32
III BOB. NUKLEIN KISLOTALARNING GENETIK ROLI
3.1.
§.
Nuklein kislotalarning
o‘
rganilish tarixi va tasnifi
Nuklein kislotalar yuqori molekulali biopolimerlar bо‘lib, molekulyar
massasi 250 dan 1,2.10
5
kDa atrofida bо‘ladi.
Ular tirik organizmda irsiy
belgilarni saqlab, ularni avloddan-
avlodga о‘tkazishda bevosita ishtirok etib,
kibernetik vazifani bajaradilar. 1869-yilda Shvetsariyalik olim F.Misher
tomonidan hujayra yadrosida nuklein kislotalar aniqlanganligi
uchun nukleus
(lotincha nucleys-yadro) deb atalgan. Tarkibidagi uglevodga qarab ular
dezoksiribonuklein (DNK) va ribonuklein (RNK) kislotalariga bо‘linadi
.
Nuklein kislotalar organizmlarda hujayralarning deyarli hamma
organoidlar tarkibida uchraydi. Yadroda
DNK oqsil bilan birgalikda
dezoksinukleoprotoyeid (DNP) shaklida (umumiy massaning -1% ni tashkil
qiladi). Ularning mitoxondriyalarda, xloroplastlarda h am borligi aniqlangan.
Yadroviy DNKda organizmning tur spets ifikligini
belgilovchi genlarning
asosini tashkil qilib, hujayra suyuqligida esa irsiy belgilarni kо‘chiruvchi
RNKlarni uchratish mumkin. Biologiya tarixida nuklein kislotalarning tadqiq
qilinish
i mazkur fanni tavsifiy sohadan eksperimental yо‘nalishga
aylantirishida benihoya katta xizmat qildi. Nuklein
kislotalarni tuzilishi va
vazifalarini aniqlashda katta xizmat qilgan Nobel mukofotiga sazovor bо‘lgan
olimlardan D.J.Uotson, F.Krik va M.Uilkins, hujayra tashqarisida DNK
sintezini aniqlagan A.Kornberg, S.Ochao va genetik kodni ochgan
M.Nirenberg, R.Xoli va X.Koranalarni kо‘rsatish mumkin.
Informatsiya
RNKni va oqsil sintezini ribosomada aniqlashda xizmat qilgan rus olimlaridan
akademiklar A.N.Belozerskiy va A.S.Spirinlardir.
Nuklein kislotalarining jahon miqyosida muntazam ravishda ilmiy
jihatdan tadqiq qilinishi natijasida hozirgi kunda biologiya fanida molekulyar
biologiya, gen muhandisligi va biotexnologiya
sohalari shakllanib, bu
yо‘nalishlar asosida daktiloskopiya, transgen о‘simlik, hayvonlar va klonlash
usullari paydo bо‘ldi. Mazkur yо‘nalishlar faqat nazariy bо‘lmasdan,
balki
tibbiyotda, qishloq hо‘jaligida insonni ajablantiruvchi ilmiy ishlar qilinmoqda.
33
Nuklein kislotalar tufayli biologiya fani kriminalistika va ijtimoiy-gumanitar
fanlariga kirib, dastlabki yutuqlarga ega.
Nuklein kislotalarni fenol yordamida tо‘qimalardan ajratib olish usuli
keng qо‘llaniladi. Bu usul oqsillarni denaturatsiyaga
uchratuvchi moddalar
ishtirokida (dodeilsulfa
t natriy ta’sirida yoki yuqori harorat) olib boriladi.
Bunda denatrusiyaga uchragan oqsil fenol qismga, nuklein kislota esa suvga
о‘tadi. Keyin nuklein kislota etil spirti yordamida chо‘kmaga chо‘ktiriladi.