• Transkripsiya (RNK sintezi).
  • « start kodon»
  • genetik kod deyiladi. DNK tarkibida 4 ta har xil nukleotid bo‘lishi nazarda  tutilsa, 4 3




    Download 6.63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/186
    Sana13.05.2023
    Hajmi6.63 Mb.
    #59241
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   186
    Bog'liq
    biologiya 10 uzb
    Kurs ishi1 surxandaryo, DVIGATELLARNING KO‘RSATKICHLARINI OSHIRISH USULLARI VA ULARNI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI., Science and Human, ASIL ABBOS FERRARI, abdikerimova g operatsion sistemasi, axborotni muhofaza qilish, bayonnoma, Tahorat olinayotganida o\'qiladigan duolar, Scan 20230522 (2), REFERAT O\'ZI, Shaxsiy varaqa Mohicha, Документ Microsoft Word (3), Mehnat-oila tarbiyasinig sharti sifatida, Презентация давлат хукук тарихидан
    genetik kod deyiladi. DNK tarkibida 4 ta har xil nukleotid bo‘lishi nazarda 
    tutilsa, 4
    3
    =64 ta kod hosil bo‘ladi. Bitta aminokislota 2, 3, 4, 6 ta kod yordamida 
    kodlanar ekan. Genetik kod 1962-yili Amerika bioximiklari M. Nirenberg va 
    S. Ochaolar tomonidan aniqlangan.
    Genetik kodning xususiyatlari:
    1. Har bir aminokislotani nukleotidlar tripleti kodlaydi. 
    2. Har bir triplet (kodon) bitta aminokislotani ifodalaydi.
    3. Bitta aminokislotani bir necha triplet kodlashi mumkin. 
    4. Genetik kod barcha tirik organizmlar uchun universal.
    5. Genetik kodning 61 tasi «ma’noli», ya’ni ma’lum aminokislotalarni 
    ifodalovchi tripletlardir. UGA, UAA, UAG aminokislotalarni ifodalamaydi. 
    Ular polipeptid zanjirining tugallanishini bildiruvchi terminator kodon lar dir 
    (25-rasm). 
    Transkripsiya (RNK sintezi). Bu jarayonda DNK matritsa hisoblanadi. 
    Oqsil tuzilmasi to‘g‘risidagi axborot yadroda, DNKda saqlanadi. Oqsil 
    sintezi esa sitoplazmada, ribosomalarda o‘tadi. 
    26-rasm. Transkripsiya.
    Oqsilning tuzilmasi haqidagi axborot yadrodan sitoplazmaga i-RNK 
    tomonidan o‘tkaziladi. DNK qo‘sh zanjirining bir qismi yoziladi va zanjir-
    larning birida komplementarlik asosida (A–U, G–S) RNK-polimeraza fermenti 
    yordamida i-RNK sintezlanadi. Bunda DNKning faqat bitta zanjiri ma’noga 
    ega bo‘lib, ikkinchi DNK zanjiri matritsa vazifasini bajaradi, shu matritsali 
    zanjirdan i-RNK sintezlanadi. Aminokislotalar izchilligi to‘g‘risidagi axborot 
    DNK dan i-RNK ga ko‘chirilishi transkripsiya deyiladi (26-rasm). 
    Translatsiya (oqsil sintezi). Bu jarayonda i-RNK matritsa hisoblanadi

    Translatsiya irsiy axborotni i-RNK tilidan aminokislotalar tiliga tarjima 
    qilish. Translatsiya jarayonida RNKdagi axborot asosida ribosomalarda oqsil 
    molekulasining birlamchi strukturasi hosil qilinadi. Ribosomalar i-RNKning 
    oqsil sintezi boshlanadigan uchi bilan bog‘lanadi. i-RNKning bu uchida 
    AUG triplet joylashgan bo‘lib, bu triplet translatsiyani boshlovchi «start 
    kodon» deyiladi. Ribosomalarda i-RNK kodonlariga t-RNK antikodonlari 


    50
    51
    komplementar tarzda bog‘lanadi. t-RNK tomonidan keltirilgan aminokislotalar 
    fermentlar yordamida, ATF energiyasi hisobiga o‘zaro peptid bog‘lar orqali 
    birikadi, ya’ni oqsil sintezlanadi (27-rasm). 
    27-rasm. Translatsiya jarayoni
    Demak, matritsali sintez reaksiyalari orqali genetik axborotning uzatilishi 
    organizmlarning ko‘payishi, regeneratsiyasi, hujayralarning bo‘linishi kabi 
    jarayonlar ta’minlanadi.

    Download 6.63 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   186




    Download 6.63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    genetik kod deyiladi. DNK tarkibida 4 ta har xil nukleotid bo‘lishi nazarda  tutilsa, 4 3

    Download 6.63 Mb.
    Pdf ko'rish