• Xom ashyolarni tayyorlash
  • Aspergillus niger
  • Biotexnologiya asoslari




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet99/131
    Sana13.02.2024
    Hajmi2,11 Mb.
    #155833
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   131
    Bog'liq
    BIOTEXNOLOGIYA ASOSLARI kitob

    Ekish materiali olish 
    Maxsus mikrobiologik muzeylarda saqlanadigan Aspergillis niger shtammlari quruq spora 
    ko’rinishida (konidiy) faol ko’mir aralashmasida saqlanadi. Dastlabki kultura probirkalarda agarli 
    oziqa muhitida rivojlanadi, so’ngra kolba va kyuvetalarda qattiq oziqa muhitida o’stiriladi. O’stirish 
    harorati 32
    0
    S bo’lib, o’stirish davomiyligi har bir bosqichda 2 sutkadan 7 sutkagacha davom etadi. 
    qattiq oziqa muhiti sirtida o’stirilganda konidiya hosil qiluvchi miselial qoplam rivojlanadi. 
    Etilgan konidiylar vakuum uskunasi yordamida yig’ib olinadi. Yig’ib olingan konidiylar steril 
    holdagi qo’shimchalarga (talk yoki faol ko’mir) aralashtiriladi va 32
    0
    S haroratda quritiladi. Tayyor 
    ekish materiali steril shisha kolbalarga yoki 0,5 dan 1 litrgacha bo’lgan sig’imli bankalarga 
    joylanadi. Bu usulda ishlov berilgan ekish materialini saqlash muddati 6 oydan kam bo’lmaydi.
    Xom ashyolarni tayyorlash 
    Limon kislotasini sanoat asosida olish uchun substrat sifatida shakar ishlab chiqarishning 
    qoldiq maxsuloti bo’lgan melassa qabul qilingan. Melassa aniq standartga (tarkibga) ega bo’lmagan 
    xom ashyo hisoblanadi, shuning uchun laboratoriya sharoitida yaroqliligi nazorat fermentasiyada 
    limon kislota chiqishi bo’yicha tekshirib ko’riladi. 
    Yaxshi, sifatli melassa tarkibida 46% dan kam bo’lmagan shakar saqlaydi. Agarda nazorat 
    fermentasiya jarayonida limon kislota chiqishi, yuza qismga ekish usulida 1,25 kg/(m
    2
    ·sut) yoki 
    (yuza qismga ekish usulida 12 kg/(m
    3
    ·sut) ni tashkil etsa, bunday melassa ishlab chiqarish uchun 
    yaroqli hisoblanadi. 


     
    8-chizma. Limon kislota ishlab chiqarishning texnologik chizmasi 
     
    Oziqa muhiti yuza qismida o’stirish usulidagi fermentasiya 
    Yuza qismda o’stirish uchun oziqa muhiti qaynatish qozonida tayyorlanadi. Melassa suv bilan 
    1:1 nisbatda suyultirilib olinadi va sulfat kislota qo’shilib eritma rN ko’rsatkichi 6,8-7,2 gacha olib 
    boriladi. Temir tuzlari va og’ir metallarni cho’ktirish uchun qaynatish davomida aniq miqdordagi 
    sariq qon tuzi eritmasi kaliy geksasianoferroat (GSFK) solinadi.
    Melassa eritmasiga 60-70
    0
    C haroratda ketma-ketlikda azot, fosfor (kaliy fosfat), makro- va 
    mikroelementlar (rux, magniy, kaliy va boshqalar) manbalari qo’shiladi. Tayyor oziqa muhiti 45-
    50
    0
    Charoratda steril idishga o’tkaziladi. Oziqaning shakar saqlashi 12-16% ni tashkil etishi lozim. 
    Asosiy fermentasiya stelajlarida (javonlar) kyuvetalar joylashgan yopiq bo’lmalari mavjud 
    bo’lgan maxsus bo’lmalarda amalga oshiriladi. Kyuvetalar to’g’ri burchakli shaklda alyuminiy yoki 
    zanglamaydigan po’latdan tayyorlangan bo’ladi. Kyuvetalarning uzunligi 7 m, eni 1,8 m, bort 
    balandligi 20 sm gacha bo’lishi mumkin. Kyuvetalar oziqa muhiti bilan to’ldiriladi va kultural 
    suyuqlik shtuser orqali kyuveta tubiga sizib o’tib turadigan bo’ladi. Kamera qizdirilgan steril havo 
    uzatgich tizim bilan jihozlanadi. 
    Yangi fermentasiya sikli oldidan kameralar va kyuvetalar diqqat bilan yuviladi va parofomalin 
    aralashmasi bilan sterillanadi keyin esa paroammiakli aralashmada degazasiyalanadi. 
    Sterilizasiyalangan va sovutilgan kamera kyuvetalariga oziqa muhiti 12 dan 18 sm gacha 
    qatlam qilib quyiladi. Maxsus uskunalarda Aspergillus niger konidiylari ya’ni ekish materiali oziqa 
    muhitiga purkab sepiladi. Ekishdan keyin bir kun o’tgach yupqa oq-sarg’ish miseliy qoplami hosil 


    bo’ladi va uch kun o’tgach qalinlashib burmali, qatlam-qatlam tuzilishni namoyon qiladi. 
    zamburug’ miseliysining faol o’sish bosqichi juda kam aerasiyada, 34-36
    0
    S haroratda ta’minlanadi. 
    Faol kislota hosil bo’lish bosqichida harorat 32-34
    0
    S ga pasayadi, havo uzatilishi esa 3-4 
    marta oshadi. Kislota hosil bo’lishining jadalligining pasayishi va ajraladigan issiqlik miqdori 
    kamayishining oldini olish uchun kameraga berilayotgan havoni sekin-asta kamaytirib boriladi.
    Fermentsiya jarayoni eritmada 1-2% shakar qolganda va kultural suyuqlikda kislota saqlashi 
    12-20% ni tashkil etganda to’xtatiladi. Kyuvetalardan kultural suyuqlik maxsulot yig’gichga 
    quyiladi, so’ngra kimyoviy sexga o’tkaziladi. U erda limon kislota ajratiladi. Kultural suyuqlikning 
    limon kislota saqlashi 12-20% ni tashkil etadi. Miseliy kislotalardan issiq suv bilan yuvib tozalandi 
    va qoramollar uchun oziqa sifatida qo’llanilishi mumkin. 

    Download 2,11 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   131




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish