|
Margarin - tarkibiga yog' va moylar, sut, tuz, shakar, emulgatorlar, aromatizatorlar va boshqa komponentlar kiradigan moyda taqsimlangan suvning qotirilgan emulsiyasi
|
bet | 222/231 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #155970 |
Bog'liq Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.orgMargarin - tarkibiga yog' va moylar, sut, tuz, shakar, emulgatorlar, aromatizatorlar va boshqa komponentlar kiradigan moyda taqsimlangan suvning qotirilgan emulsiyasi.
Matritsa - ma’lum shakldagi teshikchalarga ega qalin metall plastina bo'lib, presslarning asosiy qismi hisoblanadi.
Melanj - po'choq, po'stloq va tuxum murtagidan ajratilgan, oqi sarig'i bilan aralashtirilgan va muzlatib qadoqlangan tuxum mahsuloti.
Mezga-moyli urug' yanchilmasiga gidrotermik ishlov berib, namlab qovurish natijasida hosil bo'lgan material.
Mitsella-moyni ekstraksiyalashda qo'llaniladigan erituvchisi bilan aralashmasi.
Modifikatsiyalangan kraxmallar- maxsus ishlov berish natijasida tabiiy kraxmalning xossalarini o'zgartirish yo'li bilan olingan mahsulotlar.
Moyni gidratatsiyalash - moydan suv ta'siri yordamida gidrofil xususiyatli moddalar guruhini ajratib olish.
391
Moyni rafinatsiyalash - moyni boshqa guruh lipidlari va aralashmalardan tozalab ajratish jarayoni.
Novvoylik achitqilari-tarkibida qand mavjud bo'lgan muhitlarni bijg'itish xususiyatiga ega achitqi zamburug'lari biologik massasi.
Omixta yem-don va donni qayta ishlash korxonalari chiqindilarini ma’lum oziqaviy qiymatga ega turli xomashyolar bilan aralashtirib, maxsus ishlov berish yo'li bilan tayyorlangan va hayvonlar uchun yem sifatida qo'llaniladigan mahsulot.
Oparali usulda xamir tayyorlash - ikki bosqichli xamir tayyorlash usuli bo'lib, birinchi bosqichda un va suvning ma’lum qismi, achitqining hammasidan opara, ikkinchi bosqichda oparaga qolgan xomashyolarni qo'shib xamir tayyorlanadi.
Oparasiz usulda xamir tayyorlash - bir bosqichli xamir tayyorlash usuli bo'lib, retseptura bo'yicha un, suv, achitqi shakar, yog' va boshqa qo'shimcha ashyolar hammasi birdaniga solib xamir qoriladi.
Ottyok - shakar ishlab chiqarishda utfellarni sentrifugalash va shakarni oqlash natijasida olingan qand va noqandlarni saqlovchi suyuqlik.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Margarin - tarkibiga yog' va moylar, sut, tuz, shakar, emulgatorlar, aromatizatorlar va boshqa komponentlar kiradigan moyda taqsimlangan suvning qotirilgan emulsiyasi
|