Suyuqlikda o’stirish usulida limon kislota olishning texnologik chizmasi (Karklinsh va Probok, 1972): 1-melassali bak; 2-qabul qiluvchi bak; 3-tarozilar; 4-qaynatuvchi qozon; 5-markazlashtiruvchi nasos; 6-
oraliq idish; 7-steril kolonka; 8-saqlagich; 9-muzlatgich; 10-ekish fermentatori; 11-ishlab chiqarish
fermentatori; 12-bakteriologik filtr; 13-melassani saqlash uchun idish; 14-oraliq yig’gich; 15-barabanli
vakuum filtr; 16-miseliyni qabul qiluvchi idish; 17-miseliyni yig’ish uchun vakuum yig’gich; 18-
filtrlangan (bijg’igan) eritmalarni yig’ish uchun vakuum-yig’gich.
Fermentyorda kislota hosil bo’lish jarayoni uzluksiz aerasiya va 31-32
0
S haroratda 5-7 sutka
davom etadi. Havo sarfi boshlang’ich davrda 400m
3
/s, fermentasiya oxirlarida esa 2200m
3
/s gacha
oshib boradi. SHakar miqdorini mo’’tadillashtirib turish uchun quyish eritmasidan vaqti-vaqti bilan
2-3 marta qo’shiladi. Bunda shakar miqdori eritmada 12-15% ni tashkil etishi lozim. Jarayon
oxirida esa umumiy kislotalik va shakar miqdori aniqlanadi.
Fermentasiya jarayoni tugagandan so’ng kultural suyuqlik 60-65
0
S haroratgacha bo’lgan
o’tkir bug’da qizdiriladi va yig’gichga quyiladi. U erdan esa miseliy biomassalarini yuvish va
alohidalash uchun vakuum-filtrga uzatiladi. YUvilgan miseliylar qoramol oziqasi sifatida
qo’llaniladi.
Asosiy limon kislota eritmasi esa suv tarkibida kimyoviy sexga limon kislotasini ajratish
uchun uzatiladi (9-chizmaga qarang).
Limon kislotasini ajratish va uni kristall holda olish Miseliylar ajratilgandan so’ng kultural suyuqlik tarkibida limon, glyukon va oksalat kislota
(shavel (qaxrabo) kislota)lar aralashmasi, shakar cho’kmalari va mineral aralashmalarini saqlaydi.
Kultural suyuqlikdan limon kislotani ajratish uning sitrat uch kalsiyli tuzida kam eruvchanlik
xususiyati hosil qilishiga asoslanadi.
Neytralizasiya jarayoni maxsus uskuna – neytralizatorda amalga oshirladi, u o’z navbatida
aralashtirgich va bug’li batareyalar bilan jihozlangan bo’ladi. Kultural suyuqlik qaynash
darajasigacha qizdiriladi va ohakli yoki bo’rli sut uzluksiz aralashtirish ostida qo’shiladi.
Neytralizasiya ozuqa rNi 6,8-7,5 bo’lganda tugallanadi. Bunda barcha uch kislotaning tuzlari
hosil bo’ladi:
O H O H C Ca OH Ca O H С 2
6
2
)
7
5
6
(
3
2
)
(
3
7
8
6
2
+
=
+