• Sut kislotasi olishning texnologik chizmasi
  • Biotexnologiya asoslari




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet104/131
    Sana13.02.2024
    Hajmi2,11 Mb.
    #155833
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   131
    Bog'liq
    BIOTEXNOLOGIYA ASOSLARI kitob

    Ekish materialini olish 
    Dastlabki kultura probirkadan olinib yangi ozuqa muhiti solingan uchta probirkalarga ekib 
    olinadi. Probirkada o’sgan kulturalar 500 ml sig’imli kolbalarga, undan 10 l sig’imli butillarga va 
    nihoyat ulardan kultivatorga olib ekiladi. Ekish materiali miqdori bijg’itish uskunasi hajmining 30% 
    idan kam bo’lmasligi lozim. Birinchi ikki bosqich solod suslosidan tayyorlangan ozuqa muhitida
    uchinchi bosqich suslo va ishlab chiqarish uchun tayyorlangan o’stirish ozuqalari aralashmasidan 
    (1:1), oxirgi bosqich esa faqat ishlab chiqarish uchun tayyorlangan ozuqada amalga oshiriladi. 
    O’stirish harorati 48-50
    0
    S bo’lib, o’stirish davomiylgi har bir bosqichda 20-24 soat davom 
    etadi. Ozuqa qo’shimcha sifatida steril bo’r saqlashi va steril bo’lishi lozim. 
    Asosan zavodlarda toza kultura ishlab chiqarish jarayoni oldidan tayyorlanadi. Keyinchalik 
    ekish materiali sifatida bijg’itish ustunadan olingan kultural suyuqlikdan foydalaniladi. 
    Sut kislotali bijg’ish silindr ko’rinishdagi, sferik tubli, sig’imi 25-45 m
    3
    bo’lgan, alyuminiy 
    yoki zanglamaydigan po’latdn tayyorlangan, issiq suvning sirkulyasiyasi amalga oshadigan uskuna 
    bilan ta’minlangan qurilmalarda (changlarda) amalga oshiriladi. Ozuqa muhiti bevosida bijg’ish 
    qurilmasida tayyorlanadi. Melassa va rafinad qiyomi qurilmaga o’zi oqib tushuvchi truba orqali 
    beriladi, shakar – manbasi esa dastlab suvda eritiladi va keyin bijg’ish qurilmasiga quyiladi. Bo’rli 
    sut alohida idishda tayyorlanadi. 


    qurilmaning ishchi sig’imi 
    2
    /
    3
    hajmda suv bilan to’ldirilib, unda melassa va rafinad qiyomi 
    eritiladi va eritmada shakar miqdori 3-4% gacha bo’lgunga qadar olib boriladi. Eritma 70
    0
    S gacha 
    bo’lgan haroratda qizdirilib, mana shu haroratda 1 soat davomida pasterilizasiya qilinadi. So’ngra 
    eritma 48-50
    0
    S gacha sovutilib, unga 15% solod quyqasi (rostkov) (solingan shakar massasiga) va 
    qurilma sig’imining 20% hajmi barovarida ekish materiali solinadi. 
    O’stirishdan 6 soatdan so’ng ozuqa muhiti havoda davriy barbotirlash orqali aralashtiriladi. 
    qachonki, eritmada sut kislota hisobiga kislotalik 0,5-0,6% ni tashkil etsa, har 1,5-2 soatda ko’p 
    bo’lmagan miqdorda bo’rli sut qo’shiladi. Sut kislotasi neytralizasiyasi natijasida kalsiy laktat hosil 
    qiladi. 
    Mo’’tadil bijg’ish jarayonida sir sutkada 2% gacha shakar o’zlashtiriladi. SHakar miqdori 
    kamayganda bijg’ish qurimasiga bir nechta usullarda shakar sirkaning 50% li eritmasi (rafinad 
    qiyomi saqlashi mumkin) qo’shiladi. Ozuqaning 3-4% li shakar miqdori saqlashi ta’minlanadi. 
    Bunda shunday miqdordagi shakar qo’shiladiki, bijg’ish oxirida kultural suyuqlikning kalsiy 
    laktat saqlashi 15% dan, o’zlashtiilmagan shakar saqlashi esa 0,2-0,5% dan ko’p bo’lmasligi lozim. 
    Bijg’ish 6-8 kun davom ettiriladi. 
    Bijg’ish jarayoni tugagach, kultural suyuqlik bijg’ish uskunasida 70-80
    0
    S gacha qizdiriladi va 
    kuchsiz ishqoriy reaksiyagacha ohakli sutda neytralizasiyalanadi. 
    20-rasm. Sut kislotasi olishning texnologik chizmasi 


    Neytralizasiyada oqsillar koogulyasiyalanadi, temir cho’kadi va shakarning juda kam 
    qoldiqlari parchalanadi. So’ngra kultural suyuqlik tindiriladi va qoldiqsiz hga kelgach bug’da 
    qizdiruvchi zich filtrga yo’naltiriladi. 
    Kalsiy laktat eritmasi 70-80
    0
    S haroratda filtrlanadi. Olingan filtrat 27-30% miqdorgacha 
    bug’lantiriladi. Keyin 25-30
    0
    S gacha sovutilib kristallizatorda 36-48 soat ushlanadi. Kristallizasiya 
    dastlabki eritmada 6% dan kam bo’lmagan kalsiy laktat miqdori qolganda tugallanadi. 
    Kristall kalsiy laktat sentrifugada alohidalanib, sovuq suvda yuviladi va quritiladi. Sulfat 
    kislotada kalsiy laktatning parchalanib, erkin sut kislota ajralishi 60-70
    0
    s haroratda amalga 
    oshiriladi. Reaksiya quyidagi tartibda kechadi: 
    Ca(C
    3
    H
    5
    O
    3
    )
    2
    + H
    2
    SO
    4
    C
    3
    H
    6
    O
    3
    + CaSO
    4
    Sut kislota eritmasi temir, natriy sulfat birikmalari cho’kishi uchun GSFK [geksasianoferrat 
    (II) kaliy] og’ir metallar va mishyak cho’kishi uchun bariy sulfitda va rang beruvchi moddalarni 
    yo’qotish uchun faol ko’mir bilan ishlov beriladi. 
    Ishlov berilgandan so’ng aralashma filtrlanadi. Filtdagi, gips qoldiqlaridagi qolgan sut 
    kislotasini yuvib chiqarib tashlanadi. Natijada 18-20% miqdordagi sut kislotasi eritmasi olinadi. 
    Eritma miqdori 40% gacha oshishi uchun eritma va vakuum-uskunasida bug’lantiriladi. So’ngra 
    yana bir marta faol ko’mirda tindiriladi va GSFK bilan ishlov beriladi. Tindirilgandan so’ng faol 
    ko’mir zich-filtrda ajratiladi, sut kislota esa tayyor maxsulot yig’gichga quyiladi. 
    Bundan tashqari, sut kislotasini 70% gacha olish mumkin. Bunda vakuum-uskunada 
    ikkilamchi bug’lantiriladi va zich-filtrda filtrlanadi. 70% li sut kislotagacha juda kam miqdorli bo’r 
    quyiltirilgan pasta yoki suyuq ko’rinishda ishlab chiqariladi. 

    Download 2,11 Mb.
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   131




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish