• Bacterium Sch’tzenbachii
  • Sirka kislota ishlab chiqarishning texnologik chizmasi
  • Biotexnologiya asoslari




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet97/131
    Sana13.02.2024
    Hajmi2,11 Mb.
    #155833
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   131
    Bog'liq
    BIOTEXNOLOGIYA ASOSLARI kitob

    Bacterium curvum qo’llaniladi. 
    Ekish materialini laboratoriyalarda sirka kislotali bakteriyalarni suyuq oziqada kolbalarda
    mikrobiologik tebratgichda, so’ngra 30 l. hajmli laboratoriya fermentyorlarida o’stirib olinadi. 
    Sirka kislota olish uchun xom ashyo sifatida etil spirti, rektifikat yoki tozalangan yog’dan 
    foydalaniladi. Sirka kislotali bakteriyalarning hayot faoliyati oziqa muhiti kislotaligig bog’liq 
    bo’ladi. Ularning yaxshi rivojlanishi uchun mo’’tadil rN ko’rsatkichi 3,0-3,2 oralig’ida bo’ladi.
    Oziqa muhitidagi sirka kislota va etil spirti miqdori ham mikroorganizmlar hayot faoliyatida 
    muhim rol o’ynaydi va katta ta’sir ko’rsatadi. Kislotalarning mo’’tadil miqdori 10% deb hisoblansa
    spirt miqdori Bacterium Sch’tzenbachii uchun 6-7% (ob.), Bacterium curvum uchun esa 9-14% 
    (ob.) ni tashkil etadi. 
    Fermentasiya jarayoni esa beshta ketma ketlikda birikkan fermentatorlardan tashkil topgan 
    batareyada amalga oshiriladi. 
    Har bir uskuna aralashtirgich, barboter va burama (spiralsimon) issiqlik almashtiruvchilar 
    bilan ta’minlangan. Birinchi fermentyorga, etil spirti va sirka kislotaning umumiy miqdori 6,4-6,7% 
    ni tashkil etadigan oziqa muhiti va steril havo uzluksiz beriladi va ekish materiali solinadi. Bunda 
    sirka kislotali bakteriyalarning juda tez rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Birinchi 
    fermentyor qolgan barcha keyingi fermentyorlar uchun sirka kislotali bakteriyalar generatori 
    hisoblanadi. SHuningdek, bunda sirka kislotasida etil spirtining oksidlanishi amalga oshadi. 
    Kultural suyuqlik bir fermentyordan ikkinchi fermentyorga hosil qilingan havo bosimi 
    hisobiga uzatiladi. Har bir fermentyor uksus kislotada etil spirti jadal oksidlanishi uchun sharoit 
    yaratib beradi. Zarur bo’lgan spirt miqdori bilan ta’minlash uchun ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi 
    uskunalarga 40% li etil spirti qo’shiladi. 
    Harorat va aerasiya jadalligi bir fermentyordan ikkinchisiga o’tganda pasayib boradi: agarda 
    birinchi fermentyorda harorat 28
    0
    S ga, aerasiya jadalligi esa 0,35-0,40 m
    3
    /(m
    3
    ·min) ga teng bo’lsa, 
    oxirgi uskunaga kelib muvofiq ravishda 25
    0
    S va 0,1-0,15 m
    3
    /(m
    3
    ·min) ni tashkil etadi. 


    7-chizma. Sirka kislota ishlab chiqarishning texnologik chizmasi 
    Kultural suyuqlik beshinchi fermentyordan sirka kislota miqdori 9% dan kam va 9,3% dan 
    ortiq bo’lmagan holda chiqadi.
    100 l. suvsiz etil spirtidan 75-90 kg sirka kislota olinadi. Sirka kislotasi eritmasiga tindirish 
    uchun bentonit va ko’p bo’lmagan miqdorda limon kislota qo’shiladi. Aralashtirilib bo’lingandan 
    so’ng, tindirilgan sirka kislota eritmasi zich-filtrga uzatiladi. O’zida 9% sirka kislotasini (oshxona 
    sirkasi) saqlovchi filtrat tayyor maxsulot yig’iladigan joyga uzatiladi va undan quyib olish mumkin. 

    Download 2,11 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   131




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish