Limon kislotasining bunday katta miqdorda ishlab chiqarilishiga
turli xil uglerod manbalari,
xususan, uglerod va uglevodorodlar asosida mikrobiologik sintezlash usullari ishlab chiqarilgandan
keyingina erishildi.
Limon kislotasining produsent mikroorganizmlari mikroskopik zamburug’lar (
Aspergillus
niger), achitqilar (
Candida lipolytica,
Candida quilliermondii) va bateriyalar (
Corynebacterium,
Arthrobacter) hisoblanadi.
Rossiyada limon kislotasi
melassali oziqa muhitida Aspergillus niger mikroskopik
zamburug’ini o’stirib mikrobiologik sintez asosida olinadi. Limon kislotasini
ishlab chiqarish
jarayoni o’zida mikrobiologik texnologiyaning barcha asosiy bosqichlarini mujassamlashtiradi (9-
chizma):
¾
Ekish materialini olish;
¾
Melassa - xom ashyolarni fermentasiyaga tayyorlash;
¾
Havoni tayyorlash va sterillash;
¾
Fermentasiya;
¾
Miseliy-produsent biomassalarni alohidalash;
¾
Kultural suyuqlikdan limon kislotasini ajratish va uni kristall ko’rinishda olish.
Limon kislotasi produsentlarini yuza qismga va suyuqlik ichiga ekish usullarida o’stirish
mumkin. Limon kislotasini bu usullarda ishlab chiqarishning texnologik
chizmasi faqatgina
fermentasiya bosqichida farqlanadi. qolgan barcha bosqichlar bir xilda kechadi.