|
-jadval
Biologik qiymati jihatidan aminokislotalarni tasnifi Pdf ko'rish
|
bet | 150/273 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,12 Mb. | | #249242 |
Bog'liq Sobirova-R.A-biokimyo21-jadval
Biologik qiymati jihatidan aminokislotalarni tasnifi
Almashtirib bo‘lmaydigan Yarim almashtirib bo‘ladigan Almashtirib bo‘ladigan
aminokislotalar
aminokislotalar aminokislotalar
Valin Arginin Alanin
Leytsin
Tirozin Asparagin kislotasi
Izoleytsin
Gistidin Glitsin
Treonin
Glutamin kislotasi
Lizin
Prolin
Metionin
Serin
Fenilalanin Trirozin
Triptofan
Sistein
Sistin
Ovqat aralashmasida almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalardan
birontasi bo‘lmasa manfiy azot balansi rivojlanishi, ozib ketish, osishdan
toxtash, asab tizimining buzilish holatlari kuzatiladi.
Parenteral oziqlanish
Klinika amaliyoti uchun parenteral oqsilli oziqlanish muammosi
muhimdir. Ma’lumki, oqsillar dastlab oshqozon-ichak yolida erkin
aminokislotalargacha parchalanib va hazmlanganidan keyingina, odam
organizmi ulardan foydalanishi mumkin. Oqsillar parenteral yo‘l bilan
(yani ichak yolini aylanib otilsa) yuborilsa, sensibilizatsiya rivojlanishiga
olib keladi (yot oqsilga nisbatan organizm sezgirligining oshishi),
bordiyu, oqsil takroran yuborilsa, anafilaksiyaga, yani organizmni shok
holatiga olib kelishi mumkin. Ammo ushbu usul bilan oqsil yuborishga,
xususan, jarrohlik amaliyotida qizilongachning kuyishi va
zaharlanishidan, qizilongach va oshqozonning ogir osmali
jarohatlanishida, oshqozon va ichak operatsiyalaridan so‘ng klinitsistlar
majbur bo‘ladilar. Oqsil eritmalarning parenteral yuborilganidan so‘ng,
ogir asoratlarini oldini olish uchun hozirgi vaqtda oqsilli oziqlanish
uchun oqsillar gidrolizatlaridan (aminokislotalar aralashmasi)
foydalaniladi. Aminokislotalar aralashmasini yuborish allergik
reaksiyalar rivojlanishiga olib kelmaydi, chunki aminokislotalar
oqsillardan farqli olaroq tur va to‘qima spetsifikligiga ega emasdir.
Bemorlarda, klinika sharoitida o‘tkazilgan kuzatuvlar aminokislotalar
aralashmasini oqsillarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirishini ko‘rsatdi.
Ammo oqsillar gidrolizati yuborilgandan so‘ng organizmda qator salbiy
reaksiyalar, xususan psixik faoliyatning o zgarishini aytib o‘tish kerak.
|
| |