida erkin yog' kislotalarining ishqor bilan ta’sirlashib, hosil qilgan sovunli eritmasi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»
|