• 8-MAVZU. ORGANIK CHIqINDILAR BIOKONVERSIYASI Reja
  • Biogaz ishlab chiqarish texnologiyasi
  • Biotexnologiya asoslari




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet105/131
    Sana13.02.2024
    Hajmi2,11 Mb.
    #155833
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   131
    Bog'liq
    BIOTEXNOLOGIYA ASOSLARI kitob

     
     
     
     
    Nazorat savollari 
    1. Aminokislotalar nima? 
    2. Aminokislotalar xalq xo’jaligining qanday sohalarida qo’llaniladi? 
    3. Fermentyorda lizin produsentini davriy o’stirish jarayoni qanday amalga oshiriladi? 
    4. Glutamin kislota va natriy glutamat qaerlarda qo’llaniladi? 
    5. Natriy glutamat qanday olinadi? 


    8-MAVZU. ORGANIK CHIqINDILAR BIOKONVERSIYASI 
    Reja: 
    1. Biogaz ishlab chiqarish texnologiyasi; 
    2. Biogaz ishlab-chiqarish usqurmalari va ularni texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari 
    3. Biogaz qurilmalarni parametrlarini biomuxandislik hisoblari 
    4. Go’ngdan biokonversiya qilish orqali biogaz ishlab chiqarishda dune tajribalari 
    Biogaz ishlab chiqarish texnologiyasi 
    Ekologik muammolarni keskinlashuvi, qayta tiklanmaydigan energoresurslar zahirasini tobora 
    kamayib borishi, ularni tan narxi oshishi, organik chiqindilarni qayta ishlash, ularni issiqlik va 
    boshqa turdagi energiyaga aylantirish muammosini tezroq hal qilishni biotexnologiyaning eng 
    dolzarb masalalari qatoriga ko’tarib qo’ydi. 
    Ma’lumki, hayvonlar o’simliklar asosida yaratilgan ozuqa energiyasini yomon hazm qiladi va 
    ularning yarmidan ko’prog’i organizmga so’rilmasdan axlat, go’ng holatida chiqib ketadi. Eng 
    avvalo hayvonlardan chiqqan bu chiqindidan organik o’g’it sifatida foydalaniladi. Buni o’rniga 
    ushbu chiqindidan tiklanadigan energiya manbai sifatida foydalansa bo’ladi. 
    Rivojlangan mamlakatlarda yirik shoxli xayvonlar (nafaqat ular) yirik fermalarda va 
    komplekslarda to’planib, boqiladi. Bu esa boshqa mahsulotlar qatori ularni chiqindilaridan 
    (axlatlaridan) atrof-muhitni ifloslantirmasdan foydalanish imkoniyatini yaratadi. 
    Hayvon axlatlaridan va oqova suvlaridan oqilona foydalanishni yo’llaridan biri ularni anaerob 
    sharoitda bijg’itishdir. Bu jarayonda axlatni zararsizlantirilib, bir vaqtni o’zida uni eng muhim 
    organik o’g’itlik sifatini saqlab qolgan holda, undan biogaz olish mumkin.Metanli bijg’itish yoki 
    biometanogenez – biomassani energiyaga aylantirish jarayoni qadim-qadimlardan ma’lum bo’lgan 
    jarayondir. U 1776 yilda Volta tomonidan ochilgan bo’lib, dastlab u botqoqlardagi gazda metan 
    borligini aniqlagan. Mana shu jarayonda hosil bo’ladigan biogaz 65% metan, 30% karbonat 
    angidrid, 1% oltingugurt kislotasi (H2S) va unchalik ko’p bo’lmagan miqdorda azot, kislorod, 
    vodorod va uglerod ikki oksidi saqlaydi. 
    Botqoq gazi, ba’zida klar-gaz ham deb yuritiladi,ko’k- havo rang berib alangalanadi, hid 
    chiqarmaydi.Uni tutun chiqarmasdan alangalanishi insonlarga o’tin, xayvonlar tezaklari va boshqa 
    yoqilg’ilarga nisbatan kamroq tashvish tug’diradi. 28 m3 biogaz energiyasi, 16,8 m3 tabiiy gaz, 
    20,8 l neft yoki 18,4 l dizel yonilg’isiga tengdir. 
    Organik chiqindilarni anaerob bijg’itishga asoslangan tozalash inshootlarini birinchisi 1895 
    yilda Angliyani Ekzeger shahrida qurib ishga tushirilgan edi. Bu inshootni sanitariya vazifasidan 
    tashqari ko’chalarni yoritish uchun elektr energiyasi tayyorlash sarf bo’ladigan biogaz ishlab 
    chiqarish bo’lgan. 


    CHiqqindilarga anaerob ishlov berish uzoq vaqt suv tozalash stansiyalarini cho’kmalarini va 
    chorvachilikni chiqindilarini mo’tadillash maqsadida ishlatib kelingan. Ammo, 1970 yillardagi 
    energiya tangligi tufayli qishloq xo’jalik hayvonlari chiqindilaridan biogaz ishlab chiqarish 
    g’oyasiga astoydillik bilan qaraladigan bo’ldi. 
    Go’ngni anaerob bijg’itish orqali biogazga aylantirish jarayoni mustahkam yopiladigan 
    maxsus idishlar – biogaz usqurmalarida olib boriladi (8.1-rasm.). 

    Download 2,11 Mb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   131




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish